O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix29.01.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#51749
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
turizm turlari va sayohat maqsadlari

        

   


 

40 


 2.3. O‟zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari 

     


  O‟zbekiston  ekologik  turizm  va  uning  sarguzasht  turlaridan  rafting, 

trekking,  miniladigan  turizm  (“door  of  road”),  agroturizm,  alpinizm  va  boshqa 

sport  turlarini  rivojlantirish  uchun  boy  imkoniyatlarga  va  o‟ziga  xos 

xususiyatlariga  ega.  Ekoturistlar  uchun  qiziqarli  bo‟lgan  obyektlar,  ya‟ni  alohida 

muhofazaga  olingan  hududlar  doirasidagi  turli  tabiiy  va  madaniy  vujudga  kelgan 

landshaftlar, o‟simlik va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib 

borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiat komplekslari, tabiat yodgorliklari 

ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. 

     Ekologik  turizm  nuqtai-nazaridan  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar 

tayanch  hududlar  sifatida  qaralmog‟i  lozim.  G‟arbiy  Yevropa  mamlakatlari 

o‟zlarining  tabiiy  landshaftlaridan  allaqachon  mahrum  bo‟lganliklari  sababli, 

yildan  yilga  boshqa  mamlakatalrning  tabiatiga  bo‟lgan  qiziqishi  tobora  ortib 

bormoqda.  Shuning  uchun  turistik  resurslardan  samarali  foydalanishda  tabiat 

muhofazasining o‟rni katta. 

      Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur‟atlarda rivojlanib   borayotgan 

turizm sohasiga aylandi. O‟zbekistonda ekoturizm rivojlanishi   tabiatni   muhofaza 

qilish,   ekoturistlarni   vatanimizga  jalb  etish,   noyob  o‟simliklar   va   hayvonot  

dunyosini saqlash, ko‟paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini 

ish bilan ta‟minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo‟shadi.  

     Hozirgi vaqtda O‟zbekiston hududida – qo‟riqxonalar, milliy bog‟lar, tabiatning 

nodir yodgorliklari mavjud.  

     O‟zbekiston  hududining  muhofaza  etilayotgan  tabiiy  hududlar  tarkibida    2164 

km

2

  maydonni tashkil  etgan  9  ta  davlat qo‟riqxonasi, 6061  km



2

  maydonni tashkil 

etgan 2 ta milliy bog‟ va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko‟paytirish “Jayron 

ekomarkazi”,  12186  km

  maydonni  tashkil  etgan  9  ta  davlat  buyurtmaxonalari 



mavjud. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni umumiy maydoni 20520 km

2

,  yoki 



O‟zbekiston  hududining  5,2  %  ni  tashkil  etadi.  Muhofaza  etiladigan  tabiiy 

hududlarda yetarli darajada shart – sharoitlar, infratuzilma, hamda moddiy – texnik 

bazasining, 

servis 


xizmatlarini 

yaxshi 


yaratilmaganligi 

mamlakatimizda 




 

41 


ekoturizmni 

rivojlanishiga 

to‟sqinlik  qilmoqda.  Shu  munosabat  bilan, 

Prezidentimizning  2006  yil  17  –  aprelda  “O‟zbekiston  Respublikasi  2006  –  2010 

yillarda xizmat ko‟rsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari 

to‟g‟risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu bo‟yicha Respublikamizda ayrim ishlar 

boshlangan.  Masalan,  hozirgi  kunda  O‟zbekistonda  ekoturizm  yo‟nalishlari 

«Ekosan»  xalqaro  jamg‟armasining  ekoturizm  bo‟linmasi  tomonidan  ishlab 

chiqilmoqda. Yo‟nalishlar hozircha Zomin milliy bog‟i va Nurota qo‟riqxonalariga 

uyushtirilgan.  Undan  tashqari  ekoturizmni  rivojlantirish  maqsadida  Tabiatni 

muhofaza qilish Davlat qo‟mitasi “O‟zbekiston Respublikasida ekologik turizmni 

rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlab chiqdi. 

     O‟zbekiston tabiati rang – barang bo‟lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish 

va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati  mavjud.  Misol uchun 

tog‟li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga  oshirish   mumkin.   Toshkent 

viloyatida  joylashgan  Chimyon  sport  –  dam  olish  majmuasi  katta  imkoniyatlarga 

ega. 

      Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog‟li 



mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog‟likni tiklash manbasi hisoblangan 

mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer osti suvlari 

kimyoviy  tarkibi,  tibbiy  –  biologik  va  boshqa  xususiyatlariga  ko‟ra  bir  –  biridan 

farq qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy  – kurortlar va 

boshqa sog‟lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo, 

Zarafshon,  Sangzor,  Ohangaron  va  boshqa  bir  qancha  daryolarga  oqib  tushuvchi 

tog‟ soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo‟lib, bu mintaqalarda dam olish 

oromgohlarini tashkil etish ko‟paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi, 

ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta‟minlanib, iqtisodiy daromad oshadi.  

      Muzey  turizmi  turizmning  xilma-xilligi  bo‟lib,  o‟ziga  xos  xususiyati  

muzeylar va ularga yondashgan hududlardan turistik potensial sifatida foydalanish. 

Muzeylar  va  turizmning  hamkorligi  tarixiy    madaniyat  va  tabiat  hududlari  tizimi 

shakllanishiga asoslangan.

 



 

42 


     Hozirgi  vaqtda  O‟zbekistonda  110  muzey  bor.  Ularning  28tasi  (shu  jumladan 

yirik  muzeylarning  filiallari  ham)  vazirlik  ixtiyorida.    Turli  kolleksiyaga  ega 

bo‟lgan  muzeylarning  mavjudligi  O‟zbekistonning  ijtimoiy  va  madaniy 

rivojlanishini  xususiyatlarini  aks  etdiradi.  Muzeylar  madaniy,  tarixiy,  badiiy 

me‟rosimiz,  xalqlar  dini  va  e‟tiqoti,  ularning  an‟analari  bilan  tanishtirib, 

yoshlarimizni vatanparvarlikka va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o‟rgatadi.  

Respublika  muzeylarining  ichida  3  ta  muzey-qo‟riqxona:  Samarqand,  Buxoro, 

Xiva («Ichan-Kala»); 3ta yirik badiiy muzeylari: O‟zbekiston Davlat san‟at muzeyi 

(Toshkent shahari); Davlat xalq-amaliy san‟ti muzeyi, Nukus shaharidagi Saviskiy 

nomidagi Davlat san‟at muzeyi mavjud.

 

     O‟zbekistonda yagona bo‟lgan (Toshkent sh.)  Tabiat   muzeyi   120 yildan beri 



mavjuddir.  Muzey  jamgarmasida  1.5  mln.  ekponatlar  bor.  Qadimiy  muzeylardan 

biri- O‟zbekiston xalqlarining tarixi muzeyi respublika tarixini o‟rganish bo‟yicha 

ilmiy tekshiruvlar olib boryapti. A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi juda 

katta  kitob  va  qo‟lyozma  jamgarmasiga  ega.  O‟zbekiston  tibbiyot  muzeyi 

(Toshkent)  tibbiyot  bilimlari  tashviqoti,  ekologiya  muammolari,  sanitariya  va 

gigiyena tarixi bilan tanishtiradi. Abu Ali ibn Sinoga bagishlangan zali bor. 

     Toshkentda Olimpiya shon-sharafi muzeyi, Urush va mehnat   sharafi    muzeyi

kino san‟ati   muzeyi   tashkil   qilingan; badiiy    ko‟rgazma    direksiyasi,   RTVS 

«O‟zeksposentr»,    U.Tansikbayev,   Tamara xonum,   A.Qahhor,   G‟afur G‟ulom 

muzeylari ishlaydi. Har bir viloyatda o‟lka muzeylari  mavjud.    Angren, Sirdaryo, 

Urganchda badiiy galereyalar ochilgan.  

    Andijon,  Namangan  va  boshqa  bir  qator  shaharlarning  o‟lkashunoslik 

muzeylarida hozirgacha eskirgan ekspozitsiyalar mavjud. Bundan tashqari, Qarshi, 

Urganch,  Buxoro  singari  qadimiy  tarixga  ega  shaharlar  qanchalik  ulug‟vor 

bo‟lsada,  ularda  hozirgacha  o‟zlarining  o‟lkashunoslik  muzeylari  yo‟qligi 

ta‟kidlandi. 

    O‟zbekiston  madaniyati  vazirligi  xalqaro  «Oltin  meros»  xayriya  fondi,  Badiiy 

akademiyasi bilan birgalikda muzeylarning kelajak faoliyatini yaxshilash dasturini 




 

43 


yaratdi. Respublikaning madaniy hayotidagi yutuqlarini tashviqot qilish maqsadida 

«Moziydan  sado»  jurnali  yaratildi.  Xorij  tajribasidan  ma‟lumki  muzeylardan 

turizm faoliyatida keng foydalaniladi. Shu sababdan mavjud muzeylarimizni keng 

targ‟ibot  qilish  orqali  turizm  maqsadida  foydalanish  hozirgi  kunning  dolzarb 

masalasidir.     Jahon tibbiy  turizmini  rivojlantirishga  omil bag‟ishlash  maqsadida 

Turkiya  tibbiy  turizm  uyushmasi,   Turkiya  sog‟liqni  saqlash  vazirligi  hamda 

Madaniyat  va  turizm  vazirligining  qo‟llab–quvvatlashida  Tibbiy  turizm  bo‟yicha 

to‟rtinchi xalqaro kongressni tashkil etdi. 

        Kongerss  ishida  dunyoning    25dan  ortiq  mamlakatidan  kelgan  mutaxassislar 

butun dunyoda va alohida turli mintaqalarda tibbiy va davolash–sog‟lomlashtirish 

turizmini rivojlantirish tamoyillarini muhokama qildilar. 

        “O‟zbekturizm”  MK  va  Sog‟liqni saqlash vazirligi  vakillaridan iborat bo‟lgan 

O‟zbekiston  delegatsiyasi  tadbir  doirasida  respublikaning  turistik  salohiyati  va 

sog‟liqni saqlash tizimining rivojlaninshi to‟g‟risida axborot taqdim etdi. Bundan 

tashqari,  Turkiya  tarafi  vakillari  bilan  tibbiy  turlarni  amalga  oshirish  borasida 

muntazam tajriba almashish to‟g‟risida muzokaralar olib borildi. 

      Kongress  ishi  davomida  ta‟kidlandiki,  yildan–yilga  tibbiy  turizm  dunyoning 

turli mamlakatlaridan o‟n minglab kishilarni jalb etmoqda, bunga turli kasalliklarni 

davolashda  yuqori  malakali  yordam  ko‟rsatishga  tayyor  xalqaro  tibbiy 

markazlarning  ochiqligi  prinsipli  imkon  yaratyapti.  Tibbiy  turizmning  mashhur 

bo‟layotganiga  boshqa  mamlakatda  bir  vaqtning  o‟zida  davolanish,  dam  olish  va 

uning  o‟ziga  xos  madaniy  jihatlari  bilan  tanishish  imkoniyati  ham  omil 

bag‟ishlayapti. 

    Shuni  aytish  lozimki,  O‟zbekiston  davolash–sog‟lomlashtirish  turizmini 

rivojlantirish  uchun  noyob  tabiiy  resurslarga  ega.  Mamlakatda  tabiatni  muhofaza 

qilish  to‟g‟risidagi  qonun  hujjatlari  e‟tirof  etgan  bir  qator  rekreatsiya  zonalari 

(Chimiyon–Chorvoq,  So‟qoq,  Oqsoqota–Parkent,  Pargos–Oq  tosh  va  boshqa 

zonalar)  yer  osti  suv  resurslari,  shu  jumladan  turli  kimyoviy  tarkibli  60dan  ortiq 

ma‟danli  suv  manbalari,  shuningdek  shifobaxsh  xususiyatlarga  ega  bo‟lgan 

musaffo tog‟ havosi mavjud hududlar oz emas.  




 

44 


   

   O‟zbekiston Respublikasi hududida turizmning maxsus turlarni rivojlantirish, 

ularni  kengroq  targ‟ib  etish  butunjahon  turizm  olamida  yurtimizning    omad  sari 

tashlangan samarali qadami bo‟lgan bo‟lar edi.  Turizmdagi maxsus turlar hozircha 

turizm 

turlari 


emas. 

Maxsus 


turlarning 

ayrim 


turlarini 

hozirdanoq 

ommaviylashtirishning  katta  imkoniyatlari  bor.  Masalan,  tobora  unutilib 

borayotgan dorbozlik o„yinlarini qaytadan tiklash, doimiy dorbozlik maskanlarini 

belgilash lozim. Bunday holatda turistlarni bu o„yinlarga taklif qilish vaqtlari aniq 

bo„ladi.  Xuddi  shuningdek,  ko„pkari-uloq  2-3  oy  davom  etadigan,  turistlarning 

katta  oqimlarini  o„ziga  jalb  qiladigan  g„oyat  qiziqarli  turistik  obyekt.  Bu  turni 

ommaviylashtirish uchun  eng  muhim  muammo  turistlarni  kutib  olish, xizmatlarni 

tashkil qilish, joylashtirish, dam olish, ovqatlantirish va tunashi sharoitlarini tashkil 

qilish ishlarining haligacha boshlanmaganligidir. 

        

                                                                                                                        5-jadval 

       O‟zbekistondagi  turizmning maxsus turlarining geografik ro‟yxati. 


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin