daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy
immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi
14
.
Alisher Navoiy shahzoda Badiuzzamonga yozgan maktublaridan birida
maqsad xususida shunday ibratli fikrlarini bayon etgan: “Odamning murod-
maqsadi bo‘lmasa, balolardan omon qolmaydi. Ammo har kishining murodu
ko‘proq bo‘lsa, haq-taolo amriga itoati ko‘proq bo‘ladi”
15
. Vatani bor odamning
g‘ururiftixori yuksak, maqsad-muddaosi aniq bo‘ladi. Vatani – tog‘dek
tayanchi
borligini his etgan inson har qanday sinovga, har qanday mashaqqatga doimo
tayyor turadi. Shiroq, To‘maris, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik,
Amir Temur kabi xalq qahramonlarining jasorati, dushmanga qarshi kurash, Vatan
ozodligi yo‘lidagi mardligi va jonbozligi buning yorqin tasdig‘idir. Mustaqillik
tufayli xalqimiz o‘zining haqiqiy tarixi haqida gapirish huquqiga ega bo‘ldi, Vatan
ozodligiga erishdi.
Vatan tuyg‘usi bo‘lgan kishida vatanparvarlik jo‘sh uradi. Vatanparvarlik
deganda esa, yana quyidagilarni anglash joiz:
– o‘z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish;
–
qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy
meroslarni ko‘z qorachig‘iday asrash va avlodlarga taqdim etish;
– xalqimizning, ajdodlarimizning go‘zal va ma’noli urf-odatlari, rasmrusum va
udumlarini
qadrlay
bilish,
ularni
davom
ettirish;
– ajoyib vatandoshlar – ajdodlar nomi, ularning ulug‘ ishlari, ijodlari
bilan
faxrlanish, ularning ishlarini davom ettirish, ularga munosib voris
bo‘lish;
– shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga
mansubligi bilan faxrlanish;
14
www.lex.uz
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni
yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, № PQ-
3160, 28 iyul 2017 yil
15
Alisher Navoiy. Asarlar. 13-jild. – T.: “Sharq”, 1996. – B.126.
–
Turonzaminni
himoya
qilib,
tomirida
oxirgi
qoni
qolguncha
dushmanga
qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan
qahramonlar nomini yod etish;
– o‘tgan asrning yigirmanchi, o‘ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat
saksoninchi yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag‘onlarda
qamoq
va
surgun
azoblarini
boshidan
kechirgan
va
halok
bo‘lgan
minglab
millatimiz
gullarini
unutmaslik;
– bu aziz va go‘zal Vatanimizda yuksak e’tiqod bilan yashash, unga
hamisha sadoqatli bo‘lishdir
16
.
Vatanparvarlik hammamizning o‘z ishimizga mas’uliyat bilan qarash, uning
boyliklarini ko‘z qorachig‘iday asrash, boyliklariga o‘z ulushimizni qo‘shish, ilm-
fan cho‘qqilari sari intilish kabi harakatlardir. Vatanparvarlik bir so‘z bilan
aytganda, o‘z
ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-
qudratiga, gullab-yashnashiga imkon darajasida hissa qo‘shish. Ona yurtimizda
tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning
belgisidir.
Bugungi
kunda
yurtimizda
mustaqillikni
mustahkamlash,
yurt
taraqqiyotini ta’minlash uchun qahramon ajdodlarimiz jasoratidan kam
bo‘lmagan jasorat, mardlik va shijoat talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: