O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Mehnatga haq to'lashning alohida muhim shartlari va korxonada ish haqini tartibga solish



Yüklə 105,62 Kb.
səhifə10/15
tarix21.08.2023
ölçüsü105,62 Kb.
#140049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Raxmonqulova Nafisa Korxonada mehnatga haq to\'lashni tashkil etish

4.Mehnatga haq to'lashning alohida muhim shartlari va korxonada ish haqini tartibga solish.


Ish (mehnat) haqi korxona ishlovchilarining mehnati uchun to`lov shakli bo`lib, u takror tiklanish va rag`batlantirish funksiyalarini bajaradi. Ish haqi odatda xodimlarni mehnatini tashkil qilish va uning unumdorligini oshirishga ta`sir qiluvchi asosiy omil ham hisoblanadi.5 Korxonada mehnatga haq to`lashning umumiy darajasi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi:

  • korxona xo`jalik faoliyati natijalari, uning foydalilik darajasi;

  • korxonaning kadrlar siyosati;

  • mos mutaxassislik bo`yicha hududda, viloyatda va mamlakatda mavjud ishsizlik darajasi;

  • davlat, raqobachilar va kasaba uyushlalarining ta`sirlari;

  • korxonaning jamoatchilik bilan aloqalardagi siyosatlari.

Korxonada mehnatni tashkil qilish quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:

  • ish haqi fondini shakllantirish;

  • mehnatni meyyorlashtirish;

  • tarif tizimini o`rnatish;

  • ish haqi to`lashning samarali shakl va tizimlarini tanlash.

Korxonada ish haqini tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • ishlangan vaqt uchun to`lovlar;

  • ishlanmagan vaqt uchun to`lovlar;

  • bir martalik rag`batlantirish to`lovlari;

  • uy-joy, yoqilg`i va oziq-ovqatlar uchun to`lovlar.

Ishlangan vaqt uchun to`lovlar o`zida quyidagilarni qamrab oladi: 1) tarif stavkalari va okladlar bo`yicha va kelishiv asosidagi ish haqlari; 2) natural ish haqi sifatida berilgan mahsulot qiymati; 3) mukofotlar va rag`batlantirishlar; 4) professional sifatlilik uchun va kasb va mansabni hamkorlikda olib borganlik uchun tarifa stavkalariga qo`shimcha haq va rag`batlantirishlar miqdori; 5) ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog`liq kompensasiyalar miqdori.
Ishlanmagan vaqt uchun beriladigan to`lovlarga quyidagilar kiradi: 1) yillik va qo`shimcha ta`tillar; 2) o`smirlarning imtiyozli soatlari; 3) ishlovcilarni aybi bilan bo`lmagan ish faoliyatining to`xtab qolishlari; 4) majburiy progullar.
Bir martalik rag`batlantirish tol`ovlariga quyidagilar kiradi: 1) bir martalik mukofotlar; 2) ish yili yakuni bo`yicha va ish staji yakuni bo`yicha beriladigan rag`batlantirishlar; 3) hammaga va ko`pchilik ishlovchilarga beriladigan moddiy yordamlar; 4) ishlstilmagan ta`til uchun pul kompensasiyalari; 5) rag`batlantirish sifatida ishlovchilarga aksiyalarni berish yoki imtiyozli narxlarda sotish.

Yüklə 105,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin