BAHOLASH MEZONI
“Jahon sivilizasiyalari tarixi”, “Tarix falsafasi va myetodologiyasi”, “Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizasiya jarayonlari”, “Sharq allomalarining ilmiy merosi” ixtisoslik fanlaridan bakalavriat yo‘nalishlariga yakuniy davlat attestasiyasi sinovi yozma usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 4 savoldan iborat. Variantdagi 4 ta savolning har biridan olish mumkin bo‘lgan maksimal ball 25 ga teng bo‘lib, jami 100 ball to‘plash mumkin.
Har bir savolga javob to‘g‘ri va to‘liq yoritilsa, pedagogika nazariyasi va tarixi, umumiy psixologiyaga doir zamonaviy nazariyalarni bilishi, mustaqil, aniq fikrlar asosida muammolarga ijodiy yondashgan holda yoritilsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilgan bo‘lsa, o‘zlashtirish ko’rsatkichi 21,5-25 ball oralig’ida baholanadi.
Savolga to‘g‘ri javob yozilsa, ilmiy-amaliy jihatdan asosli mantiqli yoritilgan bo‘lsa, biroq bugungi ta'lim va tarbiya jarayoni yangilanishlar amaliyoti bilan bog‘lashda ayrim noaniqliklarga yo‘l qo’yilgan bo‘lsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 21-18 ball oralig‘ida baholanadi.
Savolga asosan to‘g‘ri javob yozilsa, biroq qo’yilgan masalaning mohiyati, mazmuni, natijalari yuzaki yoritilsa, fikr-mushohada bayonida tarqoqlik kuzatilsa, uzlashtirish kursatkichi 17,5-14 ball oralig‘ida baholanadi.
Savolga javoblar noto‘g‘ri yozilsa, o‘quv adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirilgan bo‘lsa yoki savollarga, umuman, javob yozilmagan bo‘lsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-13,5 ball oralig‘ida baholanadi.
T.r.
|
Umumiy ball
|
Baho
|
Bakalavr talabasining bilim darajasi
|
|
Dostları ilə paylaş: |