hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyotidagi
eng noyob va mukammal boyligidir. Tilda xalqning taqdiri, yashash tarzi,
ma`naviy boyligi aks etadi. Til millat ruhining betakror va hech zamonda xira
tortmas ko`zgusidir. Har bir tilda shu til egasi bo`lgan millatning saviyasi,
ruhiyati yorqin ifodasini topadi. Shu sababli har bir xalq ona tilining sofligi,
kamoloti va rivoji uchun tinmay qayg`uradi. Prezidentimiz bu borada shunday
deydi: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining
betakror jozibasi bilan singadi…Ona tili bu millatning ruhidir. O`z tilini
yo`qotgan har qanday millat, o`zligidan judo bo`lishi muqarrar”[2].
Hozirgi davr o`zbek tilshunosligi o`z tadqiqotchilaridan ko`pgina
yangiliklarni, ilmiy izlanishlarni, zamon bilan hamnafas bo`lishi uchun ezgu
ishlarni kutyapti. Bunga javoban o`zbek tilshunosligida aniqlangan lisoniy
umumiyliklarni nutqiy voqelanishini tekshirishga, undan amaliy foydalanish
samaradorligini oshirish, qo`llanish doirasini kengaytirish muammolari bilan
shug`ullanishga qiziqish kundan-kunga oshib boryapti.
Grammatikaning ajralmas bir qismi bo`lgan o`zbek tili morfologiyasida
boshqa so`z turkumlari qatori sifat ham katta o`rin egallaydi. Sifat o`zbek tilida
o`zining leksik-grammatik xususiyatlariga ko`ra mustaqil so`z turkumi sifatida
ajratilgan. Sifat so`z turkumining ko`p qirralari bo`yicha bir qator ishlar amalga
oshirilgan
[26;46;50;45;56;58;59].
Ammo
sifatning
leksik-semantik
xususiyatlari haqidagi fikrlarni yetarli deb bo`lmaydi. Qolaversa, sifat
leksemalarni tadqiq etishda zamonaviy tilshunoslikdagi eng ilg`or metodlardan,
xususan, semantik- uslubiy izoh, komponent tahlil, qiyosiy- statistik tahlil
6
metodlaridan foydalanish oqsamoqda . Bu kabi holatlar mavzuning dolzarbligini
belgilaydi.