68
O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishni shartli ravishda to‘rtta
bosqichga ajratsak bo‘ladi.
Birinchi
bosqich.
Mustaqillikka
erishgach,
1991-yildan
keyin
O‘zbekistonning turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi. Aynan shu davrda
Respublika o‘zining iqtisodiy mustaqilligini va mustaqil
ravishda tashqi dunyo
bozorlariga chiqishini e’lon qildi. Shu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy
faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi asos
yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni
yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish,
sohaga xizmat
qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm
tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm
mahsulotini
reklama
qilish,
xususiylashtirilgan
turistik
korxonalarni
litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.
Mustaqillikdan keyin,
turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi:
birinchi jarayon: eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga
uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat
turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi;
ikkinchi jarayon: turoperator va turagent
sifatida nomlangan yangi
tashkilotlar tuzildi;
uchinchi jarayon: eski turistik korxonalarni qayta qurish yo‘li bilan
O‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab
chiqish yo‘lga qo‘yildi.
1992-yilda Respublikada «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi
va turizm sohasida
bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda
muvofiqlashtirish
funksiyalarini
amalga
oshira
boshladi.
1993-yilda
«O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy
a’zo bo‘lib kirdi. Bu jarayon o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda
O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand
shahrida Buyuk Ipak
yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand
Deklaratsiyasi qabul qilindi.
Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik
korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur
tizimli – institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda
juda katta ahamiyat kasb
etdi. 1994–1995-yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasining 87,8
foiz turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarilgan edi.
Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan
rivojlantirdi. 1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj
69
oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar»
to‘g‘risidagi
Farmoni
31
Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida
strategik ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizm sohasidagi islohotlarning
ikkinchi
Dostları ilə paylaş: