O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   284
 
Kayqovus Unsurul Maoliy. Qobusnoma. (Forschadan Muhammad 
Rizo Ogahiy tarjimasi). S.Dolimov. – T.: O‘qituvchi, 2006. – 208 b. 
6.
 
Navoiy Alisher. Mahbub ul–qulub. Asarlar. 15–tom. –T.: Fan, 
2005. 
7.
“Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, 
barkamol avlodni voyaga etkazish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrda qabul qilgan Farmoni. 
8.
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – T.: A. Qodiriy
nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993. – 187 b. 
9.
Pedagogika (Pod. red. P.I.Pidkasistogo). – M.: Pedagogicheskoe 
obshchestvo Rossii, 2003. – 608 s.
10.
Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. 
(M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar)–T.:“IQTISOD-MOLIYA”, 007.– 380b.
11.
Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- T.: 2001. 
12.
Suxomlinskiy V.D.Bolalarga jonim fido. –T.: O‘qituvchi, 1984.–254 b. 
13.O‘zbek pedagogikasi tarixi //A.Zunnunov tahriri ostida. T.: 
O‘qituvchi, 1997. – 272 b.


54 
3 – BOB. O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK 
QOBILIYAT 
Tayanch tushunchalar: 
 
Qobiliyat; psixik sifatlar; xotira va xarakter; individual-psixologik 
xususiyat; intellektlar to‘plami; modifikatsiya; kinestetik qobiliyat; man-
tiqiy qobiliyat; ko‘nikma va malakalar; mohirlik; iqtidor, iste’dod va 
daholik; mahsuldor; psixologik va fiziologik tuzilish; evristik; kreativ; 
umumiy va maxsus; talant; xususiyatlar ansambli; layoqat va zehn; 
kommunikativ qobiliyat; didaktik qobiliyat; tayanch xususiyatlar; 
yetakchi xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar. 
 
3.1. Qobiliyatning pedagogik – psixologik tasnifi 
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muay-
yan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish 
subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar 
yig‘indisidir. Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash 
dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik 
xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, 
ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga 
qarama-qarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida 
olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi. 
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to‘plami deb atadi va 
uning ettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan 
oltitasini o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai 
nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveeva ushbu 
jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va 
o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini 
ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tadi:
1.
Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. 
O‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim 
yarata oladi.


55 
2.
Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati: 
Ushbu qobiliyat turi 
har bir o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki 
dunyosini ko‘ra olishida namoyon bo‘ladi. Shunda o‘qituvchi kim nima-
ga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3.
Eshitish va his qilish qobiliyati. 
Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan 
insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya 
asosida proza va poeziyani yaxshi o‘qishadi, eshitgan narsasini xotirada 
saqlaydi, ayniqsa, she’r va qo‘shiqlarni sevib tinglaydi. 
4.
Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat. 
O‘qituvchining o‘z hatti hara-
katlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda 
yo‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, o‘zi uchun maishiy 
qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi. 
5.
Mantiqiy qobiliyat. 
Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni, 
matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va 
oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkin-
chi darajalisidan ajrata oladi; 
6.
Shaxsning ichki qobiliyati. 
O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushu-
nishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal 
rivojlanadi, irodasi mustahkam, qat’iyatli, har qanday vaziyatda o‘z fikr-
mulohazasini erkin bayon eta oladi. 
Qobiliyat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. 
Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida ham qobiliyati 
past kishilarga qaraganda ko‘proq yutuqlarga erishadilar.
Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq 
oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng 
yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi muta-
xassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab 
chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi. 
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar nati-
jasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos 
bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit 
yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. 
Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahorat-
ni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi. 
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malaka-
lardir.
Ko‘nikmalar
– o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilin-
gan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.


56 
Malakalar
– o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida 
hosil 
qilingan 
kasbiy 
intellektual 
faoliyatning 
avtomatlashgan 
komponentlari yig‘indisi.
Ular o‘qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluv-
chi jarayonlar bo‘lib, qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga 
erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida o‘qituvchilar kasbiy 
faoliyatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko‘nikma 
va malakalarga ega bo‘lmagan noshud o‘qituvchi ko‘p narsaga erisha 
olmaydi. Qobiliyat ko‘nikma va malakalarni chuqur egallashda ro‘yobga 
chiqadi. 
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p 
qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Ko‘nikma va malakalar etarli bo‘l-
magan qobiliyatni birmuncha to‘ldirishi yoki qobiliyatning kamchiligini 
tuzatishi mumkin. 
Ko‘nikmalarni umumlashtirib 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin