409
8. Ishdan keyin hamkasblaringiz bilan uchrashib turasizmi?
a)
ko‘pincha yoki ba’zan (3 ochko);
b)
ahyon-ahyonda (0 ochko);
v)
hech qachon (-2 ochko).
9. Pedagogik faoliyatingizdan tashqari holatlarda kasbingiz haqida
o‘ylaysizmi?
a)
ha, mamnuniyat bilan (10 ochko);
b)
ahyon-ahyonda, negaki mening shaxsiy hayotim tashvishli va
halovatsiz (3 ochko);
v)
ba’zan, biroq bu holat menga xalaqit bermaydi (0 ochko);
g)
ha,
o‘ylayman
va
bu holatdan asabiylashaman (-4 ochko);
d)
ko‘pincha va bu holat kayfiyatimni buzadi (-10 ochko).
Minus belgisini hisobga olib,
ballaringizni yig‘ing va natijalar bilan
tanishing:
60 ochkodan yuqori:
sizning kasbiy faoliyatingizdagi vaziyatingiz
juda yaxshi. Siz har kuni ishga go‘yo bayramga ketayotgandek borasiz.
Hamkasblaringiz bilan o‘zaro munosabatingiz a’lo darajada. Siz orzu qil-
gan natijalarga erishishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
41
–
59 ochko:
kasbiy faoliyatingizdagi vaziyatingizni qoniqarli
deb hisoblasa ham bo‘ladi. Ko‘proq maqsadlarga erishishni orzu
qilsangizda, ishxonada hamkasblaringiz bilan o‘zaro munosabatingiz, ba-
jarayotgan mehnatingiz hajmi va moddiy ahvolingiz sizni umuman
qanoatlantiradi. Ishxonada birinchilar qatorida turishga intiling.
Dostları ilə paylaş: