5 – modul. Issiqlik energetik qurilmalari 13 – mavzu. Issiqlik almashuv apparatlari. Issiqlik almashuv qurilmalarining turlari. Rekuperativ, regenerativ va aralsh issiqlik almashuv qurilmalari. Suyuqliklarning harakatlanish chizmasi: bir tomonga, qarama-qarshi tomonga va o’z-aro kesishadigan yo’nalishlarda suyuqliklarning harakatlanishi. Issiqlik almashuv uskunasida, issiq suyuqlikdan sovuq suyuqlikka uzatiladigan issiqlik oqimini hisoblash. Suyuqliklarning qurilmadan chiqishdagiharoratlarini hisoblash. Regenerativ issiqlik almashuv qurilmalarini hisoblash. Issiqlik almashuv qurilmalarining gidrodinamik hisobi.
14 – mavzu.Yoqilg’i. Yoqilg’ining hosslari. Qattiq, suyuq, va gazsimon yoqilg’i. Yonish issiqligi. Havoning ortiqchalik koeffitsienti Yoqilg’ini yoqish. Yoqilg’ini quyuqsimon qatlamlarda yonishi.
15 – mavzu. Issiqlik energetik qurilmalar. Kompressor. Kompressor, umumiy ma’lumotlar, ishlash printsipi, CO-7A kompressorining havo chizmasi, F.I.K.
Ko’p pog’onali kompressorlar ularning tuzilishi, turlari, ishlash printsiplari va F.I.K ni aniqlash. Asosiy kattalik bo’lgan kompressorning unumdorligini hisoblash.
2.3.Amaliy mashg‘ulotlari bo’yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashgulot bo’yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Asosiy termodinamik holat parametrlari. Ideal gazning holat tenglamasi.
Tekis devor va tsilindrik devorning issiqlik o’tkazuvchanligi.
Issiqlik beruvchanlik.
Issiqlik almashinuv apparati.
Amaliy mashgulotlar multimedia qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkaziladi. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tiladi hamda mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash orqali bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg’otish, natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini ta'minlash, nazariy-metodik jihatdan tayyorlash maqsadga muvofikdir.