O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix06.06.2020
ölçüsü1,22 Mb.
#31681
1   2   3   4   5   6
orta umumtalim maktablarida mexanikaning dinamika bolimini oqitish uslubiyoti


"Zakovat" darsi: 

Bu  dars  orqali  talabalarni  intelektual  qobiliyatini  rivojlantirish  uchun  ancha 

samarali  hisoblanadi.  Undan  matematika,  fizika,  informatika,  kimyo,  biologiya, 

geografiya,  til  va  boshqa  barcha  o’quv  fanlarida  samarali  foydalanish  mumkin. 

Odatda,  ma’lum  fanning  muayyan  bob  yoki  bo’limi  yakunlangacha  bunday 

darslarni tashkil etib o’tkazish ancha samarali hisoblanadi. Darsni o’tkazish tartabi 

quyidagicha: 

1. O’quv xonasidagi bilimli, zukko Talabalardan 6 nafari tanlanib "Zakovat" 

klubi tashkil etiladi. 

2.    Boshlovchi  (a’lochi  talaba  yoki  fan  o’qituvchisi)  10  kun  oldin  O’quv 

xonasidagi  har  bir  talabadan  dars  mavzulariga  mos  2  tadan  qiziqarli  savol-

topshiriqlar  tuzdirib oladi va topshiriqlarni to’plashni   tashkil   etadi.   Topshiriq   

mazmunining   maxfiyligi ta’minlanishi   zarur.   Tushgan   savollardan   11   tasi   

saralanib tanlanadi. 

3.    "Zakovat"  darsida  boshlovchining  yordamchisi  konvertlarni  raqamlab 

chiqadi.  Ishtirokchilar  navbat  bilan  konvertlarni  tortib  1  daqiqa  ichida  savollarga  

o’yinda komanda(6kishi) nomidan yakuniy javob beradilar. 

Bu o’yinda komanda a’zolari yoki tomoshabinlar g’olib bo’lishi mumkin. 3 

kishidan  iborat  hakamlar  hay’ati,  berilgan  savollar  hamda  javoblarni  baholab 

boradilar.  Eng  yaxshi  savol  ya’ni,  eng  zukko  "Zakovat"  klubi  ishtirokchisini 

qimmatbaho kitoblar bilan taqdirlab boradilar, 

Musobaqa darsi: 

Musobaqa  darslarini  umumiy  o’rta  ta’lim  fanlarining  barchasida  qo’llash 

samarali  natija  beradi.  Odatda,  bob  yoki  bo’lim  yakuni  bo’yicha  o’tkaziladigan 

darslarda  uni  qo’llash  maqsadga  muvofiqdir.  Bu  darsni  o’tkazish  tartibi 

quyidagicha bo’ladi: 


19 

 

1. O’quv  xonasidagi  talabalar  3  ta  komandaga  ajrataladi.  Ularga  nom 



qo’yiladi. Emblema tayyorlanadi. Sardor tayinlanadi. 

2.  Uch  kishidan  iborat  hakamlar  hay’ati  tuziladi.  O’qituvchi  dars  mavzusi 

yuzasida  10  ta  savol  va  har  bir  savolga  mos  ravishda  bitta  yulduzcha  tayyorlaydi. 

Har bir to’g’ri javobga 1 ta yulduzcha beriladi. 

Darsning borishi quyidagicha amalga oshadi: 

1)    5  minutlik  musiqali  pauza.  Komandalar  o’z  nomlarini  izohlab,  o’z 

shiorlarini e’lon qiladilar. 

2) Uy topshirig’i(eng original bajarilgan uy ishi - 5 ballgacha baholanadi). 

3)    O’ylab  top!  musobaqasi  har  bir  komandada  10  tadan  qisqa,  qiziqarli 

savol beriladi. To’g’ri javob yulduzcha bilan taqdirlab boriladi. 

4)    Kapitanlar  bahsi  -  mavzu  yuzasidan  3  tadan  qiziqarli  savollar  beriladi. 

To’g’ri javob yulduzcha bilan taqdirlanadi. 

5)  rassomlar  konkursi  -  har  komandadan  bir  rassom  talaba  tanlanib,  u   dars 

mavzusiga atab rasm chizib hakamlar   hay’atiga topshiradi. 

6)  Eng  yaxshi  she’r  tanlovi  -  dars  mavzusiga  atalgan  eng  yaxshi  she’r 

komanda  tomonidan  hakamlar  hay’atiga  taqdim  qilinadi.  Dars  yakunlanib  xuloga 

chiqariladi. 

Ijodiy darslar: 

  

Ijodiy  darslar  barcha  umum  ta’lim  fanlaridan  o’tkazilishi  mumkin.  Ilg’or 

tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  bunday  darslarni  ta’lim  tayyorgarligi  ancha  yuqori 

bo’lgan  Guruh  talabalari  ishtirokida  o’tkazish  yaxshi  samara  beradi.  Ijodiy 

darslarni tashkil etish metodikasi quyidagicha: 

Guruh talabalari ixtiyoriy ravishda 5 ta guruhga ajratiladi. 

1-2 guruhlarga yangi dars mavzusi bo’yicha krossvordlar tuzish topshiriladi. 

Bunga 10 daqiqa vaqt ajratiladi. 

3-4 guruhlarga dars mavzusi bo’yicha "Evrika"  - mantiqiy-didaktik savollar 

berilib shu asosda o’yin olib boriladi. Unda har bir talabaga 2 tadan savol-topshiriq 

beriladi. Javoblar uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. 


20 

 

5-guruh  "Senaristlar"  guruhi  bo’lib,  ular  dars  mavzusiga  bag’ishlab,  badiiy, 



hujjatli, multfilm shakllaridan birini tanlab stenariy yozadilar. Senariy usuli xajviy, 

yumoristik, jiddiy, dramma shakllarida bo’lishi mumkin. 

3  kishidan  iborat  hakamlar  hay’ati  ijodiy  ishlar  ko’rigini  o’tkazadi  va 

natija.1  ga  ball  ko’yadi.  Hakamlar  ishining  yakuni  uchun  5-daqiqa  kifoya.  Bu 

darsda musiqali tanaffus bo’lishi mumkin. 

Ijodiy ishni himoya qilish darsi: 

 Bunday  noan’anaviy  darsni  barcha  o’quv  fanlaridan  tashkil  etib  o’tkazish 

mumkin. O’qituvchi ma’lum bir bo’limni o’rganishdan oldin shu bo’lim mavzulari 

yuzasidan 15-20 ta "ijodiy ish" mavzusini ajratadi va uni talabalarga tarqatadi. Eng 

a’lochi Talabalardan "ilmiy rahbar" tayinlaydi. Ijodiy ish olgan talabalarga "ilmiy 

tadqiqotchi"  nomi  beriladi.  Har  bir  ijodiy  ishga  1  nafar  "opponent"  tayinlanadi. 

Ijodiy  ish  himoyasi  umumlashtiruvchi  takrorlash  darsida  amalga  oshiriladi. 

O’qituvchi  "ilmiy  kengash  raisi"  vazifasini  bajaradi.  Har  bir  ijodiy  ish  himoya 

qiluvchi  talabaga  tanlangan  mavzusi  bo’yicha  ma’ruza  uchun  5  daqiqa  vaqt 

beriladi.  "Opponent"  ijodiy  ishni  bajarishda  yo’l  qo’yilgan  kamchiliklar,  ularni 

bartaraf etish haqidagi mulohazalarni 2 daqiqada bayon etadi. Ilmiy rahbar mazkur 

ish  yuzasidan  o’z    fikrini  bayon  etib  o’z  bahosini  e’lon  qiladi.  Ijodiy  ishlar 

muhokamasi  tugagach,  3  kishidan  iborat  sanoq  komissiyasi,  byulletenlar  tarqatib 

yopiq  ovozda  ilmiy  kengash  a’zolarining  mazkur  ijodiy  ishga  qo’ygan  baholarini 

aniqlaydi.  Kengash  raisi  dars  so’ngida  ijodiy  ishlarga  qo’yilgan  baholarni  "ilmiy 

kengash" nomidan e’lon qiladi. 

Ishchan o’yinlar darsi: 

Bunday  darslarni  barcha  o’quv  fanlaridan  o’quv  yili  oxirida,  bo’lim  yoki 

boblarni  yakunlash  jarayonida  o’tkazish  tavsiya  etiladi.  Insoniyat  oldida  turgan 

global  muammolar,  energetik,  texnik  inson  salomatligi  va  hokazo  dolzarb 

mavzular  mazmunini  yoritishda  bunday  darslarni  qo’llash  muhim  ahamiyatga 

egadir. Ishchan o’yinlarni o’tkazish tartibi quyidagicha bo’ladi. 

Guruh talabalari maxsus guruhlarga ajratiladi. 


21 

 

1. Birinchi  guruh-ilmiy g’oyalar,  ilmiy taxminlar, turli sohalardagi    ilmiy   



loyihalar        tuzish,        ularning      mazmunini  tushuntirish  va  himoya  qilish  bilan 

shug’ullanadi (4-5 ta bilimdon talabadan iborat). 

2. Ikkinchi    guruh-yordamchi    guruh   bo’lib,    u    kerakli ma’lumotlarni  

to’playdi.   Qo’shimcha adabiyotlarni,  ma’lumotnoma-spravochniklarni   birinchi   

guruhga   yetkazib   beradi   (4-5   nafar talabadan iborat).  

3. Uchinchi guruh - ijrochi guruh bo’lib  birinchi guruh bergan topshiriqlarni 

bajaradi va ijroning borishi haqida axborotlar tayyorlab boradi. 

4.  To’rtinchi    guruh    -    nazorat  guruhi    hisoblanib,    ularga  nazorat 

kartochkalari to’ldiriladi va 1-chi hamda 3-chi guruhlarga berib turadi. 

5.  Ilmiy  kengash  guruhi  -  olimlar,  iqtisodchilar,  yuristlar,  jurnalistlar, 

ommaviy axborot vositalari vakillari. Dars haqida yakuniy xulosa beradi. 

 

Sayohat  darslari:

 

Sayohat    darslari  dasturdagi  ma’lum  bir  belgilangan  bo’limlarni  o’rganish 

bilan  bog’liq  ravishda  o’tkaziladi:  tabiatga  sayohatlar,  ishlab  chiqarish 

korxonalariga  sayohatlar  ,  tarixiy  joylar  va  yodgorliklarga,  geografiya  Sayohatlari, 

adabiyot Sayohatlari va boshqalar 

Bir  qator  hollarda  bir  vaqtning  o’zida  bir  necha  o’quv  fanlari  yuzasidan 

sayohat    o’tkazish  amaliyoti  qo’llaniladi.  Bunday  sayohatlar    majmuaviy 

sayohatlar    deb  nomlanadi.  Ular  fanlararo  aloqalarni  amalga  oshirishga,  uning 

yaxlitligi  yuzasidan  kuzatish  ob’ektini  har  tomonlama  o’rganishga,  vaqtni  tejab 

foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. 

Majmuaviy sayohatlar  o’quvchilarni kasbga yo’naltirish va politexnik ta’lim 

maqsadlarida ishlab chiqarishda hamda tabiat bag’rida o’tkaziladi. Bir necha o’quv 

fanlari yuzasidan bir vaqtda o’tkaziladigan ishlab chiqarish Sayohatlari juda katta 

ahamiyatga  ega.  O’quvchilar  zavodda,  elektrostanstiyada,  jamoa  xo’jaliklarida 

korxona  yoki  xo’jalikning  tarixi,  fan-texnikada  erishgan  yutuqlari,  ishlab 

chiqarishni tashkil etishning  ilmiy  prinsiplari bilan tanishadilar. O’quv jarayonidagi 

sayohatlar    o’tkaziladigan  vaqtiga  qarab  quyidagi  turlarga  ajratiladi:  darsda 


22 

 

foydalanish  uchun  zarur  bo’lgan  materiallarni  yig’ish  yoki  kuzatishlar  o’tkazish 



maqsadida  uyushtiriladigan  kirish  sayohatlari,  dasturdagi  bo’limlarni  darsda 

o’rganish  bilan  bir  vaqtning  o’zida  (yonma-yon  ravishda)  ayrim  masalalarni 

konkretlashtirish va ularni ko’rib chiqish, asoslash maqsadida o’tkaziladigan davriy 

sayohatlar,  dasturning  alohida  bo’limi  yoki  ayrim  mavzulari  yuzasidan  o’quv 

ishlarini yakunlash maqsadida o’tkaziladigan natijaviy sayohatlar. 

Sayohatlar ni o’tkazish juda ham katta tayyorgarlikni talab qiladi. O’qituvchi 

Sayohat  ning  mazmunini  va  vazifalarini  belgilaydi,  Sayohat    qilinadigan  ob’yektni 

tanlaydi  hamda  u  bilan  juda  ham  mukammal  tanishib  chiqadi,  oldinda  turgan 

sayohat ga rahbarlik  qilish  masalalarini  hal  etadi.  O’qituvchining  o’zi  tomonidan 

sayohatning  o’tkazilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Agar  qaysidir  bir  sabablarga  ko’ra 

o’qituvchining  o’zi  o’tkazishi  mumkin  bo’lmay  qolsa,  o’qituvchi  bo’lg’usi 

ekskursavodga  (muxandis,  guruh  ustasi  yoki  sex  boshlig’iga,  jamoa  xo’jaligi, 

brigada,  fermaning  boshlig’iga)  qaysi  jarayonlar  yoki  hodisalarga,  qanday 

narsalarga  diqqatini  qaratish,    sayohat  ning    davomiyligi,  izchilligi,  muddati  qanday 

bo’lishi  kerak,  uni  o’tkazish  davomida  ular  haqida  o’quvchilarga  qanday 

tushuntirishlar  berish lozimligini nazarda tutgan uslubiy tavsiyalar berishi zarur. 

O’qituvchi  tomonidan  o’quvchilar  bilan  hamkorlikda  ishlab  chiqilgan 

Sayohat  ni  o’tkazish  rejasida  ishlarning  bosqichlari  belgilanadi,  Sayohat  

mobaynida  to’planishi  zarur  bo’lgan  materiallarning  va  kuzatishlarning  ro’yxati, 

zarur  bo’ladigan  jihozlar  va  qurilmalar  (kuzatish  va  ularni  qayd  etish  vositalari, 

o’lchash  qurilmalari  va  asbob-uskunalar),  Sayohatning  bosqichlari  bo’yicha 

vaqtning  taqsimoti,  Sayohatga  o’quvchilarni  olib  borishning  tashkiliy  turi  (har 

yoqlama, guruhlik yoki alohida holdagi ishlar) ham qayd etiladi. Sayohat  oldidan 

o’quvchilar topshiriqni va u haqdagi ma’lumotni oladilar, ular bilan kirish suhbati 

o’tkaziladi. Topshiriqlarda  o’quvchilardan har biri (yoki o’quvchilar  guruhi) qanday 

kuzatishlar  o’tkazilishi  lozimligini,  qanday  hollarga  u  mustaqil  javoblar  berishi 

kerakligini,  qanday  materiallar  va  qanday  holda  to’planishi  kerakligi,  Sayohat    va 

uning  materiallari  haqida  qancha  muddatga  hisobot  (og’zaki  ma’lumot,  yozma 



23 

 

bayoni,  kolleksiya  va  gerbariylar  va  hokazolar)  tayyorlashi  kerakligi  ko’rsatilib 



o’tiladi. 

Sayohatning  muddati  ob’yektning  xarakteriga,  o’tkazish  maqsadiga, 

o’quvchilarning  yoshiga  bog’liq  bo’ladi  va  taxminan  40-45  daqiqadan  2-2,5 

soatgacha  (borib-kelishga  sarflanadigan  vaqtlarni  hisobga  olmaganda)  bo’lgan 

vaqt  chegarasida  bo’ladi.  Sayohatni  o’tkazish  davomida  hamma  o’quvchilarning 

faol  ishlashlari  ta’minlanadi,  kuzatuv  o’tkazish  imkoniyatlari  (ob’ektlarning 

yaxshi ko’rinishi, intizom  va tartibga rioya  etilishi,  o’z xatti-harakatlarini  to’g’ri 

saqlash hamda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya etilishi) ta’minlanadi. 

Sayohatning  so’nggi  bosqichida  o’qituvchi  o’quvchilarning  umumiy 

bilimlari  sistemasiga  qo’shilib  ketadigan  yakuniy  suhbat  (yozma  ishlar  —  kam 

hollarda)  o’tkazadi.  hisobotni  tayyorlash  uchun  to’plangan  materiallarni  qayta 

ishlash  haqida  ko’rsatmalar  beradi.  Sayohat    materiallari  asosida  ko’rgazmalar 

tashkil etiladi, maxsus mashg’ulotlar (masalan, Sayohat  haqidagi yozma ishlarni 

tahlil  etish),  kechalar  va  hokazolar  o’tkaziladi.  Sayohatda  to’plangan  materiallar 

o’zi  muvofiq  keladigan  darslarda  tarqatma  materiallar  sifatida  foydalaniladi, 

maktab muzeyiga eksponatlar sifatida qo’yilishi mumkin. 



1 Bob  bo’yicha xulosa 

Noan’anaviy  darslar  va  ta’limning  interfaol  usullari  haqida  yuqorida 

keltirilgan metodik tavsiyalarimizda quyidagi xulosalarni yasash mumkin: 

1.O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, bozor iqtisodiyotiga 

asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tishimiz,  ko’p ukladli  mulk  shakllarining paydo 

bo’lishi,  jamiyatimizda  ro’y  berayotgan  ijtimoiy-siyosiy  o’zgarishlar  vafan-

texnikaning  jadallik  bilan  rivojlanishi  ta’lim  mazmuniga,  maktab  hayotiga 

qolaversa,  dars    mohiyati    va    mazmunining    takomilashuviga    ob’yektiv    omil 

vazifasini bajardi. 

2.Respublikamizda 

ta’lim 

sohasida 



chuqur 

islohotlarning 

o’tkazilayotganligi,  xorijdagi  ta’lim  tizimidagi  ijobiy o’zgarishlar, jahon ta’lim 

standartlariga  yakinlashishga  intilish,  darslik  va  o’quv  dasturlari  yangi  avlodning 



24 

 

yaratilishi  darsni  ixcham  va  qiziqarliroq  shaklda  tashkil  etishimiz  uchun  zamin 



bo’ldi. 

3.  Noan’anaviy    darslar    va    ta’limning    interfaol  usullarining  markazida, 

talaba  shaxsining  mustaqil  tafakkurlay  olishga  o’rgatish  masalasi  turadi.  Ko’p 

yillik qolipga o’rnashgan, eski tipdagi darslar tizimi talabalarning erkin fikrlashiga  

to’siq bo’lib, faqatgina o’qituvchining ma’lumot berishiga asoslangan edi. 

4.  Noan’anaviy  darslar  va  ta’limning  interfaol  usullari  talabalarning  darsga 

bo’lgan  munosabati  va  ilm  olishga  bo’lgan  havasini  oshiruvchi  muhim  turtki 

bo’ldi, desak xato bo’lmaydi. 

5. Noan’anaviy darslar va ta’limning interfaol usullarini qo’llashning muhim 

tarbiyaviy ahamiyati shundaki, talabada yashirinib turgan  qobiliyat  va  

iste’dodlarga  ishonch  bilan  yondashishni tarbiyalaydi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

  



25 

 

2-Bob. Noan’anaviy darslarni tashkil etishning amaliy ahamiyati. 

Ma’ruza –o’qitishni  tashkil  etishning  etakchi  shakli  hisoblanib, quyidagi  

vazifalarni amalga  oshirishga  imkon  beradi: 

1.Yo’naltiruvchanlik - talabalarni o’quv materialiningasosiy holatlariga, uni 

kelgusi ish faoliyatidagi o’rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi; 

2.Axborotlilik - o’qituvchi ma’ruza paytida holat, asosiy  ilmiy  dalillar  va  

xuloslar   mohiyatini  ochib  beradi; 

 

3.Metodologik  -  ma’ruza  vaqtida  o’qitish  usullari  taqqoslanadi,  ilmiy 



izlanishning asoslari namoyon etiladi;  

4.Tarbiyalovchilik  -  ma’ruza  o’quv  materialiga    hissiy  baholash 

munosabatida bo’lishni uyg’otish. 

5.Rivojlantiruvchanlik  -  bilim  olishga  qiziqishlarni  va  qobiliyatlarni 

rivojlantirishga yordam beradi.  

Ma’ruza  shaklida  ta’lim  berishning o’ziga  xos  xususiyatlari 

Ma’ruza  shakllari  O’ziga  xos  xususiyatlari 

Ma’lumotli 

 

Ma’ruzaning  eng  an’anaviy  turi . 



 Pedagogik  vazifala:o’quv  ma’lumotlarini  bayon  qilish  va  

tushuntirish. Ichki va fanlararo aloqalarni yoritib beradi. 

Umumlashtiruvchi 

qisqa  ma’lumotli 

 

Kursni  yoki  uning katta  bo’limlarini bayon  etilgan  nazorat  



holatlarini, avvalam  bor  ilmiy  tushunchaviy  va  kontseptual  

asos  tashkil  etadi. 



Pedagogik    vazifalar:  ilmiy  bilimlarni  tizimlashtirishni 

amalga oshirish. Ichki va fanlararo aloqala rni yoritib beradi. 

Ko’rgazmali 

 

Bunday      ma’ruzani  olib    borishi        ko’rilayotgan   



materiallarni    ochiq    holda      va    qisqa    shakllarga    olib  

kelinadi. 



Pedagogik    vazifalar:      ma’lumot    mazmunini      ta’limning  

texnikaviy      vositalari    yoki    audio  texnikalar    yordamida  

yoritib  borish  


26 

 

Binarli 



 

Bunday    ma’ruzani  olib    borish    ikki    o’qituvchi,  2-maktab  

vakili,      olim    va    amaliyotchilar,    o’qituvchi    va    talabalar   

orasidagi  suhbatni  namoyon  qiladi. 



Pedagogik    vazifalar:  yangi    o’quv    ma’lumotlarini      ikki  

tomon  nuqtai  nazarlarini  taqqoslash orqali  yoritib  boriladi.    

Oldindan  

ko’zlangan  

xatoliklar    bilan 

o’tila 


digan 

 

maruza 



O’qituvchi    ongli    ravishda  yo’l    qo’ygan    mazmunli,  

metodologik    xatolarni,    talabalar    tomonidan      topishga  

qaratilgan.  Ma’ruza    yakunida    talabalarning      tashhisi    va  

qo’yilgan  xatoliklari    tahlili  olib  boriladi. 

Anjuman 

 

O’qituvchi    tomonidan    tayyorlangan      dastur    miqyosida,   



olingan    belgilangan    muammo    va    ma’ruza      tizimi    bilan  

ilmiy-amaliy   mashg’ulotlar  olib  boriladi.  



Pedagogik    vazifalar:  talabalarni  yangi  o’quv  ma’lumotini 

izlash va tizimlashtirishga o’rgatish. 

Maslahatli 

 

  Turli  yo’l  bilan  o’tkazilishi  mumkin.  



1.    “Savol-javob”.    O’qituvchi    ma’ruza    davomida      butun  

kurs  yoki  bo’lim  bo’yicha   talabalarning  savollariga  javob  

beradi.  

2.  “  Savol  –  javob    munozara”.    Yangi    ma’lumotlarni   

nafaqat    bayon    etadi,  balki    qo’yilgan    savollarga      javob  

uzatib  topishni  tashkillashtiradi. 



Pedagogik    vazifalar:  talabalar  bilimini  mustahkamlash 

rivojlantirish, ularni yangi ma’lumot bilan to’ldirish.    

 

Ana’naviy  ta’lim  berish  tizimida    o’quv  materiallarini  tuzib  chiqishning    



birligi  «mavzu» hisoblanadi.   Talabalar  uchun  o’quv  mate-riallarining  haqiqiy  

27 

 

birligi  bo’lib,  o’quv  mashg’uloti xizmat  qiladi,   mavzu  esa  uni  o’rganishning  



o’qituvchi  tomonidan e’lon  qilinadigan   faqat  nomlanishidir. 

Shu    bois    talabalar    alohida    o’quv    birliklari      o’rtasidagi    aloqani    aniq  

anglamasdan      mavzuni    o’rganadilar,      bu    erda    materialni      «bo’laklab  -  

mavzuviy» o’rganish  xususiyati    ko’rinib  turibdi.  

Hozirgi    vaqtda    o’quv    materiallarini      tuzilmaga    solish    modul    asosida 

amalga    oshirilmoqda.  Bu    ham    talabada          birdaniga    harakatning    to’liq  

yo’nalishini,          ya’ni    barcha    qismlar    orasidagi      aloqani    aniqlash    ular  

tomonidan    berilgan    o’quv    matariali      chegarasida    BMK    izchillikda    egallash  

degani  emas. 

Aqliy    harakatlarni    bosqichma-bosqich    shakllantirishning  psixologik  

nazariyasiga    muvofiq,      bu    muammo    o’tish    tuzilmasiga      qiziqtiruvchi   

bosqichni   kiritish  orqali  hal  etish  mumkin. Uning  vazifasi  ta’lim  oluvchilarda   

kutilayotgan  o’quv  materialini  egallash  uchun   qiziqish   ta’minlash,   modomiki  

harakatlarning  to’liq   yo’nalishi   o’quv  materiallari barcha  tashkil   etuvchilari  

orasidagi    aloqani    o’rganish    mumkin.    Quyida    biz    zamonaviy    texnologiyaga  

asoslangan   holda  kollejlari yo’nalishi      to’rtta dars  ishlanmasini  taklif  etamiz. 



2.1. Fizikadan zakovat darslari. 

Ta’lim  sohasida  olib  borilayotgan  islohotlarning    tub  mohiyati  ta’lim 

mohiyati  va  shaklini  takomillashtirishga  qaratilgan.  Fan  texnika  taraqiyoti  oshib 

borishi  kabi  omillar  talabaning  shaxsiy  xususiyatiga,  jumladan  idrok  eta  olish, 

tasavvur  va  tafakkurini,  aqliy  qobiliyatini  rivojlanishiga  olib  keladi.  Zamonaviy 

ta’lim  oldida  turgan  eng  muhim  vazifa  talaba  shaxsining  ilm  olishga  bo’lgan 

ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Bu vazifani amalga oshrishda zamonaviy dars va 

ta’limning noan’anaviy usullaridan foydalanish samarali natija beradi.  

Talabalarning  intelektual  qobiliyatini  rivojlantirishda  “Zakovat”  darslari 

ancha samarali hisoblanadi. Fizika fanidan “Zakovat” darslarini umumlashtiruvchi 

darslarda o’tkazish mumkin.  


28 

 

O’quv  guruhi  6  kishidan  iborat  kichik  guruhlarga  ajratiladi.  Oldindan 



konvertga solib tayyorlab qo’yilgan savollarga, navbat bilan javob beriladi. 

Dars oxirida eng ko’p ball to’plagan guruh hamda darsda faol ishtirok etgan 

talabalar rag’batlantiriladi.  

Zakovat darsiga tavsiya etiladigan savollar. 

1.  Ginnes  rekordlar  kitobi  ko’plab  qiziqarli  faktlarni  dunyodagi  turli 

sohalarda  erishilgan  rekordlarni  o’z  ichiga  oladi.  Aksariyat  rekordlar  yangilanib 

turadi.  Torichelli  naylari  bilan  bog’liq  bir  qiymat  borki  u  ancha  yillardan  beri 

o’zgarmasdan  qolmoqda.  Hurmatli  bilimdonlar  1  daqiqadan  so’ng  mana  shu 

qiymatni ayting.  



J:  Normal  atmosfera  bosimida  suv  10,3m  balandlikka  ko’tariladi.  Bundan 

katta qiymatga ko’tarilmaydi.  

2.  Qadimgi  baliqchilar  negadir  kechqurun  ovga  chiqib,  ertalab  qaytishgan 

nega ular odatdagi an’anani buzishgan? 



J:  Chunki  ular  yelkanli  qayiqda  suzishgan  kechqurun  shamol  dengizga 

esadi, ertalabga yaqin qirg’oqqa (konvekstiya hodisasiga asoslangan).  

3. U bundan 369 yil oldin Angliyaning Vulstrop shahridagi o’rta hol fermer 

oilasida  tug’ilgan  84  yil  umr  ko’rgan.  Uning  qabr  toshiga  “Dunyodagi  oddiy 

kishilar insoniyat olamining husni bo’lmish  shunday zot o’tganligini bilib xushnud 

bo’lsinlar degan xotira so’zalari yozilgan”: gap kim to’g’risida bormoqda?  



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin