O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə20/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

5. Tashkilotchilik qobiliyati — bu birinchidan3 o'quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o'zining shaxsiy ishini to'g'ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O'quvchilar o'z o'qituvchilari haqida turlicha fikrda bo'ladilar. Jumladan, ayrim o'quvchilar: „...Biz Azim akani juda yaxshi ko'ramiz. Ular sinfimizda bir vaqtning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizni o'zining puxtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan xayratda qoldiradilar" desalar, ayrim o'quvchilar: „Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, xafsalamizni bir pul qiladilar. Ular ko'p ishga urinadilar-u, ammo birortasini ham oxiriga etkazmaydi..." deydilar. Ba'zan ayrim o'quvchilarning o'z o'qituvchisi haqida: „...Nodira opamlar biz bilan xuddi ona tovuqdek ovora bo'ladilar. Agar biz sho'xlik qila boshlasak, ular o'zlarini ko'r- maslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hech kim hech narsa qilmas edi-da..." degan fikrlarni ham eshitish mumkin.

O'qituvchining o'z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o'z ishini to'g'ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o'qituvchilarda vaqtga nisbatan o'ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt bo'yicha to'g'ri taqsimlab, mo'ljallangan vaqtdan to'g'ri foydalana olish ko'nikmasi paydo bo'ladi. Dars davomida, albatta, ko'p hollarda vaqtni behuda yo'qotish ham mumkin. Lekin bu yo'qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo'lishi mumkin. Tajribali o'qi- tuvchilar vaqtni seza bilishni o'rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida, mabodo ko'zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda, foydalanish uchun qanday qo'shimcha materiallar tayyorlash yoki vaqt etmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.



6 Avtoritar qobiliyati — bu o'quvchilarga bevosita emosional- irodaviy ta'sir etib, ularda obro' orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchand o'qituvchining o'z fanini mukammal bilishi, sezgirli va xushmuomalaligi asosida qozoniladi).

Avtoritar qobiliyat o'qituvchining rostgo'yligi, irodaviy udda- buronligi, o'zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy

xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o'quvchilami ta'lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e'tiqodi, o'quvchilarga ma'naviy va ma'rifiy e'tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog'liqdir.

O'quvchilar (ayniqsa, o'g'il bolalar, o'spirinlar — buni alohida ta'kidlab o'tishi kerak) talab qilishni biladigan, o'quvchilami majbur qilmagan va do'q-po'pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo'l qo'ymagan holda o'z aytganini qildira oladigan o'qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Shu munosabat bilan o'quvchilaming o'qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz:

„ Uning ajoyib xislati bor — u hech qanday zarda va baqiriq, chaqiriqsiz ishlay oladi"; „Biz uni jiddiyligi, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi ko'ramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo uning talabi shu qadar ta'sirchanki, unga quloq solmaslik mumkin emas"; „Bizning matematika o'qituvchimiz hamma vaqt yuvosh, osoyishta, o'zini tutgan va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta'sir eta oladi"; „Kimyo o'qituvchimizning obro'siga e'tibor etmay ko'ringchi, u har qanday sharoitda ham o'z aytganiga erishadi"; „Nig'mat aka bizga ustalik bilan ta'sir etadi. U hadeb talab qilavermaydi, agar talab qiladigan bo'lsalar, unda bo'yin tovlab bo'lmaydi", yoki o'quvchilaming o'z o'qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: „ Pol von aka o'quv maskanimizdan ketganiga biz xursand bo'ldik. U bizni do'q-po'pisa, baqiriq-qichqiriq, buymqbozlik bilan qo'lga olaman deb o'ylardi-yu, ammo bizni bardosh berishgagina majbur etardi, xolos",

Shu bilan bir qatorda o'quvchilar o'qituvchining bo'shligi, landavurligi, laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha riyogarchiligi, irodasizligi kabi xislatlarni baralla qoralaydilar: „yaxshi odamu, lekin o'ta bo'sh: uni aldab ketish hech gap emas"; „Tushunib bo'lmaydi: birda juda qattiqqo'l, talabchan, ba'zan hech qanday talab degan narsa yo'q"; „Juda bo'shang, lanj, uni ko'rishing bilan uyqing keladi" ...



7. Kommunikativ qobiliyati — bu bolalar bilan muloqotda bo'- lishga, o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog'lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.



  1. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin