O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II. 3. Hajm – o`lchov, o`rin va paytni bildiruvchi sifatlar



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

 II. 3. Hajm – o`lchov, o`rin va paytni bildiruvchi sifatlar
Bu kabi sifatlar predmetning o`lchovi, umuman, ko`lamini bildiradi. Bu 
qatorga keng, tor, uzun, chuqur, chog`(choqqina uy), yirik, jajji, hayhotday, 
ixcham, mayda, mitti, azim, muazzam, mo`jaz, katta, kichik, og`ir, vazmin, 
yengil, so`ngsiz, bepayon, tubsiz (ummon), teng, ulkan, ulug` sayoz, uzoq, yaqin 
va hokazolar mansub. 
Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlar tuzulishiga ko`ra sodda (tub va yasama), 
juft, takror va qo`shma holatda bo`ladi.
Hajm-o`lchov bildiruvchi tub sifatlar tarkibiga keng, tor, uzun, chuqur, 
chog`(choqqina uy), yirik, jajji, hayhotday, ixcham, mayda, mitti, azim, 
muazzam, mo`jaz, katta, kichik, og`ir, vazmin, yengil, so`ngsiz, bepayon, tubsiz 
(ummon), teng, ulkan, ulug` sayoz kabilar misol bo`ladi. 
Hajm-o`lchov bildiruvchi yasama sifatlarga so`ngsiz, bepayon, tubsiz 
(ummon) kabi so`zlar mansubdir.
Hajm-o`lchov bildiruvchi juft sifatlar guruhiga kalta-uzun, katta-kichik, 
og`ir-vazmin, yengil-yelpi, baland-past,kalta-kulta kabilar misol bo`ladi.
Poetik nutqda ham bu kabi so`zlar faol qo`llanganicha guvoh bo`lishimiz 
mumkin. Nasriy asarlarda bu kabi hajm-o`lchov sifatlari odatda o`z asl 
ma’nosida qo`llanadi. Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga 
o`xshar, buning ham to`rtdan birini ayvon egallagan edi. (Abdulla Qahhor) 
Nazmiy asarlarda esa o`z ma’nosi bilan birga ko`chma ma’noda ham qo`llanadi.
Bahaybat, haybatli so`zlari ma’no darajani oshirish uchun qo`llanadi. 
Bular ta`sirchanlikni oshirish maqsadida qo`llanadi 
Ulkan so`zi manbalarda eskirgan so`z sifatida keltiriladi. Gigant kitobiy 
uslubga xos bo`lib, asosan inshootlarga nisbatan qo`llaniladi.
Yirik so`zi meva, tosh va boshqa so`zlar bilan birikadi. Mazkur so`z barcha 
so`z bilan ham sintagmatik munosabaga kirishavermaydi. Masalan, yirik uy, 
yirik daraxt kabi qo`llanishlar usluban noto`g`ri. Shu jumladan, gigant so`zi ham 
shunday. Gigant so`zini har qanday so`z bilan biriktirish mumkin emas. 
Masalan, gigant shoir birikmasi usluban g`aliz hisoblanadi. 


41 
Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar orasida predmetning enini 
bildirishga xizmat qiluvchi keng, tor sifat leksemalar ma’lum bir oraliq masofani 
ifodalash uchun qo`llaniladi. Ko`lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar 
orasida chuqur, sayoz so`zlari predmetning pastlikka tomon bo`yini, 
chuqurligini ifodalashga xizmat qiladi. Bunda sayoz leksemasi chuqurlikning 
kuchsiz darajasini “tagi yuza joylashgan” semasini ifodalasa, chuqur leksemasi 
esa bunday belgining kuchli darajasini, aksini bildiradi. Ko`lam me’yorini 
bildiruvchi sifat leksemalar doirasiga kiruvchi uzoq, yaqin leksemalari uzunlik 
belgisining umumiy nomini ifodalaydi. Mazkur so`zlar ham fe’l oldidan kelib, 
ish-harakatning miqdoriy belgisini ifoda etishga ixtisoslashgan: Yaqin kelma
o`ldiraman, - dedi do`sti. (O`.Umarbekov) Uzoq ketib qolsangiz, men nima 
qilaman? (P.Qodirov). 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin