O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/35
tarix29.01.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#51749
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
turizm turlari va sayohat maqsadlari

Xulosalar va takliflar

 

     

Turizm  sohasi  jahon    hamjamiyatining    ajralmas  tarkibiy  qismi  bo„lib,

 

mamlakatlar  va  mintaqalar  iqtisodiyotini  rivojlantirish  uchun  muhim  ahamiyat 

kasb  etishini    va    u    XXI  asr  jahon  xo„jaligining    ustuvor    tarmoqlaridan    biri 

ekanligini alohida ta‟kidlash lozim.  

    Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli.  Ushbu tushuncha o‟zining nazariy va 

amaliy  talqiniga  ega.  Shu  tufayli  uni  atroflicha  izohlash  uchun  unga  odamlarning 

harakati,  iqtisodiy  kategoriya,  siyosiy  vaziyat,  faol  dam  olish  kabi  jihatlardan 

qarash  va  izohlanishni talab qiladi.   

      Men  “Turistlarning    sayohat  maqsadlari”  mavzusini    yoritish  jarayonida 

turizmning  maqsadlariga  alohida  ahamiyat  qaratdim.  Chunki,  maqsadsiz  turizm 

bo`lmaydi.  Uni  o`rganish  muhim  masala  hisoblanadi.    Har  bir  sayohat  yoki  tur 

zamirida  unga  sabab  bo`luvchi  asosiy  maqsad  yotadi,  unga  ko`ra  bu  sayohatdan  

turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u 

yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi.  

     Keyingi  “Turizmning  turlari  va  ko‟rinishlari”mavzusida  esa    turizm  turlari  va 

uning  turli  ko`rinishlari  bayon  qilinib,  unda  turizm  shakllari,    safar  maqsadi, 

harakatlanish usuli, turistilarni joylashtiruv vositalari,  ishtirokchilar soni bo„yicha

 

va  boshqa  tasniflar  haqida  fikr  yuritilgan.  Hamda  yurtimiz  mutaxassislari 



tomonidan ushbu mavzu bo‟yicha ilmiy qarashlari yoritib o‟tilgan. 

    Sayohat  qilishni  tug‟diruvchi  motivlarni  bilish,  samarali  turistik  siyosat  va 

turizm  iqtisodiyotning  o‟sishiga  yordam  beradi.    Men  ”Sayohatga  bo'lgan  

ehtiyojni  tug'diruvchi  omillar”  mavzusida    sayohat  qilish  motivlari  -  turistik 

maqsadida  ma‟lum  joylarga  kelishga  undaydigan  va  ularning    xohishlarini 

qondiradigan psixologik va jismoniy talablar va boshqa o‟ziga xos motivlar haqida 

chuqurroq to‟xtalib o‟tishga harakat qilganman. 

     Bilamizki Turizm kelajagi porloq va juda qiziqarli sohalardan biri bo‟lib, unda 

doimiy  ravishda    o‟zgarishlar  va  yangilanishlar  bo‟lib  turadi.  “Turizmning 

zamonaviy  turlari”  mavzusida  bu  sohadagi  zamonaviy  turizm  turlari  va  ular  

haqida  chuqurroq  ma‟lumot  berishga harakat qilganman. 



 

50 


     O„zbekiston  turizm  sohasida  ulkan  salohiyatga  ega.  Mamlakatimizdagi  noyob 

tarixiy  yodgorliklar,  ziyoratgohlar,  xushmanzara  tabiat  va  fayzli  go„shalar, 

xalqimizning  betakror  madaniyati,  an‟analari  butun  dunyodan  sayyohlarni  o„ziga 

rom etmoqda.  Men ”O‟zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning sayohat 

maqsadlari”  mavzusida  yurtimizdagi  mavjud  turizm  turlari,  tashrif    buyurgan 

turistlar  va  ularning  sayohatdan  asosiy  maqsadlari  haqida  kengroq  fikr 

yuritganman.  

    Shuni  alohida  ta‟kidlash  joizki,  turizmni    taraqqiy    ettirish,    sayyohlar  oqimini 

ko„paytirishda zamonaviy turizm turlarini yaratish, yuqori sifatdagi xizmatni taklif 

etish  muhim  omillardan    biri    hisoblanadi.    “O‟zbekistonda  sayohatning  yangi 

turlarini rivojlantirish istiqbollari”  mavzusida  men  ekologik turizm,  agroturizm, 

muzey  turizmi,  tibbiy  turizm  va    turizmning  maxsus  turlari,    yurtimizda  ushbu 

sohada  qilinayotgan  istiqbolli  ishlar  borasida    ma‟lumot  berishga  harakat 

qilganman.  

     O„zbekiston  turizm  sohasini  rivojlantirish  uchun  barcha  zarur  manbalarga ega. 

Buyuk Ipak yo„li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy 

tarixiy,  madaniy    merosga  va  ayni  paytda  ham  ichki,  ham  xalqaro  turizmni 

rivojlantirish  uchun  yuqori  salohiyatga  ega.  O‟ylaymanki,  yaqin    kelajakda 

Yurtimiz  ham  turizm  olamida  ulkan  yutuqlarga  erishib,  rivojlangan  davlatlar 

qatoridan shak – shubhasiz o‟rin oladi. 

 

 

 



 

 

 



                          

 



 

51 


                        


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin