JAMIYATNING IJROIYA ORGANI - jamiyatning kundalik faoliyatiga
rahbarlik qiladigan organ bo‘lib, u yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi
(direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan amalga
oshirilishi mumkin.
JAMIYATNING KUZATUV KENGAShI - jamiyatning kuzatuv kengashi
jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan organ.
JAMOAT TAShKILOTI – fuqarolik jamiyati institutlarining muhim shakllaridan
biri bo‘lib, o‘z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy
rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy
manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning
xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma
jamoat tashkiloti sifatida e’tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: