TEBRANMAS YURAKLAR Farishta bobo: Assalomu alaykum ey odamzod. Haqiqatni koʻrishga tayyormisiz. Hozir koʻradiganimiz oddiy bir haqiqatlar. Oʻzimni tanishtiray. Men umr farishtasiman. Tangri meni shunday yaratgan. Bu yerga oʻz vazifamni bajarish uchun keldim.
Bahodir: Assalomu alaykum ona tabiat. Assalomu alaykum onajonim. Assalomu alaykum otajon. Assalomu alaykum Bobojon. Sizni koʻrib boshim osmonlarga yetdi.
Farishta bobo: Va alaykum bolajonim.
Bahodir:Bilasizmi, men judayam xursandman. Men endi dunyoni koʻraman. Men quyoshni oyni yerni va eng yaxshisi onajonimni koʻraman.
Farishta bobo: Shoshilma bolam. Hammasiga ulgurasan. Hali 9 oy 9 kun kutasan.
Bahodir: 9 oy toʻqqiz kun?nega buncha uzoq. Axir men onajonimni tezroq koʻrishni, uning bagʻriga tezroq kirishni istayman ku. Bu ona tabiatni, hammasini koʻrishni istayman bobo.
Farishta bobo: Hammasini koʻrasan ey odam bolasi. Sabrli boʻl.
Davlat: Assalomu alaykum ona tabiat. Assalomu alaykum onajonim. Assalomu alaykum otajon. Assalomu alaykum Bobojon. Sizni koʻrib boshim osmonlarga yetdi.