O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti (sirtqi)


Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan



Yüklə 224,75 Kb.
səhifə2/6
tarix20.06.2023
ölçüsü224,75 Kb.
#133284
1   2   3   4   5   6
loy va plastilindan o’yinchoqlar MAHLIYO 62 MTT

Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan
o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlar.


O‘yinchoq – maxsus ravishda bolalar o‘yinlari uchun mo‘ljallangan predmet. Undan foydalanish bolalar ong-bilim doirasini kengaytirishga, unda aks ettirilgan narsa va borliq hodisalariga qiziqish uyg‘otishga, mustaqillikni
rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan birgalikdagi o‘yinlarda bolalarda do‘stona munosabatlar, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish malakasi tarkib toptiriladi.
Bir donishmand bolalarga olam, o‘z mamlakati haqida bilim berish zarurligi to‘g‘risida gapirib, shunday degan ekan: “Qiziqarli qilib, aql yugurtib va sodda til bilan yozilgan kitob bo‘lsa, bunga bemalol erishish mumkin, ammo qiziqarli o‘yinchoq bilan bunga yanada osonroq erishiladi”. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘yinchoqlar yasash katta ahamiyatga ega. U maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur xususiyatlar ko‘rib idrok etishni, xotirani, obrazli fikrlashni rivojlantirishga, qo‘l mehnati ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam beradi. O‘yinchoqlar yasash tasviriy faoliyatning boshqa turlari singari, estetik didni shakllantiradi, go‘zallikni his qilishga, uning rang-barangligini tushunishga o‘rgatadi. “...Tasviriy san’at sohasidagi ishlar oilasida,— degan edi haykaltarosh I.Y.Ginsburg,— o‘yinchoq yasash xuddi matematika fanlaridagi arifmetika kabi rol o‘ynaydi. U predmet to‘g’risidagi tasavvurning alifbosidir. U predmetni o‘qish, uni bayon etishning dastlabki shaklidir”. Kattalar bolalarning yosh xususiyatlarini bilib, o‘rganib, shunga muvofiq ravishda o‘yinchoqlarni yaratish va tanlashi, ularni yasash yo‘llarini ham bolalarga o‘rgatishi lozim.
Kichik yoshdagi bolaning idroki ayniqsa o‘tkir bo‘ladi. Bolalikda hishayajon bilan idrok etilgan narsalar butun umr bo‘yi esda qoladi. Go‘zal narsalarni idrok etish bolalarda estetik hissiyotni, san’at asarlariga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantiradi. San’at asarlari muayyan axborot berishi sababli bolaning bilim doirasini kengaytiradi. Bunday asarlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi. Bolalar bog’chasida loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash to‘g‘risida gapirilganda, tasviriy faoliyat, bu faoliyat jarayonida bolalar tevarakatroflaridagi voqelikni aks ettirishi, loy yoki plastilindan foydalanib elementar o’yinchoqlar yaratishi nazarda tutiladi.
Bolaning hatto eng oddiy o’yinchoqni yasashi ham ijodiy jarayondir. Chunonchi, loyning sharsimon bir bo‘lagi ham jajji go‘dakda koptok, apelsin, olma, uchlari birlashguncha dumaloqlangan loy ustuncha esa halqa, teshikkulcha bo‘lib tuyuladi. Ish vaqtida bola loyni turli shaklga solib o‘ynar ekan, uning
yumshoqligidan, hajmliligidan zavqlanadi, o‘zi yasagan shaklga qarab xursand bo‘ladi.
Shu bilan birga bola loy va plastilinning turli xossalarini anglab yetadi, hajmli shakl, predmetning tuzilishi hamda nisbatlari bilan tanishadi, qo‘llari aniq harakatlantirish ko‘zi bilan to‘g’ri mo‘ljal olishni o‘rganadi, unda konstruktiv qobiliyatlar shakllanib boradi. Agar faoliyatning bu turi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa,
loy va plastilindan turli o‘yinchoq1ar yasash bolalarning sevimli mashg’ulotiga aylanib qolishi mumkin.

Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida tarbiyachilar oldiga: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, ularda tasviriy hamda texnik ko‘nikmalar hosil qilish, mazkur faoliyat turiga qiziqish uyg‘otish vazifalari qo‘yiladi. Bolalar bog’chasidagi ta’lim tizimi bolalarni maktabga tayyorlash


maqsadini ko‘zlagan holda tashkil etiladi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish kabi estetik tarbiya tizimida muayyan o‘rin tutadi hamda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsning dastlabki asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi.
Loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida mazkur fazilatlarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Chunonchi har qanday predmetning hajmi bor va bola uni har tomondan ko‘rib idrok etadi. Predmetni idrok etish asosida bog’cha bolasining ongida obraz shakllanadi. U o‘yinchoqlar yasashda o‘zining real voqelikdan olgan bilimlariga suyanadi, bola rasm chizishdagi yoki applikatsiyalar yasashdagi kabi predmetning bir tomonini emas, balki barcha tomonini aks ettiradi. Chunki unga endi tasviriy faoliyatning boshqa turlarida zarur bo‘ladigan shartli ifodalash usulidan foydalanishga to‘g‘ri
kelmaydi. Bundan tashqari, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash rasm chizish, applikatsiya ishlashga qaraganda ikki qo‘l bilan siypalab tabiiy sezishni ko‘proq rivojlantiradi va takomillashtiradi. Qo‘llarning faol harakati esa shaklni aniqroq chiqarishga olib keladi. Shu tufayli bolalar tasvirlash usullarini tezroq
o‘zlashtirib oladilar va kattalar ko‘rsatmasisiz mustaqil ishlay boshlaydilar, bu esa o‘z navbatida bolalar ijodkorligining tez rivojlanishiga olib keladi. Tasvirlash usullarini bolalar tez o‘zlashtirishi ularga applikatsiya yoki rasm chizishga qaraganda ertaroq ikki-uch figuradan iborat syujetli o‘yinchoqlar
yasash imkonini yaratadi. Chunonchi, rasmga yirik rejadagi predmet varaqning pastki qismida hamda kattaroq qilib tasvirlanadi. Loy yoki plastilindan yasalgan figuralar esa real mavjud fazoda taxtacha yoki loy supacha ustiga joylashtiriladi.

Faoliyatning barcha turlari bolani tasviriy ifodaning yangi usullarini
izlashga mustaqil yondashishni shakllantiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarga kerakli narsalarni o‘rgatishda yangilikni izlash qobiliyati yaxshiroq rivojlanadi. Chunki bunda shakllarni bevosita barmoqlar, yog‘och qalam bilan to‘g‘rilash, botiq joylariga loy yopishtirish yohud shaklga
halal berayotgan ortiqcha loylarni sidirib tashlash bilan xatolarni tuzatib boorish imkoni bo‘ladi. Bunda bola shaklni bir necha marta qayta yasab ko‘rishi mumkin. Rasm yoki applikatsiyada bunday qilib bo‘lmaydi.
Tasviriy faoliyatning har xil turlari bolaning badiiy didini shakllantiradi.
Agar rasm va applikatsiya chiziqlarning aniqligi hamda ranglarning yorqinligi orqali bolalarni estetik tarbiyalashga ta’sir ko‘rsatsa, o’yinchoqlar yasashda predmetning hajmli shakli, yumshoqligi va ritmi birinchi o‘ringa chiqadi. Mana shu uchta komponentning barchasi real fazoda mavjud bo‘lib, bolada predmetlar plastik shaklining go‘zalligini, qismlarining nisbatlarini tez idrok etish va bilib olish ko‘nikmasini shakllantiradi, ularda tevarak-atrofdagi voqelikka diqqate’tibor va qiziqishni rivojlantiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatning bir turi sifatida rasm chizish yoki applikatsiya tuzishga qaraganda bolalarni fazoda mo‘ljal olishga, qator matematik tushunchalarni o‘zlashtirishga tezroq o‘rgatadi. Chunonchi, kichik guruhda bolalar to‘siq uchun ustunchalar yasashadi, bola ularni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yadi, qator qilib teradi, ulardan uycha atrofiga devor yasaydi, nechta ustuncha yasaganini sanab chiqadi va hokazo. Katta yoshli bog‘cha bolalari odam figurasini yasashda uning a’zolarini qayerga
biriktirish to‘g‘risida o‘ylaydilar. Bunda ular figura qismlarini bir-biri bilan va butun figura bilan bevosita solishtirib, taqqoslab ko‘radilar, ularning kattakichikligini, o‘lchamlarini (uzunligini, qalinligini) aniqlaydilar. Xolbuki, rasm chizilgan vaqtda bu ishlarni faqat ko‘z bilan chamalab amalga oshirish mumkin.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning yana bir xususiyati uning turli o‘yinlar bilan uzviy bog‘liqligidir. Bajarilgan figuraning hajmliligi bolalarni shu o‘yinchoq yordamida turli o‘yin harakatlariga rag‘batlantiradi.
Kichkintoylar o‘zlari yasagan buyumlarni mashgulot jarayonidayoq darhol is ga solib turli o‘yinlarni boshlab yuboradilar. Bolalar yoshiga xos bu xususiyat anchagina mavzularni o‘yin bilan bog‘lab o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, bolalar loy va plastilindan idish-tovoqlar va o‘z qo‘g‘irchoqlari uchun nozu
ne’matlar, kosmodrom, hayvoyat bog‘i, xokkey va boshqa o‘yinlar uchun kichkina figuralar yasashlari mumkin. Mashg‘ulotlarni o‘yin shaklida tashkil etish bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashga qiziqishini oshiradi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotga kirishish imkoniyatini kengaytiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatini mashg‘ulotda foydalaniladigan materiallar belgilaydi. Guash bilan bo‘yalgan (suyultirilgan) loy mufel pechida pishirishga moslashtirilgan bo‘ladi. Bolalar yasagan o‘yinchoqlarni shu pechda pishirib olinsa, u xuddi humdonda pishgandek haqiqiy sopol o‘yinchoqqa aylanadi. Buning natijasida bolalar idish va boshqa sopol buyumlar yasash usullarini bilib oladilar, bu esa ularning tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarda mehnat malakalari va yeng shimarib ishlash, ish o‘rnini ozoda va tartibli saqlash, aylanadigan doirali dastgohdan foydalanish odatlari hamda predmetni hamma tomoniga ishlov berish zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo‘ladi.



Yüklə 224,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin