O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Fizika –matematika fakulteti
“Fizika” kafedrasi 5140200 - “Fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Saxatova Maftuna Mahmudovna “Yuqori chastotali maydonlar nazariyasini o’rganish ”.
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Ish ko’rildi va himoyaga Ilmiy rahbar:______katta o’qituvchi N.K.Nasirova
ruxsat berildi” “_____” ___________2017 y. Kafedra mudiri _____f-m.f.n. B.E.Niyazxanova Taqrizchi: _____ Bux MTI huzuridagi 1-son AL fiz. katta o’qt. J.O. Yuldashev “____” __________2017 y. “_____” __________2017 y. “Himoya qilishga ruxsat berildi” Fakultet dekani __________ prof. SH.M. Mirzayev “_______” ______________ 2017 y.
Buxoro-2017y MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………....3
I BOB. ELEKTROMAGNIT MAYDONNING KLASSIK NAZARIYASI. Maksvellning elektromagnit nazariyasidagi qiyinchiliklar………………….9
Yorug’lik dispersiyasi……………………………………………………...11
II BOB. YUQORI CHASTOTALI MAYDONLAR . 2.1. O’tkazuvchan muhitda elektromagnit to’lqinlar……………………………...31
2.2. Yorug’lik dispersiyasining kvant nazariyasi…………………………………37
XOTIMA…………………………………………………………………………56
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…......................................................................57
Kirish Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, o`quvghi yoshlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo`lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g’risida’’gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ning maqsad va vazifalari hayotga izchil joriy etilishi natijasida yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari barpo etildi.
Mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik bo`yicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan bo`lib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va san’at yo`nalishlari bo`yicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili o`rtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko`rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish ko`rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo`yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo`lmoqda.
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi 2829- sonli qarori 14-mart 2017 yilda qabul qilindi. Ushbu qaror akademik litseylarda o`quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda ta’lim berish uchun umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning o`zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo`lgan orzu-intilishlariga erishmog’i uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi aniq maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lib, unda quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
bugungi kunda moddiy-texnik va o`quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o`qishga kirish ko`rsatkichlari past bo`lgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi;
investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli ro`yxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi o`quv ustaxonalari qurish uchun mablag’lar ajratishga alohida e’tibor qaratiladi;
kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o`quvchilari o`qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta’lim yo`nalishi o`xshash bo`lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi;
oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o`qituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi o`qituvchilik faoliyatiga soatbay haq to`lash miqdori oliy ta’lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to`lash miqdoriga tenglashtiriladi;
ta’limning uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli o`quvchilar bilan ish olib borish doirasida ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari bilan akademik litseylar o`rtasida o`zaro ta’sirchan hamkorlik mexanizmi yo`lga qo`yiladi.
Akademik litseylarda ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlarini keng tatbiq qilish va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
o`quv guruhlari tarkibi 26 nafar o`quvchidan ortiq bo`lmagan tarzda shakllantiriladi;
chuqurlashtirib o`qitiladigan fanlar (ta’lim yo`nalishlari) bo`yicha amaliy, laboratoriya va seminar mashg’ulotlari guruhlarga bo`lingan tarzda, ya’ni ikkita kichik guruhda o`tkazilishi yo`lga qo`yiladi.
Noana’naviy o`qitish metodlaridan dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish o`qituvchidan yuksak mahoratni (o`quvchilar qiziqishini oshirish, darsda faol ishtirok etishlarini ta’minlash) talab etadi. Dars tushunarli, qiziqarli bo`lishi uchun o`quv materiallarini saralash, o`quv jarayonini loyihalashtirish, o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan turli topshiriqlarni bajarish uchun tavsiyalar berish zarur. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar o`tkazishda yangi adabiyotlardan foydalanish bilan bir qatorda Internet ma’lumotlari va elektron kitoblardan foydalanish fizika ta’limi darslari samaradorligini yanada oshiradi. Buning uchun esa o`qituvchining o`zi noan’anaviy o`qitish metodlaridan bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida``gi PQ-2124-sonli qarorining mazmun-mohiyatida sog`lom bola masalalari o`z aksini topgan.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2017-yilning mamlakatimizda ``Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari`` deb elon qilinishi jamoatchiligimiz tomonidan keng qo`llab-quvvatlandi. Ushbu yilning asosiy mazmun-mohiyati, dasturlari, yo`nalishlari 2017-yilning fevralidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ``Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari`` Davlat dasturi to`g`risidagi qarorida to`la-to`kis yoritib berilgan.
Mustaqillik sharofati bilan yoshlarimizning har tomonlama bilim olishi, fikrlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa shaxslarning barkamol bo`lishida bilim olish huquqi katta ahamiyatlidir. Chunki ta`lim xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Maktab ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo`lishi asosiy qonunimizda belgilab qo`yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo`llab-quvvatlashlarini talab qiladigan umummilliy masaladir. Konstitutsiyamiz har bir moddasi yuksak tafakkur va qalb harorati bilan bitilgan. Konstitutsiyamizda bilim olish haqida alohida to`xtalib o`tilgan.
Xususan, 41-moddada: har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
42-moddada esa ``Har kimga va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish kafolatlanadi`` deyilgan.
Bundan tashqari, bosh qomusimiz Konstitutsiyadan kelib chiqqan holda davlatimiz tomonidan qonunlar, Prezidentimiz qarorlari qabul qilindi. ``Kadrlar tayyorlash milliy dasturi``, ``Talim to`g`risida”gi Qonun`, ``Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy dasturi``ni bunga misol qilib aytishimiz mumkin.
Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan ``9+3`` rejasi ishlab chiqildi. Ya`ni to`qqiz yillik umumta`lim va uch yilni kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda davom ettirish majburiy etib belgilab qo`yildi.
Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va ta`lim sohasini rivojlantirish borasida qilingan salmoqli ishlarni raqamlar misolida sharxlaydigan bo`lsak, ``Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy dasturi`` doirasida 8832 maktabda qurilish ta`mirlash, rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirilgani, 1537 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etilgani istiqlol yillarida ilm-fan sirlari va zamonaviy texnologiyalarni puxta o`zlashtirgan, yuksak malakali kadrlarni tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari soni salkam ikki baravar ko`payib, bizning bu sohada o`zgalar havas qiladigan ulkan marralarga erishganimizdan dalolat beradi. Bu sohaning ajralmas qismi bo`lgan musiqa va san`at maktabi rivojlantirishi va Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ``Musiqa va san`at maktablarini qurish va ularni moddiy texnik bazasini mustahkamlash`` to`g`risidagi qaror ham bunga yaqqol misol bo`lishi mumkin.
2012-yil 16-17 fevral kunlari poytaxtimiz Toshkentning Simpoziumlar saroyida yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti`` mavzuidagi xalqaro konferensiya va unda 40 dan ortiq dunyo mamlakatlarining vakillari qatnashib, bizga bergan yuksak tahsini fikrimizning yana bir isbotidir.
Mamlakatimizda olib borilgan keng ko`lamli ishlarning natijasi, tasdig`i sifatida yoshlarimizning fan olimpiadalarida faol qatnashib, 150 dan ziyod oltin, kumush medallarni qo`lga kiritgani, xalqaro san`at va musiqa festevallari 670 dan ortiq sovrinlarni qo`lga kiritgani misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Prezidentimiz tabiri bilan aytganda ``Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart``. Darhaqiqat, faqat sog`lom xalq, sog`lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo`ladi. Zero, sog`lom bolalar davlatimiz va xalqimizning eng katta boyligi, buyuk kelajagimiz bunyodkoridir.