II BOB. SIFAT MA’NOVIY GURUHLARINING LEKSIK VA
GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
II. 1. Xususiyat, holat, shakl bildiruvchi sifatlar
Sifat asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiradi. Belgi
tushunchasi o`z ichiga xarakter-xususiyat, rang-tus, maza-ta’m, shakl, vazn-
o`lchov kabilarni qamrab oladi. Bular sifatning ma’noviy guruhlari hisoblanib,
ular ham ma’lum bir semantik va grammatik xususiyatlarga asoslanadi.
Shunday sifatning ma’noviy guruhlaridan biri xususiyat sifatlaridir.
Xarakter-xususiyat sifatlari insonning turli-xil belgi xususiyatlarini, ya’ni uning
axloqiy, intellektual, ijtimoiy belgilarini, shaxsiy xarakterlarini, narsa va
mavjudotning xarakter-xususiyatini ifodalashda ko`p qo`llanadigan so`zlardir.
Bunday sifatlar ijobiy va salbiy yoki neytral holatda bo`lishi mumkin:
a)Insonning xarakter-xususiyatiga хоs ijobiy sifatlar:muloyim, odobli, chapdast,
chaqqon, аbjir, ziyrak, mo`min, sodiq, mohir,pok, sipo, o`ktam, аsl,
quvonch,оzoda, sof, yaxshi, dadil, xushmuomala, rostgo`y, mehribon va
boshqalar[24].b) kishilarga xos salbiy xarakter-xususiyatnibildiruvchi sifatlar
ko`pincha ijobiy xususiyatni bildiruvchi sifatlarga antonim bo`ladi:zolim, nokas,
toshbag`ir, shafqatsiz, quv,ayyor, muttaham,g`ayir, tannoz, takabbur,o`jar,
xudbin va boshqalar.
Kishilarga xos salbiyva ijobiy xususiyatlaruning gap-so`zini, o`y-niyatini
yoki ta`na a`zolarini sifatlash orqali ham bildiriladi.Hoji bobo har gapda bir
27
maqol o`qiydigan ezmaroq tabiatli bir kishi bo`lsa ham, qo`li anchagina ochiq,
xususan,hisobga no`noqroq odam edi. (G`. G`ulom)
Xarakter-xususiyat sifatlarining yana shundaylari borki, ularda ijobiy va
salbiylik yaqqol ko`rinib turmaydi. Matndan ularning ma’nosini anglab olish
mumkin. Мasalan: dovdir, loqayd, sho`x, mahmadona, sinchkov, mag`rur,
indamas, o`jar, shaddod, to`pori va boshqalar [26,51]. Loqayd odam
birikmasida loqayd sifati salbiy munosabat ifodasi uchun qo`llangan bo`lsa,
“Uni noo`rin koyishlariga ham loqayd turib berdi” misolida esa ijobiy semasini
namoyon qilgan.
Predmet (narsa, hayvon, jonivor) holati, hodisa va shu kabilarning
xarakter-xususiyatini ifodalash uchun qo`llanuvchi sifatlar: xonaki, dolzarb,
dabdabali, tashvishli, asov, sun`iy, tabiiy, qimmat, arzon va boshqalar.Kishi va
predmet xususiyatlari uchun birdek qo`llanaveradigan sifatlar: ajoyib, yaxshi,
yomon, zo`r, chidamli va hokazolar.
Xususiyat bildiruvchi sifatlar tuzilishi jihatidan sodda, qo`shma, juft va
takror sifatlarga bo`linadi. Sodda sifatlar tub va yasama so`zlarga bo`linadi.
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi tub sifatlar:dadil, garang, go`l, daydi,
dangasa, jo`n, zab, zakiy, zukko, ziyrak, lalmi, mahmadona, mechkay, merov,
mudhish, muttaham, muqaddas, nodir, nodon, noyob, no`noq, odil, odmi, oddiy,
ojiz, olifta, puch, samimiy, tajang, tanbal, tansiq, tanqis, tentak, teran, tuyg`un,
tetik, yovvoyi, maxfiy, to`pori, ulgurg`i, xokisor, shallaqi, topag`on, chopag`on,
qopag`on
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi yasama sifatlar: aqlli, kuchli, yeyishli,
ichishli, aloqador, aybdor, manfaatdor, bedin, beg`ubor , noumid, noinsof,
noo`rin; nomard, noma’lum, nomunosib, kurashchan, yashovchan, unutuvchan,
erinchoq, kuyinchak, tortinchoq, qizg`anchiq, toparmon, bilarmon, yeyarmon,
shartaki, jirtaki, yig`loqi, arzirli, achinarli, zerikarli, maqtarli, ajablanarli, etarli,
tushunarli, chiyildoq, bijildoq, dirildoq, akildoq, ilmiy, shaxsiy, imloviy;
taxminiy, aqliy, ommaviy, qozoqi, qishloqi, xalqparvar, insonparvar,
28
vatanparvar, badaxloq, badhazm, olamshumul, jahonshumul, gapdon, bilimdon,
dilkash, hazilkash;
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi qo`shma sifatlar: dilorom, dilozor,
kafangado, otashnafas, xomkalla, sho`rpeshona, kaltafahm, shirinsuxan,
sho`rtumshuq, balandparvoz, otabezori, hozirjavob, kamgap, kamsuxan,
kamsuqum, kamxarj, cho`rtkesar, ebto`ymas, o`zboshimcha, tilyog`lama,
gadoytopmas,
tinchliksevar,
o`zbilarmon,
ikkiyuzlamachi,
ochofat,
parishonxotir, zabardast, nontepki, nonko`r, rahmdil, sheryurak, qottiqqo`l,
ichakuzdi, ilikuzildi, ishyoqmas, ertapishar.
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi juft sifatlar: aql-hushli, pishiq-puxta,
telba-teskari, mo`min-qobil, ezma-churuk, tepsa-tebranmas, dali-g`uli, bo`sh-
bayov, toparman-tutarman, yengil-yelpi.
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi takror sifatlar:Bir qarasangiz qiziq-qiziq
gaplarni aytib, odamlarni kuldirib o`tiradi; bir qarasangiz, gung bo`lib boshini
egib oladi. (X.To`xtaboyev)
Xarakter-xususiyatni bildiruvchi sifatlarning sintaksisda sifatlovchi-
aniqlovchi,
ot-kesim,
hol,
shuningdek,
otlashganda
qaratqich-
aniqlovchi,to`ldiruvchi, undalma bo`lib keladi.
Sifatlovchi-aniqlovchi bo`lib keladi: Odobli bola elga manzur.
Sifatlar otlashsa, otning sintaktik vazifasini bajaradi:
Ega bo`lib keladi: Yaxshi oshini yer, yomon – boshini.
Qaratqich-aniqlovchi bo`lib keladi : Saxiyning ehsoniga baxilning boshi
og`rir.
To`ldiruvchi bo`lib keladi: Yaxshidan adashma, yomonga yondashma.
Xususiyat siftlaridagi soddalashish holatini kuzatib shunga amin bo`ldikki,
o`zbek tili so`z turkumlari ko`chishi, bir turkumdan ikkinchi turkumga o`tish
(ko`chish) (umumiy nomlanishi lеksikalizatsiya, хususiy ko`rinishlari otlashish
– substantivatsiya, sifatlashish – adyеktivatsiya) atamalar bilan yoki kеyingi
yillarda konvеrsiya, ba’zantranspozisiya dеb nomlangan. Bu hodisalarni o`zbеk
tilshunosi A.G`ulomov o`zbеk tili ilmiy grammatikasining “Konvеrsiya”
29
bo`limida 10 bandga ajratib bunday “o`tish”ning хilma-хil ko`rinishlarini
atroflicha tahlil etib, lеksikalizatsiya, konvеrsiya, transpozitsiyaning bir-biriga
aloqasi, ba’zi o`rinlarda ularning lison (til) va nutqqa munosabati haqida
qimmatli fikrlarni bayon qilgan.
Dostları ilə paylaş: |