Tebranmas yuraklar


Davlat: Otasining qilmishini deb bu qizning umri azobda oʻtishiga qarab turmaysiz-ku axir. Unga yordam bering bobo. Farishta bobo



Yüklə 28,08 Kb.
səhifə5/11
tarix13.05.2022
ölçüsü28,08 Kb.
#57887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tebranmas yuraklar ssenarey

Davlat: Otasining qilmishini deb bu qizning umri azobda oʻtishiga qarab turmaysiz-ku axir. Unga yordam bering bobo.

Farishta bobo: Bu qizga mening rahmim kelmaydi deb oʻylayapsizmi? Yoʻq, unday emas! Axir odamzodga o’z qo’llarim bilan jon kirg’izaman. Ularning onasi ham oʻzim. Bu tugʻilmagan boʻlsa-da, unga qattiq rahmim keladi. Qiynalaman. Onasi ham goʻdagining bu ahvoldaligini bilmaydi. Tugʻilganidan keyin chaqaloqni koʻrib qanchalik qiynalishini sezib turibman. U eng avval tangridan ranjiydi. Zorlanib, munchoq munchoq koʻzyoshlar toʻkadi.

Bahodir: Siz ham, biz ham yordam berolmasak, kim yordam beroladi bobo?!

Davlat: Agar kimdir yordam berolsa, mana bizlar borib oyogʻiga bosh uraylik.

Farishta bobo: Bolalarim, meni kechiring. Baʼzi insonlar bor, bolalarini koʻchaga tashlaydi. Ularning yetim boʻlishiga sababchi boʻladi. Baʼzilar bor, tirnoqqa zor. Qancha istasa ham, farzandli boʻlolmaydi.

Davlat: Men tugʻilganimda zoʻr oʻqituvchi boʻlaman. Ularni yaxshi ishlar qilishga, yomon illatlardan uzoq boʻlishga oʻrgataman bobo.

Bahodir: Men esa olim boʻlaman. Shunday kashfiyotlar qilamanki, shunda odamzod bunday illatlarga yaqin yoʻlamaydi. Dorilar oʻylab topaman. Har qanday kasallikni tuzatadigan kuchli olim boʻlaman.

Yüklə 28,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin