2.4.Laboratoriya ishlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Bosim va haroratni o’lchash asboblari.
Havoning issiqlik sig’imini aniqlash.
Quvur shakldagi izolyatsion materialni issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsientini aniqlash.
Gorizontal quvurning issiqlik beruvchanlik koeffistientini aniqlash.
CO-7A kompressor tuzilishi va ishlasi bilan tanishish.
Laboratoriya ishlari mul'timedia qurulmalari bilan jihozlangan
auditoriyada bir akademik guruxga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofik.
2.5. Kurs ishi (loyihasi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Kurs ishi (loyihasi) rejalashtirilmagan.
2.6. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Ideal gaz holat tenglamasi.
Ideal gaz aralashmalari.
Ideal gazlarning issiqlik sig’imi.
Termodinamikaning I-qonuni.
Izobar, izoxor, izotermik, adiabatik va politropik jarayonlar
Ko’p qatlamli yassi va tsilindrlik devorning issiqlik o’tkazuvchanligi.
Issiliq beruvchanlik.
Nurlanish qonunlari.
Issiqlik almashinuv apparatlari.
Gaz turbina qurilmalari.
Kompressor qurilmalari.
.
3.
Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar). Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
-termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlari, termodinamik jarayonlarni, issiqlik mahinalarini rivojlanish tendentsiyalarini; bug’ qozonlari, bug’ turbinalari, ularni turlarining tuzilishini, gaz va bug’ oqib chiqishi, drossellanishi jarayonlari va issiqlik uzatilishi haqida tassavurga ega bo’lishi; -texnik termodinamika nazariyasini; termodinamik jarayonlarning parametrlarini hisoblashni; bug’ qozonlari, bug’ turbinalari tuzilishi va ishlashini; issiqlik uzatilishi qonunlarini; issiqlik almashinuv apparatlarini konstruktiv parametrlarini aniqlash va iqtisodiy asoslangan holda tog’ri tanlashni, issiqlik almashinuv apparatlari ish holatini hisoblashni bilishi va ulardan foydalana olish; -termodinamik jarayonlarni, issiqlik mashinalarini texnik-iqtisodiy va nazariy tahlil qilish; ularni samarali ishlatish, optimal ko’rsatgishlar va ish holatlarini belgilash, issiqlik almashinuv apparatlari tizimlarini loyihalash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. -termodinamik jarayonlar va issiqlik mahinalarini texnik-iqtisodiy va nazariy tahlil qilish; ularni samarali ishlatish, optimal ko’rsatgichlar va ish holatlarinin belgilash malakalariga ega bo’lishi kerak.