GLASSARIY Tarbiya – inson shaxsi ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan say-haraktlar tizimidir.
Tarbiya keng ma‘noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq
odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi
bilan jamiyatning rivojlanishini ta‘minlovchi vazifasi.
Tarbiyaning tor ma‘nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta‘sirida ijtimoiy amaliyotnipng har bir
doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida
shaxsni ongli, maqsadga yo‘naltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni, ta‘lim tizimining
tarkibiy qismi. Tarbiya ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda
tutgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro ommaviy va
nazariy muloqotdir.
Tarbiya vazifasi – ma‘naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan
holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi
tarbiyaning qanday metodidan foydalanishga bog‘liq.
Tarbiya jarayoni – tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda
beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini
asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish lozim.
Tarbiya maqsadi – talaba yoshlarda milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy
pedagogik tadqiqot metodlari qo‘llaniladi.
Tarbiya metodlari – metod lotincha
metodos – yo‘l so‘zidan olingan. Metod tadqiqot yo‘li,
nazariya, ta‘limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida ―metod‖ so‘zi keng ma‘noda
muayyan maqsadga erishish yo‘li tushuniladi.
Tarbiya tamoyillari – tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi; tarbiyada
demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi; tarbiyada milliy, umumbashariy
qadriyatlarning ustunligi; tarbiyada izchillik va tizimlilik, tarbiyani ijtimoiy hayot bilan uyg‘un
holda olib borish; tarbiyani mehnat faoliyati bilan bog‘lash; tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat
qilish; tarpbiyada tarbiyalanuvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish; jamoa va
jamoa yordamida tarbiyalash; tarbiyada tarbiyalanuvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib salbiy
tomonlarni yo‘qotish.