O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi va kamchiliklarini bartaraf etishi uchun psixologik testlar. O‘qituvchining ta’lim muassasasidagi pedagogik faoliyatida va atrofini o‘rab turgan insonlar – do‘stlari, hamkasblari, o‘quvchilari bilan o‘zaro suhbatida muloqot qilish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Zero, aql–idrok va chuqur mulohaza, tafakkur va vazminlik bilan muo- mala qilish, ayniqsa o‘qituvchidan talab qilinadigan pedagogik mahorat- ning bir qismidir. Uning hurmati, izzati, e’tibori so‘zlarni oqilona terib gapirishida mujassamlashgan. Shu ma’noda ta’kidlash joizki, o‘qituv- chining “aql–zakovati, fikr–tuyg‘ulari, bilimi va muloqot madaniyati saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muloqot madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida adashishi, xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Vaholanki, o‘qituvchi muloqotida birgina adashish, yoki qo‘pollik uning pedagogik faoliyatida tuzatib bo‘lmas xatoliklarni keltirib chiqaradi. O‘qituvchi o‘z muloqoti bilan nimalarga qodir ekanligini muntazam bilib, xato va kamchiliklarini dar- hol tuzatib borishi kerak. Quyidagi psixologik testlar oson echiladi va natijalari asosida siz muloqotingizda ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan kamchiliklarni aniqlaysiz va uni o‘z vaqtida bartaraf etishingiz mumkin. 1. O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi? Hurmatli o‘qituvchi, qayerda bo‘lmasin muloqot jarayonida
erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz pedagogik faoliyatingizda va kundalik
hayotingizda muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘quvchilarni, do‘stlaringiz-
ni, ba’zan uchraydigan hasadgo‘y hamkasblaringizni va rahbaringizni
sizga nisbatan munosabati muloqotda qanday inson ekanligingizga
bog‘liq. Kishilarga hamdard bo‘lish, ko‘maklashish, iltimosini bajarish
yoki bajarmaslik sizning xohish–istagingiz. Ushbu vaziyatlarda muloqo-
tingiz qay darajada ekanligini bilishni istaysizmi? Quyidagi test savol-
lariga javob bering. Har bir javob uchun yig‘ilgan ochkolar miqdoriga
qarab muloqotda nimalarga qodir ekanligingizni hamda kamchilik-
laringizni bilib olasiz.
402
1. Muloqot jarayonida hamkasblaringiz bilan tez–tez bahslashib
turasizmi?