O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/78
tarix23.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#54058
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
fayl 773 20210505

Muchal  to`yi. Xalqimizda muchal yoshini nishonlash an’anaviy marosimga 
aylangan.  Muchal  yoshini  nishonlash  umrning  bir  davridan  ikkinchisiga  o‘tish  – 
bolalikdan  o‘smirlikka  o‘tish  tantanasi  sifatida  bayram  qilingan.  Chunki  bu 
davrdan so‘ng bola vujudida jiddiy tabiiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. U jisman va 
ma’naviy ulg‘ayadi. 
Inson hayotiga kun, oy, fasl, yil o`z ta’sirini ko‘rsatadi. Inson vujudida ham 
o‘n  ikki  yil  ichida  jiddiy  o‘zgarish  sodir  bo‘ladi.  12  yil  ichida  yosh  bola 
organizmida jiddiy o‘zgarish va rivojlanish sodir bo‘ladi. 13 yoshdan o‘g‘il bolalar 
organizmida  erkaklik  unsurlari,  qizlarda  esa  ayollarga  xos  xususiyatlar  faol 
rivojlana  boshlaydi.  Muchal  yoshiga  bag‘ishlangan  marosim  oilada  ikki  quda 
ishtirokida  karnay-surnay navolari, to‘y bolaga maxsus oq liboslar kiydirish, uning 
bo‘yi  barobar  oq  mato  o‘lchash,  oq  toam  va  shirinliklar  ulashish,  isiriq  tutatish, 
duolar  o‘qish  kabi  an’analar  asosida  o‘tkazilgan.  Qadimda  muchal  yoshiga 
bag‘ishlangan  marosim  Navro‘z  bayrami  tadbirlariga  qo‘shib  o‘tkazilgan.  “Oq 
libosli”  muchal  yoshini  nishonlayotgan  yoshlar  Navro‘z  o‘tkazilayotgan  joyga 


117 
 
kirib  kelishganida  barcha  ularni  qutlashgan.  Kichik  yoshli  bolalar  ularga  bahor 
gullarini taqdim etishgan. Muchal to‘yining yakunida 7-8 muchal yoshini yashagan 
qariyalar (taxminan 70 yoshdan oshgan) o‘smirlarni duo qilganlar. 
Mustaqillikka  erishilib,  milliy  qadriyatlar  tiklana  boshlagandan  so‘ng 
“Muchal yoshi” nafaqat oila a’zolari davrasida, balki maktablarda ham ota-onalar 
ishtirokida  Navro‘z  bayrami  arafasida  nishonlanmoqda.  Bu  kabi  yangi  tadbirlar 
ko‘pgina maktablarning  an’anaviy  bayramlariga  aylanib  bormoqda. 
To‘y  -  hayotning  katta  shodiyonasi,  oila  baxt-saodati  va  farovon  turmush 
ramzi, hayotning eng quvonchli damlaridir. Xalqimizda  qadimdan “Beshik to‘yi”, 
“Nikoh to‘yi”, “Payg‘ambar yoshi to‘yi” kabilar bo‘lgani ma’lum.  Hozirda nikoh 
to‘ylarining  yangicha,  zamonaviy  shakllari  qaror  topmoqda.  To‘ylarni  o‘ziga  xos 
bayram  tarzida  tashkil  etish,  ularni  tartibga  solish,  ixchamlashtirish,  ayniqsa, 
badiiy  jihatdan  boyitish  davr  talabidir.  1998-yil  28-oktyabrdagi  to‘y-hashamlar, 
oilaviy  tantanalar,  ma’raka  va  marosimlarni  o‘tkazishni  tartibga  solishga 
bag‘ishlangan  farmon  ajdodlarimizning  oilaviy  qadriyatlarini  tiklash,  mazmun  va 
mohiyatini  bozor  iqtisodi  talablari  darajasida  shakllantirishda  metodologik  asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin