HAMSHIRA 2: Bu gapni sizga aytish ogʻir,operatsiya hali davom etyapdi. men onani saqlab qola olaman ,lekin Bolani olib tashlamasak, onadan ham boladan ham ajralib qolishimiz mumkin.
OTASI: Yoʻq,yoʻq doktor sizga oʻtinaman ,ularning ikkalasi ham men uchun aziz ,ularni ikkalasini ham saqlab qoling doktor ,sizga oʻtinaman doktor
HAMSHIRA 2: xudo xohlasa hammasi yaxshi boʻladi,qoʻlimizdan kelgancha harakat qilamiz ,
ONA: Jigarbandim, men seni jonimdan ham ortiq yaxshi koʻraman, men, men oldingda aybdorman, seni saqlab qolaman.
Bahodir: Onajon,onajon men ham sizni yaxshi koʻraman, yigʻlamang onajon,koʻz yoshlaringizni arting onajon,siz sogʻ boʻsangiz menga boshqa hech narsa kerak emas
ONA: Meni kechir bolam,
Bahodir: Onajon kechirim soʻramang ,men mingdan ming roziman,meni oʻylamang,oʻzingizni saqlab qoling,men sizni olislardan,bulutlar orasidan koʻrib turaman,
ONA: Jigarbandim, men seni qancha vaqtdan beri kutganimni bilasanmi?sening birinchi kulgingni, birinchi qadam tashlaganingni ,birinchi ona degan sozlaringni ,endi eshita olmay ketamanmi bolam ?
Bahodir:onajon unaqa demang, mening yuragimni tirnamang, jon kerak ekan men onam uchun oʻz jonimni berishga tayyorman, onajon siz hamisha yuragimda boʻlasiz, mening ukalarimni dunyoga keltirsangiz men u joylarda baxtli boʻlaman.
ONA: Jigarporam, men seni mangu yuragimda saqlayman,oʻzingni yolgʻiz sezsang qoʻlingni koʻkragingga qoʻysang men u joydagi jajji yuragingda boʻlaman,jon bolam qoʻrqma,bahodir bolam.
Bahodir: Ey tangrim, onajonimni omon saqlab qol!
ONA: ey tangrim bolajonimni omon saqlab qoling.
OTASI: rahmat, bolam, bolajonim,ayolim,ayolimni ahvoli qanday, u yaxshimi?