O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


I. 3. Sifatda konversiya hodisasi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

I. 3. Sifatda konversiya hodisasi
Sifat turkumiga xos so`zlar boshqa turkum so`zlari bilan muntazam 
qo`llanishi natijasi o`laroq shu turkumga xos lingvistik xususiyatlarni ham 
o`zida kasb eta borganligi, natijada boshqa turkum so`zlari guruhidan o`rin 
olganligiga guvoh bo`lamiz. 
Umuman, bir turkum so`zi boshqa turkum so`ziga ko`chganda bir vaqtlar 
bir turkumda bo`lib, til taraqqiyoti natijasida ikkinchi turkumga o`tgan so`z 
nazarda 
tutiladi. 
So`z 
turkumlari 
orasida 
ko`chish 
bo`yicha 
olim 
A.G`ulomovning tadqiqotlari e`tiborga molik [33,46-52]. Bu boradagi oxirgi 
fundamental tadqiqotlardan biri J.Eltazarov tomonidan amalga oshirildi [32].
Hozirgi o`zbek tilida so`z turkumlararo ko`chishning quyidagi turlari 
mavjud: 
1.Otlanish(Substantivatsiya), 
2.Sifatlanish 
(Adyektivatsiya), 
3.Sonlanish 
(Numerilizatsiya), 
4.Olmoshlanish 
(Pronominalizatsiya), 
5.Ravishlanish 
(Adverbializatsiya), 
6. 
Fe’llanish 
(Verbalizatsiya), 
7.Tasviriylanish 
(Essivatsiya) 
8. 
Undovlanish 
(Interyektivatsiya), 
9.Modallashish(Modalyatsiya), 
10.Ko`makchilashish(Postpozitionalizatsiya),11.Bog`lovchilansh(Konyuktionali
zatsiya), 12. Yuklamalashish (Partikulyatsiya).


19 
Har qanday tildagi so`z turkumlari ko`chish hollarini bevosita tahlil 
qilayotganda bu masalaning ikki ajralmas tomoni: o`sha so`z turkumining 
boshqa so`z turkumlariga ko`chishi va boshqa so`z turkumlarining mazkur so`z 
turkumga ko`chishini nazardan qochirmaslik kerak, chunki til birligining nutqda 
amal qilinishi va so`z turkumlararo aloqaning ro`yobga chiqishida ko`chishning 
har ikki turining qiymati tengdir [32,32].So`zlar bir turkumdan ikkinchi 
turkumga o`tganda mazkur so`zning grammatik mohiyati, qisman ma’nosi 
o`zgaradi. Sifatning otga ko`chishi ham shunday hodisadir. Masalan, qiz, o`g`il, 
yosh, qari, erkak, xotin, ayol, kasal, chol, kampir kabi so`zlar bir vaqtlar sifat 
bo`lib, keyinchalik otga o`tgan. Bu hol, ya’nio`tish birdaniga emas, balki bir-
ikki avlod ko`z o`ngida yuz beradi. Yuqoridagi kabi so`zlarning otga 
ko`chganini yoki ko`chayotganini ko`rsatuvchi ikkinchi belgi ularning sifat bilan 
ifodalangan aniqlovchi olishidir: yosh yigit, qari chol, chiroyli xotin 
kabi.Konversiya yo`li bilan sifatga ko`chgan so`zlar quyidagilar:1. Juft va 
takroriy otlar: mosh-guruch, yo`l-yo`l, rang-barang, xilma-xil. 2.O`zak holidagi 
fe’llar: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash.3. Harakat nomi 
shaklidagi juft fe’l: olmoq-solmoq.4. Yaqin (aniq) o`tgan zamondagi juft fe’llar 
va fe’lli birikmalar: oldi-qochdi (gap), kuydi-pishdi (ayol), tug`di-bitdi 
(farzand), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi (o`g`il, ya’nikenja o`g`il).5. 
Takroriy olmosh: manman6. Takroriy son: birdan-bir [24,48]. 
Sifat turkumga xos so`zlarning ravish bajargan vazifalarda kelishi ham 
keng taraqqiy etganligiga guvoh bo`lamiz.Sifat va ravishning leksik-semantik 
xususiyati o`zaro bitta, ya’ni “belgi” termini bilan atalsa-da, biroq xarakter 
e`tibori, stilistik tomoni bilan ularning belgisi bir-biridan farqlanadi. Sifat 
turg`un xarakterdagi belgini anglatsa, ravish esa jarayon xarakteridagi 
(adverbial) belgidir. Sifat anglatgan belgi – birlamchi, ravish belgisi – 
ikkilamchi, ya’nibelgining belgisidir. 
Yuqorida eslatib o`tganimizdek, ravish tabiatan sifatlardek turg`un 
holatdagi belgini ifodalab, aniqlovchi xarakterida bo`lishi mumkin. Shu bilan 
birga, bir qator sifatlar harakat jarayonining belgi ifodasini ko`rsata oladi. 


20 
Chunonchi, “yaxshi” qabilidagi so`zlar gapda hol bo`lib kelishi bilan 
xarakterlanadi. Uzoq yillar davomida mana shu masala turli munozaralarga 
sabab bo`lib keldi. Aniqrog`i, ko`pgina tadqiqotlarda muayyan so`zning 
semantik taraqqiyoti, ularning o`zaro sintaktik funksiya almashish imkonini 
berish holati nazardan chetda qolib keldi. Vaholanki, so`z turkumlari bir-biri 
bilan “ittifoq tuzishi”, ya’nio`zining so`roqlarini boshqalar bilan baham ko`rishi 
va o`zi ham o`rni bilan boshqa so`z turkumlarining so`roqlariga javob bo`lishi 
tabiiy hol. Umuman, turkiy tillarda, belgi-xususiyat ma’nosidagi so`zlar ot 
oldidan ham fe’l oldidan ham kelib, ular ma’nosini konkretlashtiruvchi vazifani 
bajaradi. Bunday holda ular so`zning ayni bir grammatik qiyofasida bo`ladi. 
Manbalarda “yaxshi” qabilidagi so`zlarning fe’l oldidan kelishini konversiya 
(ko`chish) hodisasi sifatida ham qaraydilar.
So`z turkumlari orasida sintaktik funksiya almashish, xususan, hozirgi 
zamon tilshunosligida keng tarqalgan hodisadir. Bu holat leksemaning til sathida 
keng imkoniyatliligidan darak beradi. “Yaxshi” qabilidagi leksemalarning 
matnda hol vazifasida qo`llanishiga so`zning funksional o`zgarishi deb qarash 
to`g`ri bo`ladi. Chunki “yaxshi ”qabiliidagi so`zlar gapda hol bo`lib kelishiga
qaramay (masalan: qattiq gapirmoq, chiroyli kulmoq, dadil so`zlamoq),
odatdagi leksik ma’nosini saqlaydi. Qiyoslash uchun “og`ir” leksemasining
fe’l bilan birika olish imkoniyatini ko`rib o`tamiz. O`TILda “og`ir” 
leksemasining o`ndan ortiq ma’nosini izohlangan. “Og`ir” leksemasining atash
semasi “vazni katta bo`lgan, tosh bosadigan, vaznli” ma’nosini ifodalaydi. 
Ko`chma ma’no(konnotativ ma’no)da og`ir leksemasi harakat belgisini ham 
ifodalay olad: Ammo mana shu ro`yirostlik Lolo uchun o`g`ir kechadi. 
(H.Nazir)Bu holat (ish- harakat belgisini ifodalagan sifatlar)ni ayrim
tadqiqodchilar adverbializatsiya hodisasi sifatida belgilaydilar. Shuningdek, bu 
yil bahor nihoyatda yaxshi keldi. Shirin juda chiroyli kuladi (N.Hikmat) kabi 
gaplarda “nihoyatda yaxshi ”, “juda chiroyli ”, sifatlari grammatik jihatdan
fe’llarga bog`lanib, gapda hol vazifasida kelgan. Birinchi gapdagi “nihoyatda 
yaxshi” so`zi grammatik jihatdan fe’lga bog`lanib, gapda hol vazifasida kelgan 


21 
bo`lsa ham, mantiqan subyektning – “bahor”ning belgisini bildiradi va bu
belgi harakatga ham ko`chiriladi.
Yuqoridagi misollardan kuzatiladiki, ba’zi sifatlar o`z vazifasi doirasini
birmuncha kengaytirgan. Buni sifat leksemalarning nutqdagi imkoniyati
sifatida qabul qilish lozim. Ish harakat belgisini bildirgan har qanday so`zga
ravish deb qarash ayni so`z turkumiga leksik va sintaktik xususiyatlarni 
zo`rma-zo`rakilik bilan tirkashidan o`zga narsa emas. Bu esa so`z turkumlari 
tasnifida mantiqiy to`g`ri tasnif asosini buzishga olib keladi[57,110].
Aytish mumkinki, keyingi yillarda sifat leksemalarning semantik
tuzilishidagi konnotativ ma’nolarning o`rni va uning o`ziga xos tomonlarini 
aniqlash bo`yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi.Mazkur holat ham 
sifat va ravish turkumi chegarasini aniqlashtirishga ko`mak beradi. 
Ish- harakat tarzini ifodalash barcha sifatlarga xos xususiyat emas, 
albatta, ya’nihar qanday sifat ham ish- harakatning belgisini bildirolmaydi. 
Asosan, xarakter- xususiyat (yaxshi, yomon, qiziq ruhli, yorqin qattiq
yumshoq toza, chiroyli, dadil), holat (erkin, ozod, tutqun, to`liq), vertikal hajm 
(past, baland), vertikal shakl ( tik), umumiy shakl (egri, to`g`ri), gorizontal
shakl ( yopiq), umumiy hajm (katta, kichik), ichki hajm (keng, tor, chuqur),
masofa (uzoq- yaqin ), muddat (abadiy) va harorat ( issiq, sovuq, illiq )
belgisini bildiruvchi qismigina gapda hol vazifasida qo`llanadi. O`z 
semantikasiga ko`ra “yaxshi” qabilidagi so`zlar doim mavhum tushunchani 
anglatadi. Yuqoridagi so`zlar nutq jarayonida hol vazifasida qo`llanishi bilan
mavhumlik yana oshadi. Shu yo`l bilan fikrning grammatik ifodasi
mustahkamlashadi va “yaxshi” qabilidagi so`zlarning iste`mol doirasi 
kengayadi. 
Kelishik shaklidagi sifatlar ham nutqimizda keng qo`llanadi. Masalan, 
yangidan, eskidan, chindan, yolg`ondan kabilar kelishik shaklidagi sifatdan hosil 
bo`lgan holat ravishlaridir. Mazkur so`zlarda kelishik qo`shimchasi o`z tabiatini 
mutlaqo o`zgartirgan. 


22 
“O`zbek tilining izohli lug`ati” da ham “yaxshi” qabilidagi bir qator 
sifatlar ravish deb berilganligiga guvoh bo`lish mumkin. Lug`atda sifatlar ham 
ravishlardek ish-harakat belgisini ifodalay olish imkoniyatiga ega ekanligi, 
ya’nisifatning semantik taraqqiyoti ularda o`zaro sintaktik funksiya almashish 
imkonini berishi nazardan chetda qolgandek ko`rinadi. Mana shu holat fe’l bilan 
birikib kela olishi tabiatiga ega bo`lgan holat, xususiyat bildiruvchi sifatlarning 
lug`atda ravishlar deb izohlanishiga sabab bo`lgan bo`lsa kerak.
Xullas, sifatning taraqqiyoti boshqa turkumlar bilan uzviy bog`liq. Ot 
asosidan ajralib chiqqan, til taraqqiyoti natijasida mustaqil rivojlanish yo`liga 
ega bo`lgan mazkur turkum so`zlarining imkoniyat doirasi kengayib 
borayotganligiga guvoh bo`lamiz. Bu holni sifatda keng kuzatiladigan 
polisemiya bilan ham dalillash mumkin. Bundan tashqari, yordamchi 
leksemalar tarkibida ham bir qator sifatlarni uchratish mumkin. (jumladan, 
boshqa, qarshi (ko`makchi), yolg`iz (yuklama) va h.k.). Bu holat ham 
(grammatikalizatsiya) sifat turkumining taraqqiyotidan dalolat beradi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin