INSON HUQUQLARI – insonning davlatga munosabati bo‘yicha huquqiy
maqomini, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyat va
da’volarini ifodalovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali amalga
oshirilishi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan biri
hisoblanadi.
INSON HUQUQLARI BO‘YIChA MILLIY MARKAZ – inson huquqlari va
erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yanada kengaytirish,
xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish,
davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huquqlari bo‘yicha
madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan markaz.