O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

Chiquvchi turizm – O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan 
fuqarolarning o‘zga mamlakatlarga qilgan sayohati. 
Tarixiy obidalar turizmi –Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent 
shaharlaridagi va respublikamiz tumanlaridagi tarixiy obidalarni ko‘rishga qiziqish. 
Arxeologik turizm – Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa shaharlarning 
qoldiqlari, qadimiy qal’alar harobalari, ko‘hna qadimiy Markaziy Osiyo xalqlari 
hayoti haqidagi arxeologik topilmalarni o‘rganish. 
Rekreatsion turizm – (recreacia-tiklanish ma’nosida) dam olish maqsadidagi, 
turizm sifatida o‘z tarkibida sog‘lomlashtirish va jismoniy tiklanish maqsadlarini 
ham tashkil etadi. Rekreatsion turizm qator davlatlar uchun turizmning ommaviy 
shakli bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek, sog‘lomlashtirish va davolash maqsadlarida 
qilinadigan turizm – health and fitnes tour or resort tour. Spa yoki health spa – 
sanatoriylar, kurortlar, pansionatlar sog‘lomlashtiruvchi – davolovchi tashkilotlar,
kurort zonalarida, shifobaxsh suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar yordamida 
(shifobaxsh 
mineral 
suvli 
kurortlarda) 
olib 
boriladi. 
Turistik 
sohaga 
ixtisoslashtirilgan sog‘lomlashtirish maqsadlariga qarab, dam olish maskanlarida 
mineral suvlarni ichish yoki mineralli va oltingugurt vodorodli vannalar qabul qilish 
imkoniyatlari belgilanadi. Bunga misol tariqasida chet el shifobaxsh suvli
kurortlaridan – Rossiyadagi Kavkazda joylashgan Kislovodsk, Jeleznovodsk, 
Pyategorsk, Yesentuki; Vishi, Vittel va Eks-le-Ben (Fransiya); Bad-Naukeym, 
Visbaden va Baden-Baden (Germaniya); Karlava Vari (Chexiya); Spa (Belgiya); 
Bat va Bakston (Buyuk Britaniya); Bursa (Turkiya); Atami (Yaponiya) termal 
buloqlarining kattagina qismini keltirish mumkin. 
O‘zbekistonda ham uning boy tabiati va iqlimidan kelib chiqqan holda, 
Farg‘ona vodiysida joylashgan «Chortoq», «Shohimardon», «Arslonbob», 
«Oltiariq», «Chimyon», Samarqand viloyatida joylashgan «Abu Ali Ibn Sino», 
Buxorodagi «Sitorai Mohi-Xosa» va Toshkent viloyatida joylashgan «Chinobod» 


65 
hamda «Turon» kabi mineral suv bilan davolash dam olish imkoniyatiga ega 
bo‘lgan sanatoriylar, dam olish oromgohlari mavjud.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin