O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Muammoning o`rganilganlik darajasi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/37
tarix21.12.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#77120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
hozirgi ozbek adabiy tilida sifatlarning semantik- funktsional xususiyatlari (1)

Muammoning o`rganilganlik darajasi. Sifatlarning semantik-uslubiy 
xususiyatlari A.G`ulomov, Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev, R.Qo`ng`irov,
M. Sodiqova, B.O`rinboyev, S.Karimov, B.Yo`ldoshev, B.Yoriyev, 
Z.Pardayev 
kabi 
olimlarning 
tadqiqotlarida 
o`rganilgani 
kuzatiladi[22;26;28;31;33;50]. Biz yuqoridagi ishlarga tayangan holda ish 
ko`rdik. 
Tadqiqotning ilmiy-tadqiqot rejalari bilan bog`liqligi. Dissertatsiya
mavzusi BuxDU Ilmiy kengashining 2012 yil 26-noyabr majlisi (4-sonli 
bayonnoma)da tasdiqlangan. Tadqiqot BuxDU “O`zbek filologiyasi” 
kafedrasida o`rganilayotgan “O`zbek tilining struktur tadqiqi” istiqbolli rejasi 
asosida amalga oshirilgan. 
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Sifatning ma’no jihatidan turlarini 
semantik-funksional xususiyatlarini ochib berish.
Yuqoridagi maqsadni amalga oshishi quyidagi vazifalarni hal etishga 
bog`liq:
– o`zbek tilida sifat so`z turkumi va uning lingvistik tabiatiga 
munosabat bildirish; 
– sifat leksemalarining ma’no ko`chish sabablarini o`rganish va 
izohlash; 
– sifatda kuzatiladigan konversiya hodisasini sharhlash; 
– o`zbek tilidagi sifatlarning semantik-funksional xususiyatlarini ochib 
berish, matndagi imkoniyatlarini sharhlash. 
Tadqiqotning obyekti. Tadqiqotimizning obyekti sifatida o`zbek
yozuvchi va shoirlarining asarlari, matbuot materiallari, shuningdek, besh 
tomlik “O`zbek tilining izohli lug`ati”, “O`zbek tilining etimologik lug`ati” kabi 
manbalardan to`plangan faktik dalillar xizmat qiladi.
Tadqiqotning predmeti. Hozirgi o`zbek tilida sifatlarning semantik- 
funksional xususiyatlari.



Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. Tadqiqotning 
metodologik asosini dialektik metod, ya’ni tadqiq jarayonida umumiylik va 
xususiylik, sabab-oqibat dialektikasiga tayanish, umumiylikning butunligi va 
ichki ziddiyatligi, voqea (hodisa)larning esa mazmunan, shaklan behad rang-
barangligi, lekin mohiyatan bir xilligi kabi tamoyillar tashkil etadi. Bunday 
yondashishda tilshunoslikning tavsifiy, qiyosiy-tarixiy tahlil usullaridan keng 
foydalanildi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin