b) ha, agarda u uzoq bir masofani tanlab yursa (2 ochko);
v) avtomashinani boshqarishda mening asabimga tegadigan nojo‘ya
manyovr qilsa, noroziligimni bildiraman (3 ochko).
14. Siz o‘zingizni ulfatlaringizning jonu dili deb hisoblaysizmi?
a) ba’zan (2 ochko);
b) doimo (3 ochko);
v) yo‘q (1 ochko).
15. Siz hamisha odamlarga nisbatan e’tiborlimisiz?
a) har doim emas (3 ochko);
b) doimo (1 ochko);
v) vaziyatga qarab (2 ochko).
Endi yig‘ilgan ballaringiz natijasi bilan tanishing:
24 ball va undan kam. Siz muloqotda yengil tabiatlisiz, shu bilan
birga, jur’atsiz, tortinchoq insonsiz. Qat’iyatsizligingiz ba’zan hayotda
bajarayotgan ishingizga hamda, biror maqsadga erishishingizga xalal
beradi. Doimo xotirjamlikni sevishingiz va o‘zingizni himoya qilishga
o‘rganishingiz kerak. Ushbu xususiyatlar sizda mutlaqo yo‘q.
24 dan 31 ballgacha. Siz bilan muloqot qilish huzur bag‘ishlaydi,
biroq sizning kayfiyatingiz o‘zgaruvchan. Ba’zan his-tuyg‘ularingiz tez-
tez ko‘tarilib, do‘stona muloqotda xalaqit beradi. Sabr-toqatli bo‘ling,
salbiy his-tuyg‘ularingizni nazorat qiling. Ularni arzimagan sabablar
bilan yuzaga chiqishiga erk bermang.
32 ball va undan yuqori. Ba’zan siz hatto darg‘azab insonga
aylanasiz. Buni o‘zingiz yaxshi bilasiz, ammo biror chora ko‘rolmaysiz.
Siz o‘zingizni janjallashayotgan yoki bahslashayotgan kishingizning
o‘rniga qo‘yib ko‘ring, bu inson sizga qanday ko‘z bilan qarayotganligini
tasavvur qiling. Uning obrazi sizga yoqadimi? Siz haddan tashqari
talabchansiz va boshqalarni tanqidiy nazar bilan ko‘rasiz. Odamlar siz
bilan murosaga kelishga, til topishga qiynalishadi. Atrof-muhitingizda
sizni o‘rab turgan kishilar bilan samimiy munosabatda bo‘ling, ularning
kamchiliklarini kechirishni o‘rganing.