10
boshqa so`z turkumlariga ham xosdir. Masalan, ot ham matnda (bog`li
qurshovda) sifat kabi belgi ifodalashi mumkin: shakar qiz, oltin soat, zilol suv va
hokazo. Ayrim sifat xarakteridagi olmoshlar ham sifat kabi belgi ifodalsh
imkoniga ega: hamma o`quvchi, barcha xalq, hech bir inson kabi. Ravish belgi
bildirishiga ko`ra sifat bilan mushtaraklik hosil qiladi, ya’ni ravish ham
sifatlardek predmet belgisini ifodalab keladi:
mardona jang, do`stona
uchrashuv, beto`xtov harakat va hokazo.
Sifat so`z turkumining o`ziga xos lingvistik xususiyatlaridan biri uning
polesemantik xususiyatidir. Polesemantika bu –formal tilshunoslikda bir
ma’noli va ko`p ma’noli so`zni farqlaganligi kabi nazariy leksikologiyada bir
sememali va ko`p sememali leksema farqlanadi. Nutqda qo`llangan so`z har
doim bir ma’noli. Chunki, so`z leksemaning bir martalik ko`rinishi bo`lib, u
leksemaga zid ravishda betakrorlik tabiatiga ega.
Leksema bir tushunchani ifodalasa, u bir sememali leksema deyiladi.
Masalan, kichik leksemasi bir tushunchani ifodalaydi va shu sababli bir
sememali leksema hisoblanadi. Ammo nutqda leksema ko`chma qo`llanishda
har xil tushunchalarni ifodalayverishi mumkin. Lekin ma’no
va tushuncha
orasidagi munosabat ijtimoiy shartlanganlik va barqarorlik kasb etmasa,
leksemaning ko`p sememaliligi haqida hukm chiqarib bo`lmaydi. Jamiyat
taraqqiy etishi bilan nutqiy hosila ma’no vaqtincha ifodalagan tushunchasi bilan
doimiy aloqadorlik kasb etib, bora-bora barqarorlashib boradi va hosila nutqiy
ma’no lisoniylashadi. Natijada bir sememali leksema
birdan ortiq sememali
leksemalarga aylanib boradi.
Nutqimizda shunday so`zlar borki, tadrijiy taraqqiyot davomida o`zida
sifatlovchilik xususiyatini singdira borgan. Bu holni, ya’ni bir turkumga oid
so`zning boshqa turkum xususiyatlarini o`zida paydo etishini anologiya hodisasi
sifatida belgilaydilar[8]. Bu esa yondosh turkum so`zlari orasida ko`p
kuzatiladi. Ot turkumiga oid bir qator so`zlar, sifat turkumiga oid so`zlar bilan
yonma-yon “yashashi” natijasida sifatlik xususiyatlariga ham ega bo`lganligiga
guvoh bo`lamiz. Jumladan, asal, shakar kabilarni bunga misol qilish mumkin.
11
Bu kabi so`zlardagi maza-ta’m belgisi ushbu so`zlarning
sifatlar sari siljishiga
ham zamin yaratgan. Bir guruh sifatlar borki, ularning umumiy ma’nosi asosida
kishi ismlari yuzaga kelgan. Sifat asosida hosil bo`lgan atoqli otlarning ma’no
ifodasi bo`yicha aytilgan fikrlar fanda munozaralidir.
Sifat asosida paydo bo`lgan kishi ismlarini quyidagi guruhlarga bo`lib
tadqiq etish mumkin:
1.
Xususiyat sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Abay, Kuzan,
Bayri, Chevar, Bakir, Daler, Chaqqon, O`ktam, O`tkir;
2.
Holat sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Uljon, To`qboy,
Toshbotir, So`lim, Suyarbek, Olqinboy, Yorqin, Yolqin, Bo`kay, Gajir, Bayan,
Barlos, Bayna, Bayot, Abjir, Barchin, Bokira;
3.
Rang-tus asosida shakllangan atoqli otlar: Qorajon, Oqqiz,
Sari(sariq sochli), Sariboy, Qoraqiz, Yashil, Qoracha, Ko`kqiz;
4.
Shakl - ko`rinish asosida shakllangan atoqli otlar: Do`mbaqoy,
Oyday, Oydona, Oycha;
5.
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar asosida shakllangan atoqli otlar:
Chuchuk, Shirin, Laziz, Bolbibi, Bolqiz, Totli;
6.
Hajm-o`lchov sifatlari asosida shakllangan atoqli otlar: Kattabek,
Uzoq, Uzun, Mitti, Mittigul, Ortiq va b.
Bu qatorni yana davom ettirishimiz mumkin. Ko`rinadi, so`z ma’no
imkoniyati grammatikani belgilashda ham o`ziga xos o`rin tutadi. Xulosa qilib
shuni aytish lozim ko`rdikki, tilshunoslikda
alohida ahamiyat kasb etgan
polesemantika sifatlarda ko`p uchraydigan hodisasi bo`lib, nutqimiz boyligiga
o`z hissasini qo`shib kelgan.
Sifatlar o`ziga xos quyidagi morfologik xususiyatlarga ega:
Dostları ilə paylaş: