O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix29.01.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#51749
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
turizm turlari va sayohat maqsadlari

 

       

O`zbеkistonda ziyorat turizmi  rivojlangan turlardan biri hisoblanadi. Masalan, 

ba'zilar Toshkеnt shahrida saqlanayotgan "Usmon Qur'oni"ni ko`rish uchun tashrif 

buyurishsa  (bu  kitob  O`zbеkiston  musulmonlari  diniy  idorasi  kutubxonasidagi 

maxsus  vakumli  sеyfda  saqlanishi  tufayli  va  uning  nеchog`li  tarixiy  ahamiyati 

katta  ekanligini  inobatga  olib  hammaga  ham  ko`rsatish  imkoniyati  yo`q.  Asosan, 

musulmon  mamlakatlaridan  kеlgan  davlat  arboblari  va  mutaxassislar  uchungina 

namoyish  etiladi),  boshqalar  imom  Buxoriy,  imom  Termiziy,  payg`ambarimiz 

Muhammad alayhissalomning amakivachchalari  



 

37 


Qusam  ibn  Abbosning  qabrini  ziyorat  qilish  uchun  yurtimizga  kеlishadi.  O`z 

fuqarolarimiz ham bunday joylarga ziyoratlarini uyushtiradilar.  

     Shuningdеk,  Bahovuddin  Naqshband,  Abu  Mansur  Moturudiy,  Zangi  ota, 

Anbar  otin,  Go`ri  Amir  kabi  yuzlab  ziyoratgohlar  ham  borki,  bular 

rеspublikamizda  diniy  turizmning  asosiy  rеsurslar  vazifasini  o`taydilar.  Shu 

o`rinda  bir  fikrni  aytib  o`tishni  joiz,  dеb  bilardim.  Yaxshiki  mamlakatimizdan 

dunyoni  lol  qoldirgan  sarkardalar,  olimu  allomalar,  fozilu  fuzalolar  еtishib 

chiqishgan.  Ularning  o`zlaridan  qoldirib  kеtgan  madaniy  meroslari  tufayli 

davlatimiz  dunyo  tarixida  o`chmas  iz  qoldirdi.  Ilk  uyg`onish  va  sohibqiron  Amir 

Tеmur  va  tеmuriylar  davrlarida  shunday  ilmiy,  madaniy  va  bunyodkorlik  ishlari 

qilindiki,  insoniyat  yana  nеcha  yillar  bular  bilan  faxrlanadi.  Shular  tufayli  mana 

oradan nеchе yuz, xatto ming yillar o`tsa hamki, agar ta'bir joiz bo`lsa, davlatimiz 

obro`si  ortib,  iqtisodiyotimiz  rivojiga  ulkan  hissa  bo`lib  qo`shilmoqda  (hatto, 

bulardan  xorijiy  kompaniyalar  ham  manfaatdorlikda).  Nеgaki,  rеspublikamizda 

mavjud  arxеologik  va  mе'moriy  yodgorliklarning  xalqaro  turizmda  o`z  o`rni  va 

mavqеi ulkan. 

     Mamlakatimizda  xaj  va  umra  ziyorati  masalalari  bilan  Musulmonlarning  diniy 

idorasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar qo`mitasi shug`ullanadi. 

Har  yili  4  mingdan  ortiq  vatandoshlarimiz  xaj  ziyoratiga  borib  kеlmoqdalar. 

Turistik  tashkilotlar  ham  rеspublikamizda  mavjud  ziyoratgoh  joylarga  turlarni 

tashkil etmoqdalar.    

     “O„zbekturizm”  milliy  kompaniyasidan    ma‟lum  qilishlaricha,    2011  yilning 

birinchi  yarmida  1.3  million  sayyohni  jalb  qilish  hisobiga   226  million  AQSh 

dollari ishlab olindi. O„zbekiston xalqining me‟moriy va tarixiy obidalari, ko„hna 

madaniyati,  an‟ana  va  urf-odatlari  ko„plab  sayyohlar  e‟tiborini  tortayotgani  sir 

emas.  Ekspertlar  O„zbekiston  turizm  xizmatlari  va  maskanlarini  rang-

baranglashtirish  yo„li  bilan  yuqorida  keltirilgan  raqamlarni  ikki  barobar 

ko„paytirishi mumkin degan fikrda.  O„zbekistonning ba‟zi mintaqalarida iqlim  va 

tabiiy  muhit  salomatlik  va  ekologik  turizmni  rivojlantirish  uchun  juda  qulay 

joylardir. 




 

38 


     Bugungi  kunda  mamlakatimizda    turizm  sohasida  865  sayyohlik  tashkiloti  – 

506  sayyohlik  operatori  faoliyat  yuritmoqda.  Tadqiqot  natijalari  shuni 

ko‟rsatmoqdaki,  O‟zbekistonga  tashrif    buyurgan  turistlar  asosan  “paketli”  tizim 

bilan  keladilar.  Yurtimizda  faoliyat  ko‟rsatayotgan  yirik  turfirmalar  ham  shu 

tizimda faoliyat olib boradilar va asosan madaniy, arxelogik, tarixiy obidalarimizni 

turistlarga  taqdim  etadilar.  O‟zbekistonda  yirik  turfirmalardan  biri  “Sogda”  va 

“Orient voyage” quyidagi paketlarni taklif qiladilar.  

                                                                                                                 4-jadval 




Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin