DAVLAT ORGANI – davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat
oldida turgan vazifa va funksiyalarning muayyan konkret qismini, yo‘nalishini
amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy
kompetensiyaga ega bo‘ladi.
DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh - davlat korxonalarini va
tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk
bo‘lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlarga aylantirishdir.
DEPUTAT (lotincha deputatus – “vakil”) – qonunchilik yoki davlatning boshqa
vakillik organiga saylangan shaxs, aholining ma’lum qismi – o‘z saylov organi
saylovchilarning yoki butun millatning vakili.
Dostları ilə paylaş: