O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti xidirova g. R., Raxmatullayeva f. M



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/79
tarix02.02.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#82284
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79
mintaqaviy kitob pdf

1 ta kiruvchi turist 1 ta chiquvchi turist 4 ta ichki turist.
Ushbu nisbatning O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga 
ko‘ra, har bitta kiruvchi turistga 2,3 ta chiquvchi turist to‘g‘ri kelib, shularga 
nisbatan ichki turistlar soni 0,3 tani tashkil etmoqda. 
1 ta kiruvchi turist  2,3 ta chiquvchi turist – 0,3 ta ichki turist. 
BTT tavsiyalari asosida O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijasiga ko‘ra chiquvchi turistlar sonining kiruvchi turistlarga nisbatan 1,3 ta 
kishiga ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Bu vaziyat O‘zbekiston fuqarolarining oilaviy 
byudjetidan bevosita turistik maqsadlarga ajratilgan qismi ortib borayotganligini 
ifodalaydi. Bu o‘z navbatida ijobiy ko‘rsatkich bo‘lishi bilan birgalikda uning salbiy 
oqibatlari ham mavjud bo‘lib, Respublikadan chet el valyutasining chiqib ketishiga 
ham sabab bo‘lmoqda. Yuqoridagi BTTning nisbatiga ko‘ra ichki turizm 4 ta 
kishiga ega bo‘lishi kerak edi, ammo O‘zbekiston sharoitida bu ko‘rsatkich 0,3 ta 


64 
kishini tashkil qilib, ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanish yetarli darajada 
emasligini ko‘rsatmoqda.
Ichki 
turizm – O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan 
fuqаrоlarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati. Ichki turizm davlat 
chegaralarini kesib o‘tish bilan va turistik rasmiyatchilik bilan bog‘liq emas. Milliy 
valyuta, til, hujjatlar oldingidek o‘zgarmasdan qoladi. Dunyodagi safarlarning 80-
90 foizi ichki turizm ulushiga to‘g‘ri keladi. Unga qilinadigan harajatlar xalqaro 
turizm harajatlaridan 5-7 barobar kam bo‘ladi. Ayniqsa, turizmning bu turi AQSH, 
Fransiya, Angliyada ommabop hisoblanadi. 
Kiruvchi turizm – O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan 
fuqarolarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab qiladigan sayohati.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin