ulg‘aygani sayin uning Vatan haqidagi tasavvuri ham kengaya boradi. Avvalo
uy, so‘ngra mahalla, qishloq yoki shahar hamda butun mamlakat Vatan ekani asta-
sekin anglab olinadi.
Kurrai Zamin- yer sayyorasi butun jumlai jahonda yashayotgan olti
milliarddan ziyod xalqlar uchun Vatan hisoblansa, har bir halq uchun taqdiran va
tarixan ato etilgan xudud ona- Vatandir. Vatan bilan xalq yoki millat birga paydo
bo‘ladi, birga yashaydi. Ularni ajratilgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Vatanimiz
bor
ekan- xalqimiz bor, xalqimiz borki, vatanimiz bor. Vatanni avaylab asrash,
uning oyligini ezozlash har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lgani kabi kurrai
Zamin-Er sayyoramizni ham avaylab asrashga, uning barcha boyligini: tabiati,
o‘simlik va hayvonot dunyosi, musaffo osmonini va boshqalarni kelgusi avlodlarga
qoldirish unda yashayotgan har bir xalqning muqaddas burchi.
“Vatan” – buyuk va muqaddas tushuncha. Uni qanchalik ta’riflasak,
tarannum etsak ham kam. Inson inson bo‘libdiki, bu so‘zning ma’nosini
tushunishga intiladi. Buyuk ajdodlarimiz merosiga murojaat qilish, ular
ijodini o‘rganish bu muqaddas tushunchaning mazmunini yanada teranroq
anglashga yordam beradi. Inson ulg‘aygan sari,
uning Vatan haqidagi
tushunchasi
ham
tobora
kengayib
boraveradi.
Darhaqiqat,
«Vatan»
tushunchasining qamrovi Vatandek kengligi haqida olimlarimiz ko‘plab
asarlar yozganlar
9
.
Vatan- bu halqning o‘tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan-muqaddas
qadriyat.
U
insonning
kindik
qoni
to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy
etimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot
maktabi, farovonlik va baxt-saodat o‘chog‘idir
10
.
Vatanga mehr-muhabbatli bo‘lish – g‘oyat chidam, g‘oyat
yuksak ong
talab etuvchi o‘ziga xos ilm va buni egallash ham beshikdan boshlanmog‘i
9
Ochildiyev A. Vatanparvarlik. – T.: “Ma’naviyat”, 2008. –B.25.
10
Otamurodov S.O. Abduraxmonov M. Xusanov S. Ma’naviyat asoslari. –T.: “Moliya”,
2008. –B.222.
va oqibat so‘nggi nafasga qadar davom etmog‘i joiz. Vatanparvarlik Vatanni
sevmoqlikni anglatsa, bu ilmni egallagan kishi Vatanga jonini atagan komil
inson martabasiga yetgan bo‘ladi. Vatandan olganimiz – qarzdir, qarzni esa
qaytarmoq farzdir. Biz har birimiz Vatanni sevamiz, chunki Vatan – biz
nafas olayotgan havodir
11
.
Vatan xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi mujassamlashgan yurtdir.
Qanchalik go‘zal va obod bo‘lmasin, begona yurt Vatan bo‘la olmaydi.
Vatan
mehrini,
vatan
sehrini,
uning
mo‘tabarligiyu
ulug‘vorligini
so‘z
bilan ifodalash qiyin. Har bir barkamol inson vatan kamoloti va istiqboli, el-
yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham
ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mening bitta hayotim bor,
bordiyu
mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan
bo‘lur edim, deb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bebaho o‘gitdir.
Xullas, mustaqillik ma’naviyati Vatanga muhabbatdan, millat manfaatlariga
sadoqatdan boshlanadi, har bir shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini Vatan
manfaati yo‘lida unumli sarflashida namoyon bo‘ladi. Unda milliyma’naviy
merosdan
bahramandlikka
intilish
umumbashariy
qadriyatlarni
tan
olish, o‘zga
millatlar madaniyati, o‘zga mintaqa va o‘lkalarda erishilgan
ilg‘or tajribalarni ijodiy o‘zlashtirish ishtiyoqi bilan uyg‘unlikda kamol
topadi. Bir so‘z bilan aytganda, haqiqiy imon Vatanga mehrdan, Vatan va
millat, mamlakat va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat hissidan boshlanadi.
11
Tohir Malik. Tanlangan asarlar: Eng kichik jinoyat. T.7. –T.: “Sharq”, 2008. –B.198.