O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

to‘rtinchi bosqichi 2000-yildan
boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu davrda xususiy turistik 
tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga 
asos qo‘yildi (Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, 
Transportchilar assotsiatsiyasi) va «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining bir 
qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borildi. Bu o‘lkamiz turizm 
xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarning yanada tezroq sur’atlarda 
rivojlantirishga yordam berdi. 
O‘zbekiston Respublikasining bu davrdagi amalga oshirilgan o‘lkan ishlarini 
hisobga olib, Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri 
– Ta’lim, Fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) 
Toshkentni 2007-yilda Xalqaro islom madaniyati markazi deb e’lon qildi. 
O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini 
asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday 
yuksak va faxrli unvonga sazavor bo‘ldi. 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 1993-yilda mamlakatimizda bor yo‘g‘i 4 
ta xususiy turistik firma bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda turizm xizmatlarining 
nodavlat sektorida 800 ta turistik firma va mehmonxona, shu jumladan umumiy 
sig‘imi 30 ming joydan iborat 500 ta mehmonxona va 300 ga yaqin turoperator va 
turagentlar faoliyat olib bormoqdalar.
32
32
Turizm istiqbollari. // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.№ 1. 2014. -11.b. 


71 
O‘zbekistondagi turizm sohasining 2006–2014-yillar davomidagi rivojlanish 
dinamikasini O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining statistik ma’lumotlari
ko‘rsatmoqda (6.2-jadval va 6.2-rasm).
Jadval va rasmlar ma’lumotlari bo‘yicha O‘zbekistondagi turizm sohasi 
muntazam ravishda o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston fuqarolarning chet 
elga chiqishlari 2014-yilda 2006-yilga nisbatan 7,5 marta ko’payganligini 
yuqoridagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkin.
6.2-jadval 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin