O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” darslarini tashkil etishda tarbiyaviy treninglar. Trening tushunchasi. Tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishda tarbiya
treninglarining ahamiyati. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy trening turlari , ularning mazmuni va
mohiyati.
3. IV. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba; tarbiya fani haqida bilimga ega bo‘lishi, tarbiya
madaniyati, tarbiya nazariyasi va tarixining xronologiyalari haqida tasavvur va bilimga ega
bo‘lishi; tarbiya fani tadqiqot metodlari, tamoyillari, ta’lim shakllari, ta’lim tashkil etish
texnologiyasini qamrab olgan asosiy qonun va tushunchalar. Dars mashg‘ulotiga
qo‘yilayotgan ; tarbiya va ; tarbiya fani haqida talablariga oid xususiyatlarini bilish va ulardan
foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Ta’lim jarayonlarida ; tarbiya faniga xos usullarni
qo‘llash, ilmiy-nazariy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega bo‘lishi
kerak.
4. V. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: • ma’ruzalar;
• interfaol keys-stadilar;
• seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
• guruhlarda ishlash;
• taqdimotlar qilish;
• individual loyihalar;
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
5. VI. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchaparni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks
ettira olish. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oralik nazorat
shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni
topshirish.
Oraliq nazorat :
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki og‘zaki
shaklda;
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni
tushunishlarni tekshirish uchun testlar va yozma ishlar.
Yakuniy nazorat :
– Imtihon – modul’ davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni yoki
o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z
ichiga oladi.