17
ma’nosini anglatgan aйы sifatining aksi bo`lgan aйы fe’lidan -ғ qoshimchasi
bilan yasalgan. Aйы- + ғ = айығ> айиқ.
Babaq sifati qadimgi turkiy tilda “ota, otaning otasi” kabi ma’nolarni
anglatgan. Баба otining katta ma’nosidan kichraytirish erkalash ma’nosini
anglatuvchi -қ qoshimchasi qo`shib
hosil qilingan; o`zbek tilidagi a unlisi ӓ
unlisiga almashgan: баба +қ = бабақ > бӓбӓқ. Bugungi kunda babaq so`zi
“jussasi katta, durkun” ma’nosida qo`llanadi. (tovuq, xo`roz haqida).
Baland
tutdan qichqirganda babaq xo`roz…(G`. G`ulom).
Bezbet (uyat-andishasi, or-nomusi yo`q).
Sindek bezbet bolani umrimda
birinchi marta uchratishim. Bu sifat bezbet birikmasining bir so`zga birlashuvi
bilan yuzaga kelgan. Bu qo`shma sifat tarkibidagi bez qismi “ta`sirga
berilmaydigan, qattiq” ma’nosi bilan qatnashgan: bez bet > bezbet.
Galdir (telba, ishq savdosiga duchor bo`lgan). Shu go`zal qizni debgaldir
bo`lib yurgan yigitlar ozmi? Bu so`z гӓлдир tarzida talaffuz qilingan bo`lib,
asli chayqalish harakatini ifodalovchi tasvir so`ziga teng, ma’no taraqqiyoti
natijasida sifatga ko`chgan.
G`o`zal sifati (xushro`y, husndor). Gulsum uning xayolida bu yerdagi
go`zallarning go`zali bo`lib tura berdi (P.Tursun). Bu
sifat asli qadimgi turkiy
tildagi “nazar sol” ma’nosini anglatgan кӧс fe’lidan –(ӓ)л qo`shimchasi bilan
yasalgan; keyinchalik so`z boshlanishidagi k undoshi g undoshiga; unlilar
oralig`idagi s
undoshi z undoshiga almashgan; o`zbek tilida ӧ unlisining
yumshoqlik belgisi yo`qolgan: кӧс- +ӓл =go`zal.
Dang`illama (hajmi keragidan ortiq). … bir kun kelib yangi dang`illama
imoratlar solamiz…(A. Qahhor). Bu sifat дӓнғир tovushiga taqlid so`zidan -лӓ
qo`shimchasi bilan yasalgan fe’lga -мӓ qo`shimchasi qo`shib yasalgan; л
tovushining ta`sirida uning oldidagi р undoshi л undoshiga almashgan.
(дӓнғир+лӓ= дӓнғирлӓ) + мӓ = дӓнғирлӓмӓ > дӓнғиллӓмӓ. Dang`illama
so`zlashuv uslubiga xos.
Jingalak (halqa shaklida buralgan). Ra’no tomorqada ...jingalak yungli
qo`zichog`iga maysa yulib berayotgan edi (H.Nazir).
Bu sifat qadimgi turkiy
18
tildagi “burma” ma’nosini anglatgan чим otidan -ga qo`shimchasi bilan
yasalgan fe’lga –l qo`shimchasini qo`shib yasalgan va unga kichraytirish
ma’nosini ifodalovchi – (ӓ)k qo`shimchasi qo`shilgan: [(чим+ гӓ= чим+ гӓ-) +
л= чимгӓл] +ӓк = чимгӓлӓк > жимгӓлӓк.
Yuqoridagi kabi misollar etimologik lug`atning anchagina qismini tashkil
etadi.Sifat etimologiyasida aslida fe’l, ot, taqlid so`zlarning ma’no taraqqiyoti
natijasida sifatga ko`chishi keng uchraydi.
Shu bilan birga, diaxronik nuqtayi
nazardan sifat bo`lib, ma’no taraqqiyoti natijasida boshqa so`z turkumiga
ko`chgan so`zlar ham mavjud.Ayrim sifatlarning etimologik tahlili tadqiqotimiz
asosi bo`lgan sifat so`zlarning ma’no xususiyatlarini yoritishda qo`l keladi.
Chunki sifatning tarixiy taraqqiyoti hozirgi zamon sifat so`zlarining tahlili bilan
bog`liq.
Dostları ilə paylaş: