Axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 266,38 Kb.
səhifə1/2
tarix14.04.2023
ölçüsü266,38 Kb.
#97812
  1   2
2 topshiriq o’zbekistondagi dtm faolliyati va xorijdagi test mar




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


AMALIY ISH

Bajardi: Muhammadiyev Jamshid

O’qituvchi: Zaripova Dilnoza
2 TOPSHIRIQ



  1. O’zbekistondagi DTM faolliyati va xorijdagi test markazlarning tahlili.

Tushunchalar taxlili” metodi
1 –jadval. “Tushunchalar taxlili” metodi.

O’zbekistondagi DTM faolliyati?

So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini topshiruvchi abituriyentlar sonining oshib borishi yiliga o‘rtacha 10 foizni tashkil etmoqda. Xususan, 2016-yilda 663 ming, 2017-yilda 729 mingdan ortiq abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan. Tahlillarga ko‘ra, 2018-yilda oliy ta’lim muassasalariga 810 mingdan ortiq abituriyentlarning hujjat topshirishi kutilmoqda.
Abituriyentlar sonining keskin o‘sishi tegishli ravishda test sinovlari jarayoniga davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda jalb etilayotgan nazoratchilar soni va test materiallarini sifatli tayyorlash bilan bog‘liq ishlar hajmi ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Test sinovlari jarayoniga jalb etilayotgan ishtirokchilar soni va test materiallarini sifatli tayyorlash bilan bog‘liq ish hajmining ortib borishi tanlangan bino va auditoriyalarning jihozlanishi belgilangan talablarga javob bermasligiga, binolar oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan bosh shtabdan uzoq masofada va tarqoq joylashishiga olib keldi. Buning natijasida test sinovlarini nazorat qilish sifatining tushib ketishi, amaldagi tartibda test sinovlarini o‘tkazishda qator muammolar yuzaga kelishi kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bak
alavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son qarori bilan 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab kirish test sinovlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ularni katta sig‘imdagi binolarda videokuzatuvlar orqali keng jamoatchilikka onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyatini yaratgan holda o‘tkazish, test sinovlari natijalarini test o‘tkazilgan kunning ertasiga rasmiy veb-saytda e’lon qilish belgilandi.
Test sinovlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni sifatli, o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) vazifalari va funksiyalarini, tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishni, shuningdek, uning hududlardagi bo‘limlarini tashkil etishni taqozo etmoqda.
Davlat test markazining faoliyatini yanada takomillashtirish va unga yuklangan vazifalarning ijrosini yuqori darajada ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat test markazi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi yagona vakolatli davlat boshqaruvi organi deb hisoblansin.
2. Quyidagilar Davlat test markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
test sinovlarini tashkil etish, o‘tkazish, natijalarini tahlil etish va e’lon qilish;
test texnologiyalarini rivojlantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son)
Oldingi tahrirga qarang.
rahbar kadrlar hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevraldagi 52-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
3. Davlat test markazining markaziy apparati tuzilmasida Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi, Test sinovlarining kompyuter tahlili va axborotlashtirish boshqarmasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlari tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Yüklə 266,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin