O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 92,26 Kb.
səhifə18/27
tarix13.02.2023
ölçüsü92,26 Kb.
#84068
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi ikkinchi bosqich magis

2022- yil 14- aprel
Dastlab o’zimga biriktirilgan 11-1 fra 19 guruhiga bordim. Talabalar bilan suhbatlashdim, auditoriyaning darsga tayyorgarlik holatini ko’zdan kechirdim.
Undan so’ng kafedraga qaytdim va o’z ustimda ishlashga qaror qildim. “Xorijiy til darslarida ko’proq talabalarning og’zaki nutqiga e’tibor berish uchun yana nimalar qilish kerak? degan savol ustida izlandim. Bu uchun ma’lum bir mavzuga oid matndagi yangi so’z va iboralarni shunchaki yodlatish emas, balki ularni izohlari va sinonimlari bilan o’rgatish tilning rivojlanishi uchun anchayin samarali bo’lishi xususida o’yladim va navbatdagi darsim uchun aynan mana shu usulni qo’llashga qaror qildim va shu bo’yicha materiallar tayyorlashga kirishdim.
Kursdoshlarim bilan kafedraga qo’shni bo’lgan xonaga o’tdik va amaliyot hujjatlarimiz borasida fikr almashdik, kamchiliklarni bartaraf etdik.
Shu zaylda bugungi kunimiz yakun topdi.
2022- yil 15- aprel
Bugun ham soat 11.00 da kafedraga keldim va juma kuni bo’lganligi bois 11-1 fra 19 guruhi rahbari N.Nurillayeadan axborot soati mavzusini oldim. O’qituvchi bilan birgalikda talabalar kelguniga qadar mavzu bilan tanishib chiqdik. Dars boshlanganida o’quv xonasiga kirdik va birgalikda “Axborot va murabbiylik soati” ni o’tdik. “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” tomonidan taqdim etilgan materiallar yuzasidan har bir talaba o’z fikrini bayon etdi. Kelajakdagi niyatlari – komil, o’qimishli inson bo’lib yetishish va elga xizmat ko’rsatish ularning orzularidan biri ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Hozirgi kunda muhtaram prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan e’tibori har bir talaba uchun ajoyib imkoniyat ekanligini his qilishlari xususida ham to’xtalishdi.
Axborot soati mashg’ulotidan keyin kafedraga bordim hamda kursdoshlarimiz bilan birgalikda o’qituvchi M.Jo’rayevadan “moodle” platformasida darslarini qanday o’tishlarini so’radik. O’qituvchi o’z bilganlarini biz bilan o’rtoqlashdi.
So’ng 3-smena 2- juftlikdagi menga biriktirilgan 11-1fra-19 hamda 11-3fra-19 guruhlariga TO”MA fanidan ma’ruza mashg’ulotini olib bordim. Bunda menga ilmiy hamda pedagogic amaliyot rahbarim N.B.Kuldasheva yaqindan yordam berdilar.
Kelayotgan dushanba kunida dastlabki himoyamiz bo’lishi sababli MD ishim bo’yicha ilmiy rahbarimdan xulosa, ichki va tashqi taqrizlar olish bilan shug’ullandim. Shu bilan bugungi ishlarim ham yakunlandi.

Yüklə 92,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin