KREDIT UYUSHMALARI - kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar
ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng
huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkilotidir.
KUZATUVCHI – O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonida deputatlikka
nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, ommaviy axborot vositalari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va
harakatlar tomonidan tayinlanadigan hamda qonunda belgilangan tartibda
kuzatuvchi sifatida ro‘yxatga olinadigan shaxs. Kuzatuvchilar mahalliy va xalqaro
kuzatuvchilarga bo‘linadi. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan
bo‘lishi kerak.