Reja: 1 O‘quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli bajarishda qiyinchiliklar



Yüklə 24,07 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü24,07 Kb.
#100872
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi.


Mavzu: Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi.
Reja:
1 O‘quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli bajarishda qiyinchiliklar
2 Qiziqishlar va mayllarni hisobga olish
3 O`quvchining qadr-qimmatini joyiga qo`ying.

Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning uchun, avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim.


Mustaqil ish turlari, avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim maqsadiga yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining imkoniyati hisobga olinishi, yosh xususiyati, qiziqishlari ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. O‘quvchilarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni to‘la “eslab qolib” bajarishdir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir.
O‘quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvuri yorqin, so‘z boyligi yetarli emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘qituchi rahbarligida ishlaganda, tezroq mulohaza qiladilar. Bu holga o‘rganib qolmasliklari uchun ko‘proq ularning o‘zini mustaqil fikrlashga da’vat etish lozim. O‘quvchilar e’tiborini jalb etish maqsadida matndagi voqealarni eslatib: Nega shunday bo‘ldi? Seningcha qanday bo‘lishi kerak edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma’qullab, “yana o‘ylasang topasan”, “juda yaxshi”, “juda soz!” kabi rag’batlantiruvchi so‘zlarni ishlatish foydalidir.
Masalan, “O‘roq va Kombayn” mavzusi yuzasidan: O‘roq nega afsuslanadi? Kombayn unga nima dedi? Kabi savollar berib, har ikkisini solishtirish orqali texnikaning kuch-quvvatiga bolalar e’tibori tortiladi, har bir texnika asbobining hayotimizdagi ahamiyatini baholashga o‘rgatiladi.
Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun bo‘lsa, uning
qiziqishlari ortib, yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi. Mustaqil ish natijalarini hamisha tekrishish lozim. Tekshirish og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Bola yozishidan oldin o‘ylaydi, fikrini og’zaki jamlaydi, so‘ng uni yozishga kirishadi. O‘z fikrini bayon qilish, yo‘l qo‘yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritishga urinadi. Bu jarayon (og‘zaki) nutq asosida paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi. Masalan, o‘quvchi o‘z fikrini yozma ifodalashdan ilgari o‘ylaydi. Pichirlab allanimalar haqida o‘zicha gapiradi(pedagogikada bu aktiv faoliyat hisoblanadi). Insho yozishning dastlabki shakllari ana shunday ishlardan boshlanadi. Bola matnni o‘qib, og‘zaki tahlil qiladi, sarlavhalar o‘ylab topib, qanday rasmlar ishlash lozimligini rejalaydi.
O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim:
– beriladigan har bir topshiriq o‘quvchi imkoniyatlariga mos bo‘lsin va qiziqish uyg‘ota olsin;
– ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin, o‘quvchiga tushunarli bo‘lsin;
– ishni bajarishda bolalarda o‘ziga ishonch hissi uyg‘onsin, ishga kirishishda ular o‘zlarida dadillik sezsin;
– mustaqil bajariladigan topshiriqlar yakkama-yakka tarzda amalga oshirilsin(hamma o‘quvchi uchun bir xil topshiriq berish – mustaqil faoliyat emasligini eslatamiz), albatta bunda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchiga e’tibor berish kerak;
– topshiriqlar turini almashtirishga alohida
ahamiyat berish kerak;
– topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum vaqtda tugatishi kerakligini eslatib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalarni shu talabni bajarishga ko‘niktirish lozim;
– ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo‘lishi(parta ustida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi) kerak;
– topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;
– darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir. Bolalarga, iloji boricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga vazifalar berishda me’yorga amal qilish kerak. Bolalar darsdan(og‘ir, mashaqqatli mehnatdan) keyin tiniqib dam olsalar, ko‘proq ochiq havoda bo‘lib, harakatli o‘yinlar, sayr bilan vaqt o‘tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o‘zlashtirish yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun uy vazifalari oson bo‘lishi, asosan, bolalarni kuzatishga, xulosa chiqarishga undashi lozim.
Tan olish kerakki, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash ancha murakkab jarayon. O‘qituvchining pedagogik mahorati, zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanishi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uni samarali amalga oshirish mumkin. qo'rqitish uchun odatda ko'p misol qilib keltiriladigan "nikotindan o'lgan ot" sizga yordam bermaydi. Ammo siz o'quvchingizda musobaqada g'olib bo'lish, futbol jamoasiga qo'shilish yoki sinfdagi bir go'zal qizning nazariga tushish istagi borligini bilib qolsangiz, unga tushuntiringki, chekish bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga sabab bo'lishi mumkin.
Qiziqishlar va mayllarni hisobga oling. Tushunish - kechirish demakdir, degan hikmat bor. O'quvchini agar o'qituvchi tushunmasa, kim tushunadi? O'quvchilar orasida hech narsaga qiziqmaydigani bo'lmaydi. Bu allaqachon hammamiz uchun ma'lum bo'lgan aksioma bo'lsa ham, hamon biz o'quvchilar qiziqishlarini hisobga olishni o'rganmaganmiz.
O'qish-o'rganish va o'z-o'zini takomillashtirishning kuchli stimuliga nisbatan qiziqish uyg'otishning juda ko'p qo'shimcha vositalari borligini unutmaslik kerak. Shulardan biri bolalarning yorqin obrazlar, va formalarga bo'lgan qiziqishlariga asoslanadi. Intellekt hissiy kechinmalar ta'siriga tez tushib qoladi va o'quvchi unga ko'proq ta'sir ko'rsatib turgan xatti-harakatlarni bajarish uchun yo'l va bahona qidira boshlaydi. Qiyin vaziyatlarda shakldan mazmunga, his-tuyg'udan mantiqqa qarab borish kerak bo'ladi. Shunday yo'l tutsangiz bolalarni o'z maqsadlaringizga qiziqtirish imkoniyatingiz katta bo'ladi. O'z g'oyalaringizni dramalashtiring, - deb maslahat beradi D.Karnegi, - ularni samarali va yorqin shaklda etkazing.
O'quvchilaringizni qiziqtiradigan narsalar haqida gapirishga harakat qiling, to'g'rirog'i ishni shundan boshlang. Bolalarning qiziqishlari, fikrlari, baholariga nisbatan hurmat bilan qarang. Mayli, ko'proq bolalar gapirishsin. Ba'zi bir masalalarda sizda ma'lumotlar etishmasligidan cho'chimang, o'quvchilar bir muddat sizning "o'qituvchingiz"ga aylansalar ham mayli. Yodda tuting: sizning maqsadingiz -o'quvchilarning qiziqishlari yo'nalishini tarbiya va didaktik maqsadlarga tomon burish.
O'rtacha odamni butun dunyo bo'yicha o'z ismi boshqa barcha ismlardan ko'ra ko'proq qiziqtiradi. Biz har qancha ta'qiqlab qo'ymaylik, baribir bolalarning devorlarga, partalarga, daraxtlarga ismlar, laqablarni o'yib yozib qo'yganiga ko'zimiz tushadi. Bolalardagi bu kuchli istakni stimul o'rnida qo'llaymiz. Sinf doskasiga, plakatlarga katta-katta harflar bilan alohida ajralib turadigan bolalarning ismlarini yozinglar, deb topshiriq bersangiz, bolalarda sizning predmetingiz, shaxsingizga nisbatan qiziqish paydo bo'lishiga erishishingiz mumkin.
O`quvchining niyatini bilishga harakat qiling. Niyat ehtiyoj asosida paydo bo'ladi. Masalan, o'quvchi fermer bo'lishni niyat qildi deylik. U har kuni xo'jalikda biror bir ish qilishni niyat qiladi. U hamma narsani o'ylab qo'ygan, rejalashtirgan, hatto vaqt byudjetidan bir qismini shu ish uchun ajratgan. O'ylab ko'ring, agar qo'pol ravishda uning rejalarini buzib qo'ysangiz nima bo'ladi. Agar o'qituvchi o'z ishlarini belgilab qo'ygan bolaga rejalarini o'zgartirib yuboradigan topshiriq bersa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shunday - ikki yo'ldan birini tanlash vaziyatiga tushib qolgan o'quvchining xulq-atvorida keskin o'zgarishlar paydo bo'ladi.
O'quvchilarga o'z oldilariga qo'ygan niyatlariga erishishlari uchun yordam berish yo'lini qidiring. Gap shundaki, ko'pincha niyat vaziyatli motivlar ta'sirida vujudga keladi va o'quvchi bu niyatini amalga oshirishi uchun kuchi etish-etmasligi haqida o'ylab ham o'tirmaydi. Hayotda bunday voqealarni tez-tez uchratib turish mumkin. Masalan, o'quvchi onasining zorlanib yalinishlari, ko'z yoshlariga azbaroyi achinganidan o'z xulq-atvorini o'zgartirishga ahd qiladi. Ammo mavjud vaziyat, muhit uning imkoniyatlaridan ko'ra kuchliroq, o'ylagan niyatini amalga oshirish uchun uning kuchi etmaydi. Bergan va'dasining ustidan chiqmaganligi uchun uni ortiqcha tergamang. Yaxshisi uning ko'nglini ko'tarib, unga aniq va kuchi etadigan maqsadlar qo'yishga yordam bering. Agar maqsadlar murakkab va unga erishish uchun uzoq vaqt talab etiladigan bo'lsa, uni amalga oshirish uchun qanday qilib, sekin-asta harakat qilish lozimligini tushuntirib boring.
O`quvchining hurmatga sazovor bolish istagini rag`batlantiring. Hurmat-e'tibor qozonish istagi hamma odamda mavjud bo'ladi. Ko'pgina bolalar bilim uchun emas, balki e'tiborga tushish uchun o'qishga harakat qiladilar. Ularni yuqori darajadagi raqobat muhiti o'ziga tortadi. Agar bu stimul o'quvchi ongida ildiz otib, o'rnishib qolgan bo'lsa va ta'lim jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatsa, undan to'g'ri foydalanishga harakat qilish kerak.
"Odamlar nazariga tushish" dan umidini uzgan, o'z-o'ziga nisbatan past baho beradigan o'quvchilarga qanday qilib shu "kasallik"ni yuqtirish mumkin? Bu o'rinda turli xildagi hissiy-irodaviy sohalarga murojaat qilishga va turli xildagi nostandart qarorlar qabul qilishga to'g'ri keladi. Masalan, o'quvchiga "dushmanlarini o'ldirish"ga yordam bering. Ko'pgina odamlar o'zida mavjud bo'lgan qo'rquv va irodasizligi tufayli o'z imkoniyatlarini, layoqatlarini namoyish eta olmay qolib ketganliklarini o'quvchiga tushuntiring. Tish doktoriga borib qiynalgandan ko'ra, tishsiz qolgan osonroq emasmi?!
O'quvchini uni cho'chitadigan muhitda yolg'iz qoldirmang, toki u bunday vaziyatda yo'l topishni o'rganib olmaguncha. O'quvchi doska oldida javob berishga qo'rqsa, u bilan yakkama-yakka tarzda mashq qiling. Sizning vazifangiz - o'quvchida o'ziga ishonch hissini paydo qilishga yordam berish. Faqat shundan so'nggina u mustaqil ravishda "dushmanlar bilan jangga" kira olishi mumkin. Shuni unutmangki, xavotirlik darajasi yuqori bo'lgan o'quvchilarning 75% i yangi tanbehlaru kundalik daftardagi yozishmalarni emas, balki, aynan, sizning qo'llab-quvvatlashingizni kutib turadi.
O`quvchi xatti-harakatlari oqibatini ko>sating. Tadqiqotchi A.Gavrilova turli yoshdagi o'quvchilarga maxsus tuzilgan matnni o'qib, uni davom ettirishni topshiradi. Bu matnda bir bola o'ziga sovg'a sifatida berilgan kuchukcha o'zining oldingi xo'jayinini qo'msayotganligini sezib qoladi. Bu vaziyatda bolaning oldida ikki yo'l -kuchukchani o'z egasiga qaytarish yoki o'zida qoldirish shartidan birini tanlash turibdi. O'quvchilar matnni davom ettirib, bola bu kuchukchani oldingi egasiga qaytaradimi yoki o'zida qoldiradimi, shuni yozishlari kerak edi. Bu tajribada ishtirok etgan o'quvchilarning deyarli hammasi "bola kuchukchani ozida qoldirishi kerak", - deb yozishgan. O'quvchilarda qiyin ahvolda qolgan hayvonlargagina emas, hatto odamlarga nisbatan ham hamdardlik bildirish hissi yo'qligi aniqlangan.
Bu nimadan dalolat beradi? Axloqiy jihatdan noqislikni, hissizliknimi? Faqat bunigina emas. Bizning o'quvchilarimiz o'zini birovning o'rniga qo'yib ko'rish, uning kechinmalarini his etishga o'rganmaganlar. Ular o'z xatti-harakatlarining oqibatlari haqida o'ylab ko'rish, unga baho berishga odatlanmaganlar. Agar pedagog vaqtida va ishonarli ravishda o'z o'quvchilarining ko'zini ochib qo'ysa, u o'quvchi xulq-atvorini yaxshi tomonga o'zgartirishning qo'shimcha va samarali stimuliga ega bo'ladi.
Tajribali pedagoglardan biri bilan suhbatlashganimizda, u shunday dedi: "Men Olimjonga hech qanday bilim, malaka, ma'lumot talab etilmaydigan faoliyat turlari haqida bir nechta hayotiy misollar keltirishni taklif etdim. Agar shu topshiriqni bajara olsa, men unga oz predmetimdan ijobiy baho qo'yishga va'da berdim. Men uchun kutilmaganda Olimjon mening savolimga javob bera olmasligini aytdi. Demak, bizning o'zaro suhbatlarimiz unga ta'sir o'tkazibdi. U darslarda ancha yaxshi natijalar ko'rsata boshladi. Keyinchalik unga e'tibor qaratgan yagona kishi ekanligimni u tan oldi"
O`quvchining qadr-qimmatini joyiga qo`ying. O quvchida tashabbuskorlikni hamda unda bor bo'lgan barcha ijobiy fazilatlarni uning qadr-qimmatini joyiga qo'yish orqali rivojlantiring. Agar sharoit shuni talab qilsa, biroz yolg'on ishlatishdan ham qo'rqmang. Chunki aldash - bu kishiga aynan u o'zi haqida o'ylaganlarini gapirish demakdir. Siz ishlatgan bu beozor yolg'on tarbiyalanuvchida yangi kuch-g'ayrat oqimini paydo etishi mumkin.
Agar o'quvchilarning yutuqlariga chin dildan xursand bo'la olsangiz, ularni qadrlay olsangiz, albatta, juda yaxshi bo'ladi. Ammo pedagoglarimizning qo'l ostidagilar juda ko'pchilik bo'lganligidan, ba'zan ularning har biri uchun kerakli va betakror so'zni topib aytish qiyin bo'lib qoladi. Bu o'rinda aktyorlik qilishga to'g'ri keladi.
Ko'plab tadqiqotlar natijasida o'quvchilarning qadr-qimmatini joyiga qo'yish va mavjud imkoniyatlarini tan olishning beqiyos samara berishi isbotlangan. Nafaqat
bolalar, balki kattalar ham, ularning qadri-qimmati e'tirof etilishini yaxshi ko'rishadi. Insonlardagi ana shu zaiflikni e'tiborga olib, har doim ham tanqid qilishdan ko'ra maqtash afzalroq ekanligini e'tirof etiladi. Shuning uchun ham quruq xushomad qilishdan qochgan holda, kishidagi ijobiy jihatlarni tan olishga harakat qilish kerak. Shundagina tarbiyalanuvchingizda siz istagandek inson bo'lish imkoniyati ortadi. "Siz birovga avval o'zingiz olishni istagan narsani bering", - deb maslahat beradi D. Karnegi.
Ayniqsa, arzimas narsalarga yopishib olishdan, bo'lar-bo'lmasga tanbeh berishdan qochish kerak. O'quvchini tushunishga chin dildan harakat qiling, narsalarga uning ko'zi bilan qarang.
O`quvchiningyutuqlarini ma'qullang. "Obrazli qilib aytganda, yaxshi bajarilgan ish uchun bolaning elkasidan qoqib qo'yish, uni sidqi dildan mehanatni davom ettirishga stimullashtiradi", - deydi amerikalik pedagog A. Dreer. Ma'qullovchi so'z, imo-ishora, xatti-harakatlarni faqat eng yaxshi o'quvchilarga emas, balki o'quv mehnatida o'z shijoatini namoish eta olgan barcha o'quvchiga nisbatan yo'llash talab etiladi. Shunday holatlar ham bo'lganki, o'qituvchining past o'zlashtiruvchi o'quvchiga bergan oqilona ma'qullovchi bahosi juda katta ijobiy ta'sir o'tkazgan. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ijodkorlikka yo'llovchi asosiy motiv - bu kishining o'z faoliyati natijasini yaxshilashga qaratilgan xatti-harakatidir. Bu holat xuddi kishining o'zi bilan o'zi musobaqalashib, oldin erishgan natijasidan yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun tirishishiga, paydo bo'lgan muammoni nihoyatda ajoyib yo'llar bilan hal etishga urinishiga o'xshaydi.
Muvaffaqiyatga intilish istagining kuchliligi ba'zan boshqa maqsadlarni to'sib qo'yadi va ular erishish qiyin bo'lgan g'oyaga aylanadi. Kompyuter xakerlari (kompyuterning oldida juda ko'p vaqtini o'tkazadigan yoshlar) - boshqa barcha ishtiyoqlarni so'ndiradigan xatti-harakat bo'lib, undan bolani boshqa mashg'ulotga e'tiborini qaratish maqsadida foydalanish mumkin.
Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin