IChKI AUDIT XIZMATI - aktivlarining balans qiymati bir milliard so‘mdan
ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati
jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun
hujjatlariga, tasis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobotlarda malumotlarning to‘liq hamda to‘g‘ri aks ettirilishi
taminlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari
va tartib-tamoyillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek
jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya
etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya
organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.