O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284
Ko‘proq «v» javob natijalari: 
Siz hech ikkilanmasdan, o‘z ijod-
korlik qobiliyatingizni namoyon etishingiz mumkin, biroq negadir bu 
jarayonni xohlamaysiz. Ehtimol, Sizning ijodkorlik aqlingiz tanlash 
xususiyatiga egadir va u kasbiy faoliyatingizning muhim jabhalarida 
o‘zini ko‘rsata olishi mumkin. Misol uchun Eynshteyn, abstrakt g‘oyalar 
to‘g‘risida gap ketganda tengsiz iste’dodli ijodkor edi. Ammo uni 
kundalik kichik ixtirolar mutlaqo qiziqtirmagan va bunga toqati yo‘q edi. 
Shunday bo‘lsada, birgina g‘oyaga ega bo‘lgan inson bo‘lishdan 


415 
qochishga harakat qiling. Yoki, dilingizga yaqin asosiy g‘oyangizni 
qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida, 
ko‘proq 
kichik 
g‘oyalaringizni 
shakllantirishga urinib ko‘ring.
6.
 
Sizning mantiqiy fikrlash qobiliyatingiz.
 
Hurmatli o‘qituvchi. Pedagogik faoliyatingizda mantiqiy fikrlash 
qobiliyatingiz shakllangan bo‘lishi zarur. Ushbu test topshiriqlari asosida 
bajaradigan vazifangiz: quyida berilayotgan mantiqiy ta’kidlar real haqi-
qatga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidan qat’iy nazar aniqlab javob berish. 
Ba’zi topshiriqlarda to‘g‘ri javob bir nechta bo‘lishi yoki umuman bo‘l-
masligi mumkin. Test 8 minut davomida yechilishi lozim. 
1. Ba’zi palma daraxtlari moychechak turiga mansub. Hamma moy-
chechaklar baland ovozda qichqiradilar. Demak, barcha palmalar ham 
baland ovozda qichqiradilar. 
a) 
to‘g‘ri;
b)
noto‘g‘ri.
 
2. Barcha kapalaklar elkasi bilan suzadilar. Barcha laylaklar ham 
kapalakdir. Shunday ekan, laylaklar ham elkasi bilan suzishni biladilar.
a) 
to‘g‘ri;
b)
noto‘g‘ri. 
3. Ba’zi krotlar (er ostida yashaydigan sut emizuvchi hayvon), 
botinkadir. Ba’zi bir botinkalar raqsga yomon tushadilar. Demak, ba’zi 
krotlar ham raqsga yomon tushishadi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin