O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti barnoyeva Gulmira Valiyevna


-jadval.Ro‘yxatda turgan kasalliklarni qanchasi olamdan o‘tgan va davolanayotganlarning o‘zgarish dinamikasi



Yüklə 285,26 Kb.
səhifə11/17
tarix17.05.2023
ölçüsü285,26 Kb.
#115070
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Buxoro davlat universiteti

2.2-jadval.Ro‘yxatda turgan kasalliklarni qanchasi olamdan o‘tgan va davolanayotganlarning o‘zgarish dinamikasi4




2011 yil

2012 yil

2013 yil

2014 yil

  1. Olamdan o‘tganlar soni

65793

696963

71200

74181

  1. Davolanganlar soni

4615810

4675425

4816891

4741297



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat va shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Jumladan, qisqa fursatda barcha tibbiyot muassasalari elektron hujjat aylanish tizimini joriy qilish maqsadida Sog‘liqni saqlash Vazirligi “Uzmedinfo” tashkiloti tomonidan tashkil qilingan korporativ tarmoq hamda elektron pochtaga ulandi. Ma’muriyat xodimlariga ajratilgan kompyuterlarto‘liq mahalliy (lokal) tarmoqdan foydalanib kelmoqda.
2012 yilning oktyabr oyida e-hujjat elektron hujjat aylanish tizimi tashkil qilindi. Natijada, boshqarmaga qarashli viloyat va shahar shifoxonalari, dispanserlar, markazlar, jami 30 ta foydalanuvchi uchun elektron raqamli imzo kaliti ro‘yxatdan o‘tkazildi. SHaxar va viloyat hokimligi hamda tashkilotlar o‘rtasida DocFIow va E-XAT elektron hujjat almashuv tizimlaridan bugun keng foydalanilayapti. Davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari va ishchi-xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “UzMedInfo” tashkiloti tomonidan tashkil qilinayotgan o‘quv kurslarida malaka oshirib kelmoqdalar.
Bugungi kunda O‘zbekiston tibbiyot portali www.med.uz ishga tushirilgan bo‘lib, unda Sog‘liqni saqlash vazirligi tashkiliy tuzilmasi, unga bo‘ysinuvchi tashkilotlar, sog‘liqni saqlash Vazirligiga oid me’yoriy xuquqiy normatiq xujjatlar, onlayn xizmatlar, o‘quv muassasalari, loyihalar va grantlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi bloglar mavjud.
Sog‘liqni saqlash Vazirligining korporativ portaliO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli Farmonini ijrosi yuzasidan tashkil etilgan. Sog‘liqni saqlash Vazirligini korporativ portali 2010 yilda ishga tushgan bo‘lib, o‘zida Sog‘liqni saqlash Vazirligini axborot makonini mujassamlashtirgan.
Yangiliklar bo‘limida O‘zbekiston bo‘yicha sog‘liqni saqlashga oid yangiliklar, xalqaro miqyosda sog‘liqni saqlash bo‘yicha yangiliklar va portal yangiliklar keltirilgan.
Portalning On-line xizmatlarida fuqarolarga tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatish, Bepul tibbiy xizmat, Davlat sanitariya –epidemiologik nazorat o‘tkazish tartibi, Tibbiyot o‘quv muassasalari tizimidagi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish va ta’lim grantlarini taqdim etish tartibi, Tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Vrach kategoriyasini aniqlash bo‘yicha attestatsiya topshirish uchun test savollari ro‘yxati, Sog‘liqni saqlash Vazirligi tizimidagi o‘quv muassasalari xaqida ma’lumot, Malakaviy xarakteristikalar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan bioaktiv qo‘shimchalar ro‘yxati, Bolalarni rejalashtirilgan vaksinatsiya va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zaruriyati xaqida ota onalar uchun ma’lumot, Dori vositalari reestri, muassasalar reestri, Bioaktiv qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi vrachlar va farmatsevtlarga litsenziyaberish va attestatsiyadan o‘tkazish, Respublika Markazida attestatsiyadan o‘tish kabi xizmatlarni taqdim etmoqda.
Sog‘liqni saqlash Vazirligi tizimidagi davlat muassasalarida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi xaqida ma’lumot olish uchun onlayn xizmat turidan foydalanganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi № 2107 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini qayta islox qilish davlat dasturi” farmoniga muvofiqamalga oshiriladi.
SHuningdek portalda barcha tibbiyot muassasalari, ularning manzillari va ko‘rsatiladigan xizmat turlarini preyskuranti bilan topish mumkin.
YUqorida keltirilgan onlayn xizmatlaridan tashqari yangi interaktiv xizmatlar joriy etilgan bo‘lib, ularga kalkulyatorlar, nogironlik masalasi bo‘yicha interaktiv xizmat va tibbiy xizmatlarga narxlar preyskuranti kabi xizmatlarni misol qilishimiz mumkin.
Kalkulyator interaktiv xizmatida tana og‘irligi indeksi kalkulyatori, ikkinchi turdagi qand kasalligi rivojlanishi riski va bolani emlash kalendari kabi xizmatlar taqdim etilgan.
Nogironlik masalasi bo‘yicha interaktiv xizmat nogironlik masalasiga oid me’yoriy xuquqiy normativlar xaqida axborot olish, nogironlikni rasmiylashtirish uchun zaruriy xujjatlar to‘plami borasida axborot olish imkonini beradi.

Yüklə 285,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin