12-mavzu. Ekstrasensor idrok va idrokning buzilishi Ekstrasensor idrok haqida tushuncha. Ekstrasensor idrokni tadqiq qilish. Demensiyada agnoziya va psevdoagnoziya. Hissiyotlarning yolg‘onligi. Idrokda motivasion komponentning buzilishi. Rangni idrok qilish anomaliyasi. Eshitish patologiyasi. Ta'm bilish sezgisining anomaliyasi. Hid bilish jarayonining anomaliyasi.
13-mavzu. Perseptiv rivojlanish va idrokda o‘rganish Sensor tizimni rivojlanishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda idrok. Bolalikni turli davrlarida perseptiv motor koordinasiyalarini, sezuvchanlikni rivojlanishini o‘ziga xosligi. Idrokning murakkab shakllari va qarilik. O‘qitish muammosining metodologik qiyinchiliklari. O‘quv faoliyatida idrokni umumiy xususiyati va qonuniyati. Idrokda yosh davrlarini inobatga olish. O‘quv faoliyatida qonuniyatlarni inobatga olish. Perseptiv masalalarni yechishda muomalaning va hamkorlikdagi faoliyatning o‘rni. Darsni tashkil qilishda individual farqlarlarning o‘rni. Ijtimoiy persepsiyada kasbiy va yosh xususiyatlarining o‘ziga xosligi.
14-mavzu. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning psixofiziologik indikatorlari va mexanizmlari Diqqat aniqlashning ketma-ketligi. Diqqat so‘zining etimologiyasi. Diqqat boshqa psixik hodisa va jarayonlar bilan taqqoslash. Perseptiv, intellektual va ijro etuvchi diqqat. Diqqatning psixik o‘rni haqidagi bahslar va uning tabiati. Diqqatning mustaqil faoliyat ekanligi yoki bu boshqa psixik faoliyat uchun ham xosligi. N.N.Lange, I.M.Sechenov, K.N.Kornilov tadqiqotlarida diqqatning perseptiv jabhalari. E.Titchener, G. Myullerning tadqiqotlarida diqqat sezgining xususiyati sifatida fiziologik talqin qilinishi. T.A.Ribo, N.N.Lange tadqiqotlarida diqqatning motor komponentlari.Ch.Sherrington «Voronkasi» yoki umumiy harakat maydoni nazariyasi. Optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i va I.P.Palovning orientirovka refleksi. A.A.Uxtomskiyning dominantlik tamoyili. Miya, ong va diqqat. Uyqu va bedorlikning neyrofiziologik mexanizmlari. Bioritm va uyqu. Miyaning ritmik elektr faolligi va diqqat jarayonlari Tushuvchi va ko‘tariluvchi retikulyar faollik tizimi. Diffuz-talamik proeksiyalovchi tizim konsepsiyasi. Frontal talamik boshqarish tizimi.