8
Ishning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish (Ishning umumiy tavsifi), uch
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, 83
sahifani
tashkil etadi.
I BOB. SO`Z TURKUMLARI TIZIMIDA SIFAT VA UNING
LINGVISTIK TABIATI
I. 1. O`zbek tilshunosligida sifat so`z turkumi
O`zbek
tili morfologiyasida, boshqa so`z turkumlari qatori sifat ham katta
o`rinni egallaydi va o`zining leksik-grammatik va semantik xususiyatlariga
ko`ra mustaqil so`z turkumi sifatida ajratilgan. Sifat so`z turkumining ko`p
sohalari ustida dissertatsiyalar yoqlandi, ilmiy maqolalar yozildi. Ayniqsa,
kiyingi
yillarda sifat semantikasi, stilistik xususiyatini o`rganishga e’tibor
kuchaydi. XX asrning 40-50 - yillarida bir qator olimlar tomonidan leksik
ma’noning komponent strukturasi haqidagi fikrlar ilgari suruldi. G.Xeller va
J.Makris rang ifodalovchi leksemalarning o`rganar ekanlar, ular o`z
tadqiqotlarida ma’noning semantik komponentlarini darajalaydilar. O`zbek
tilshunosligida leksik ma’noni kompanentlardan iborat ekanligi dastlab SH.
Rahmatullayev, I.Qo`chqortoyev, R.Yunusovlarning ishlarida ilgari surulgan.
Uni tadqiq etishga bag`ishlangan yirik hajmdagi asarlar maydonga keldi. Shu
tarzda semaseologiya tilshunoslikning barcha sathlarida o`z o`rnini topa
boshladi. Tadqiqot ishimizda semantika haqida so`z borar ekan,avvalo
semema
va uning tarkibiy qismlariga to`xtalishni lozim topdik. Narsa shakl va mazmun
yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo`lganligi kabi leksema ham tashqi va
ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig`i nomema deb ataladi.
Nomema deganda leksemaning moddiy tomonini
tashkil etgan fonemalar
hosilasi – nutq tovushlari nazarda tutiladi. Leksemaning ichki, mazmuniy
tomoni semema deyiladi. Semema – ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor,
harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko`rinishi [27].
9
Boshqacha
aytganda, semema leksemaning ichki jihati. Tilshunoslikda
sememani tashkil etuvchi unsur sifatida sema ajratiladi. Semema tarkibidagi
sema bir xil emas. Sema mohiyatiga ko`ra uch xil bo`ladi:
1) atash semasi (denotativ sema);
2) ifoda semasi (konnotativ sema);
3) vazifa semasi (funksional sema).
Dostları ilə paylaş: