O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə5/7
tarix16.06.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#131215
1   2   3   4   5   6   7

Kompressorli sovitish


Kimyo sanoatining bir qancha jarayonlari ancha past temperaturada olib boriladi. Sovuqlik eltkich sifatida havo, suv va muzni ishlatib bunday jarayonlarni amalga oshirib bo’lmaydi.


Sun’iy sovitish yo’li bilan boradigan jarayonlar qatoriga ba’zi bir absorbsiya, kristallanish, gazlarni ajratish, sublimatsiyali quritish va boshqa jarayonlar kiradi. SHuningdek, bu turdagi sovitishdan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, er qatlamlarini muzlatish, havoni konditsiyalash va boshqalarda keng foydalaniladi.
Sun’iy sovitish doimo past temperaturali muhitdan yuqoriroq temperaturali muhitga issiqlikni uzatish bilan bog’liq. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan, bunday uzatish energiya sarfini talab qiladi. SHuning uchun ham, sistemaga energiya kiritilishi sovuqlik olishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Sovuqlik ishlab chiqarish usullari ma’lum darajada talab etilayotgan temperatura
va qurilmaning ishlatilish ko’lami bilan aniqlanadi.

SHartli ravishda 1) o’rta sovitish (atrof muhit temperaturasidan – 1000C gacha) va 2) chuqur sovitish (- 1000C dan past temperatura) larga bo’linadi.


O’z navbatida -1000C dan past temperaturalar olish shartli ravishda quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

    1. chuqur sovitish texnikasi (45 K ... 273 K);




    1. kriogen texnikasi (40 K ... 0,3 K);

v) ultra-past temperaturalar texnikasi (0,00002 K gacha);


2 K dan yuqori temperaturalar olinishi texnikada qo’llaniladi. Undan pastroq temperaturalarni olish esa, ilmiy tajribalar qilish texnikasiga to’g’ri keladi.


Chuqur sovitishga to’g’ri keladigan temperaturalarni olish gaz aralashmalarini qisman yoki to’liq suyultirish yo’li bilan ularni ajratish imkonini beradi. Natijada azot, kislorod, vodorod, propan, butan, etilen va boshqa gazlarni olish mumkin bo’ladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin