Holat bildiruvchi sifatlar: Holat bildiruvchi sifat narsa -mavjudotning
holat yoki vaziyatini turg`un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifatlar
tuzilishiga ko`ra sodda, qo`shma, juft va takror sifatlarga bo`linadi. Holatni
bildiruvchi tub sifatlar: abgor, alag`da, baxtiyor, bo`liq, vayron, voqif, gavjum,
giryon, dabdala, yopiq, issiq, iliq, kir, ko`hna, luchchak, mal`un, marhum, mast,
mashhur, mosuvo, muallaq, mulzam, muntazir, mushtoq, muhtoj, obod, ozod,
osoyishta, osuda, pajmurda, palag`da, paxmoq, pachoq, pinhon, pokiza, semiz,
sovuq, sokin, so`lg`in, tayyor, shay, toza, tarang, tashna, to`q, farovon, xom,
xarob, xasta, xafa, xijil, xomush, xor, xursand, shalabbo, eski, qaram, qizg`in,
ho`l[24].
Holat bildiruvchi yasama sifatlar quyidagi qo`shimchalar orqali yasaladi:-
bar, -li, -dor, -ser, -be ,-k,-q, g`,-ik, - iq,- uq, -kin, - qin - g`in, -kun, - g`un… ;
rasmli, do`ppili, masxarali, gavdali, o`tirishli, ayanchli, gulli, to`shdor, aybdor,
azador, guldor, sersoqol, sersuv, sergo`sht, sersomon, bemajol, bexabar,
boxabar bedor, besaramjon, bedavo, chirik, o`ksik, quruq, yorug`, o`lik, egik,
yopiq, ochiq, buzuq, yopiq, tushkun, turg`un, ozg`in, so`lg`in, jo`shqin, horg`in,
g`amgin, qarimsiq, noqulay, navqiron, noma’lum, noto`g`ri, sharros, gulduros,
motamsaro, ishsiz, darveshnamo, olimnamo, tentaknamo, jirkanch, dardchil,
epchil, xayolparast, oqsoq, porloq, quvnoq, loyqa, yopishqoq,
Holat bildiruvchi qo`shma sifatlar: darveshsifat, devsifat, devqomat,
kafangado,
sheryurak,
ofatijon,
bodomqovoq,
og`iroyoq,
shikastahol,
boshqorong`i, yoqavayron, olazarak, tepakal, xonavayron, dilxasta, kamgap,
kamsuxan, tezpishar, kechpishar, qirqyamoq, xomtalash, sohibjamol.
Holat bildiruvchi juft sifatlar: alag`da-jalag`da, apoq-chapoq, issiq-
sovuq, mast-alast, hozir-unozir, eski-tuski, chala-chulpa,xom-pishiq, saramjon-
sarishta, och-yalang`och, soya-salqin, xor-zor,ilma-teshik, tuppa-tuzuk, xom-
30
xatala, entak-tentak, qari-quri, yamoq-yasqoq, harom-harish, aloq-chaloq,
poyintar-soyintar, uvali-juvali, o`poq-so`poq, ilang-bilang, boy-badavlat, och-
nahor, pishiq-puxta, sarson-sargardon, sog`-salomat, telba-teskari, yakka-
yolg`iz, g`arib-benavo, vayronu obod, chappa-rosta, quyuq-suyuq, kuydi-
pishdi(fe’ldan ko`chgan), och-yalong`och, soya-salqin, tinch-totuv, burma-
churma, bo`ltak-so`ltak, yosh-yalang, yirtiq-sirtiq, kir-chir, siniq-mirtiq, tilka-
pora, tep-tekis, to`kin-sochin, chalakam-chatti, egri-bugri, yamoq-yasqoq,
qarama-qarshi, aji-buji (yozuv), apoq-chapoq, aloq-chaloq (tush)
Holat bildiruvchi takror sifatlar :burda-burda, yo`l-yo`l(otdan ko`chgan),
biq-biq.
Boshqa turkumga xos so`z konversiya yo`li bilan holat bildiruvchi sifatga
o`tishi mumkin. Masalan: kuydi-pishdi so`zi fe’ldan ko`chgan, ot so`z
turkumiga mansub yo`l so`zini takror qo`llab holat ma’nosini bildiruvchi sifat
hosil qilish mumkin. Holat bildiruvchi sifatlarda soddalashish ham kuzatiladi.
Yaxshi rivojlangan, durkun ma’nosini anglativchi bo`liq sifati eski o`zbek tilida
bo`lfe’lining unib-o`s, yetilma’nosidan –(u)q qo`shimchasi bilan yasalgan,
keyinchalik u unlisi i unlisiga almashgan: bo`l+uq=bo`luq>bo`liq [42,76]. Bu
qatorga o`ksik,o`lik, sharros, epchil, buzuq kabi so`zlar ham kiradi.
Holat bildiruvchi sifatlarning sintaktik vazifasi:
a)
kesim bo`lib keladi: Bu paykalning g`o`zalari bo`liq.
b)
ravish (tarz, vaziyat) holi bo`lib keladi: Qobil bobo dardli
xo`rsindi.(A.Qahhor)
Bombardimonlar natijasida shaharlar dabdala bo`lgan edi.
c)
aniqlovchi bilan:Dadaboyning baland bo`lib dabdabasi,
Oxir chiqdi dabdabasindabdalasi. (Mushtum)
Yuqoridagilar asosida shunday xulosa qilish mumkinki, holat bildiruvchi
sifatlar narsa yoki mavjudotni turli holatini juft, takror, sodda, qo`shma
ko`rinishlarda ifodalab, nutqimizda faol qo`llanadi.
Shakl
bildiruvchinarsa-predmetning
tashqi
ko`rinishini
ifodalaydi.
Masalan: novcha, yassi, uzunchoq, cho`zinchoq, qiyshiq, do`ng, tekis,do`ndiq,
31
qabariq, botiq, jingalak, jikkak, lo`nda, lo`ppi, miqti, silliq, g`adir-budir, egri,
dumaloq, yapaloq, aylana va b .Baqqol amaki o`zi pakana-yu, lekin yuzi
katta,peshonasi keng, yakkam-dukkam soqolli,burni puchuq,iyagi kalta
odam.Qorni ham haddan tashqari katta bo`lganligi uchun o`tirganda xuddi bir
qop go`shtdek bo`lib ko`rinadi. (X. To`xtaboyev) Shakl bildiruvchi sifatlar
Z.Mamarajabovaning maqolasida ko`rinish sifatlari deb ham yuritilgan [46,22-
23]. Ko`rinish sifatlarini tuzilishiga ko`ra quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
1) sodda ko`rinish sifatlari; 2) qo`shma ko`rinish sifatlari.
Ayrim darsliklarda, o`zbek tilining grammatikasiga oid adabiyotlarda,
sifatning juft birikmali va takroriy shakllari tavsiflanadi. Biroq bizningcha,
sifatning takrorlanishi, juftlashishi yoxud ko`p komponentli birikmaning belgi
tushunchasini tashishi matnda reallashadi.
O`zbek tilida shakl-ko`rinish sifatlarining sodda shakli tarkibiga ko`ra ikki
xil bo`ladi: tub va yasama ko`rinish sifatlari.
1. Shakl-ko`rinish sifatlarining tub shakli tom ma’nosi bilanpredmetning
turli shakl-ko`rinishlari, ichki va tashqi belgilarini ifodalaydi: yassi, dumaloq,
do`ng, tekis, dumboq, do`ndiq, baland, past, to`garak, jingalak, jikkak, lo`nda,
lo`ppi, miqti, egri, adil (qomat).
2. Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlarning yasama turi o`zakka asosan so`z
yasovchi affikslarni qo`shish orqali hosil bo`ladi: jimjimador panjara, ignali
barg, yig`iq soch. Ko`rinish ifodalovchi leksemalarni yasovchi mahsuldor
affikslar quyidagilardan iborat:
– li affiksi: jilvali ko`z, gajimli ro`mol.
– doraffiksi: go`shtdor odam, jimjimador kuylak.
– iq affiksi: yig`iq barglar.
– day, -dek affikslari: zig`irday bola, niholdek qiz, lo`mbozdek qulf.
– ma affiksi: ag`darma etik, ulama soch.
– qoq affiksi: burishqoq olma, qurushqoq behi.
Ikki so`zning teng bog`lanishidan hosil bo`ladigan predmet, hodisa yoki
holatning bir umumiy belgisini ifodalash uchun xizmat qiladigan so`zlarga juft
32
sifatlar deyiladi[33,291]. Juft sifatlar narsa-buyum, hodisalarni to`liqroq
sifatlash imkonini berganligi sababli nutqda faolroq qo`llaniladi. Manbalardan
to`plangan misollar ayni shakldagi ko`rinish sifatlari nutqda ko`p qo`llanishini
ko`rsatadi: past-baland binolar, kalta-kulta paxtalar, yirtiq-yamoq to`n, katta-
kichik tugunlar, yum-yumaloq tosh,yakkam-dukkam soqolli. Ikkita bir-xil shaklli
so`zni takrorlanishidan takroriy sifatlar yasaladi[31]. Bunday sifatlar ma’noni
kuchaytirish,birdan ortiqlikni bildirish, ta’kid, modal, munosabat kabi ifodalar
uchunqo`llaniladi. Hodisa, narsalarning tashqi ko`rinishini bildiruvchi sifatlar
ham takroriy shaklda ishlatilishi mumkin: lo`ppi-lo`ppi paxtalar, baland-baland
binolar, mayda-mayda tosh. Bulardan tashqari, predmetning shakl-ko`rinish
ma’nolari ikki va undan ortiq turli birikmalar orqali ifodalanishi ham mumkin.
Bunday belgi ifodalarga birikmali sifatlardeyiladi. U qobig`i qorayib
kuyayotgan kartoshkalarga tikilib o`tirdi. (T.Murod)
Shaklni bildiruvchi sifat leksemalar orasidapredmetning enini bildirishga
xizmat qiluvchi keng, tor SLlari inson tasvirini uning portretini berishda keng
qo`llanadi: Keng qaboqli, tor miyiqli/ Guli gulnor mohi nur.(M.Ali)Bu misolda
keng,tor leksemalari vositasida tasvirlanayotgan kishining yuz qiyofasi, portreti
chizib berilgan. Tilimizda tor leksemasining peshonaga nisbatan qo`llanilib,
ko`chma ma’no kasb etib, ibora sifatida qo`llanilishi ma’lum. Poetik matnda
sho`rlik, baxtsiz semalarini ifodalashda ana shu frazemadan foydalanish hollari
uchraydi: Alang-jarang qaradi-yu dunyo bexabar/Peshonasi tor dehqon. (M.Ali)
Dumaloq. Bu sifat eski o`zbek tilida dumala fe’lidan - q qo`shimchasi
bilan yasalgan. Yer shari dumaloq desa, oldin hech kim ishonmas edi.
Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlar gapda hol va ot-kesimbo`lib keladi.
A makimning qisiq ko`zlari yigirma tiyinli tangaday dum-dumaloqbo`lib
yondi.(S.Ahmad) Bu xotinning Yoshi ellikdan oshgan bo`lib, o`zi
pakana,dumaloq. (S.Zunnunova)
Хullas, xususiyat-xususiyat,holat, shakl-ko`rinishni ifoda etuvchi sifatlar
sifatning ma’no jihatdan kata qismini tashkil etadi. Har bir tur alohida tadrijiy
33
rivojlanish turiga ega. Ularning uslubiy imkoniyatlariga keyingi bobda
to`xtalamiz.
Dostları ilə paylaş: |