O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Jarayonda ishlatiladigan o’lchash asboblari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/7
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131215
1   2   3   4   5   6   7

2.2.Jarayonda ishlatiladigan o’lchash asboblari












Havo kompressorlari


Kimyo va oziq-ovqat sanoati firmalarida ko’p miqdorda gaz va gaz aralashmalarini qayta ishlashga to’g’ri keladi. Ko’pgina kimyoviy jarayonlarning atmosfera bosimdan farqli bosim ostida olib borilishi, jarayon tezligini oshiradi, qurilma o’lchamlarini kichik bo’lishiga va hokazolarga olib keladi.


Gazlarni siqish yordamida ularni quvurlarda va qurilmalarda harakati
ta’minlanadi va vakuum hosil qilinadi. Bundan tashqari, havo va gazlarni siqish, ularni aralashtirish, suyuqliklarni purkash uchun ishlatiladi. Kimyo sanoatida
qo’llaniladigan bosim miqdorlari 10-3 dan 108 H/m2 (10-8...103 atm) gacha bo’ladi.
Gazlarni uzatish va siqish uchun mo’ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi.
Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim R2 ning, gazni so’rilish paytidagi bosim R1 ga nisbati siqish darajasi deb nomlanadi.
Siqish ko’rsatkichining qiymati bo’yicha kompressor mashinalari quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Ventilyatorlar (P2/P1) < 1,1 - katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun;

  2. Gazoduvkalar 1,1 < (P2/P1) < 3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish uchun;

  3. Kompressorlar (P2/P1) > 3 yuqori bosim hosil qilish uchun ishlatiladi;

  4. Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo’lgan bosimlarda gazlarni so’rib olish uchun.

Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsipi) bo’yicha porshenli, rotorli, markazdan qochma, o’qli va boshqa mashinalarga bo’linadi.
Porshenli mashinalarda gazlarni siqish hajmining kamayishi hisobiga amalga oshadi. Bunda porshenning ilgarilana-qaytma harakati tufayli gazning bosimi oshiriladi.
Rotorli mashinalarda gazlarni siqish ekssentrik joylashgan rotorning aylanishi
tufayli hajmning kamayishi oqibatida hosil bo’ladi.
Markazdan qochma mashinalarda ishchi g’ildirakning aylanishida hosil bo’ladigan inersiya kuchlari yordamida gaz siqiladi.
O’qli mashinalarda ishchi g’ildirak va yo’naltiruvchi qurilma uzunligi bo’ylab, gaz harakatlanganda uning siqilishi sodir bo’ladi.
Vakuum-nasos sifatida har qanday kompressordan foydalanish mumkin. Faqat vakuum-nasos bilan kompressor orasida farq shuki, vakuum-nasosda so’rish bosimning atmosfera bosimidan sezilarli kam bo’lsa, uzatish esa atmosfera bosimidan ko’proq bo’ladi. Porshenli kompressorlar kam miqdordagi gazlarni katta bosimlargacha (0,5 ... 20 MPa va undan yuqori) siqishda ishlatiladi.
Turbokompressorlar esa, katta miqdordagi gazlarni nisbatan past bosimlarda (0,15...1,5 MPa) uzatib berishga mo’ljallangan.
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin