O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


  Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiat  hududlarga  sayohat  (AMETHS)



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/35
tarix29.01.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#51749
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
turizm turlari va sayohat maqsadlari

     4.  Alohida  muhofaza  etiladigan  tabiat  hududlarga  sayohat  (AMETHS) 

etish  ekoturizmning  asosiy  turi  hisoblanadi.  Ekoturizm  o‟ziga  xos  xususiyatlarga 

ega: 

 

- mahalliy aholining o‟z hududlarining ijtimoiy – iqtisodiy; 



 

- rivojida ishtirok etishi

 

- turizm obyektlari ichida tabiiylikni ko‟pligi; 



 

- turistlarni ekologiyadan bilimli bo‟lishi va boshqa. 

     

 Hozirgi  kunda  jahon  tajribasida    agroturizm    turi  keng  rivojlanmoqda. 



Agroturizmni  ma‟lum  bir  mintaqaning  o‟ziga  xos  dehqonchilik  va  chorvachilik 

mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko‟rsatish maqsadida tashkil etilishi mumkin. 

Bu tajriba Yevropaning bir qancha davlatlarida rivojlangan. Masalan, Fransiya va 

Portugaliya mamlakatlarida uzumni yetishtirishdan boshlab, undan turli ichimliklar 

olishgacha  bo‟lgan  bir  butun  jarayon  tur  sifatida  taklif  etilgan.  Agroturizmning 



 

30 


yo‟nalishlardan  biri  qishloq  turizmi  alohida  daromad  keltiradigan  tur  hisoblanib, 

dunyo turizm xizmat bozorida alohida  o„rin tutadi.  

     

  Dam  olish  vaqti  har  qanday  shaharlik  uchun  qishloqdami  yoki  dala 



xovlidami juda ham maroqlidir. Bu xayot talabi bo„lib, doimo dala xovlilarini yoki 

boshqa joylarni ko„p  yillar davomida sinalgan va tekshirilgan joylarda dam olish 

uchun  ijaraga  olinadi.  Qishloq  turizmining  o„ziga  xos  tomonlari  shundaki, 

masalan,  Sitsiliyaning  agrar  viloyatlarida  ishchi  kuchi  yetishmasligi  tufayli 

kambag„al  turistlar  yoki  studentlarni  ish  haqi  to„lamasdan,  boshpana  va  ovqat 

uchun  ishga  yollashi  mumkin.  Bunday  «dam  oluvchi»  usha  yerga  borib  qaytishi 

uchun  mablag„  topsa  bo„lgani.  Yo„l-yo„lakay  bir-ikki  kun  plyajlarda  cho„milishi, 

muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko„rishi mumkin. 

      

 Qishloqda  dam  olish  -  bu  tabiat  qo„ynida  bo„lish,  yillar  davomida  shahar 



sharoitida yig„ilib qolgan charchoqlarni chiqarish, toza havo, ekologik toza bo„lgan 

oziq-ovqatlar,  iqlim  sharoitlarini  o„zgartirish,  aholi  sonining  kamligi,  boshqa 

tartib-qoida  va  yashash  madaniyati,  qishloq  xo„jalik  ishlarida  ishtirok  etish, 

bog„dorchilik,  chorvachilik,  tabiat  bergan  in‟omlarni  to„plash  va  qolaversa,  dam 

olishning arzonligidan iborat. 

       Shahar  aholisining  yozgi  issiq  kunlardagi  va  qishki  qorli  kunlardagi  xordiq 

olishlarini  to„g„ri  tashkil  etish  imkoniyati  mavjudligini  e‟tiborga  olib,  qishloq 

turizmini respublikamiz hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta 

bo„lmagan  uylarni,    qishloqlardagi

 

katta  bo„lmagan  xonalarni,  kottejlarni,  tabiat 



manzaralari chiroyli bo„lgan joylarni ijaraga olish yo„li bilan.  

       Turistlar  qishloqdagi  fermerning  uyida  oilasini  joylashtirishi  maqsadga 

muvofiqdir,    bu  -  turistlarni  qishloq  hayoti    va  u  yerdagi  yangi  insonlar  bilan 

yaqindan  tanishtirishga,  ularning    urf-odatlari  va  qishloq  xo„jalik  ishlari  bilan 

kuchi  yetgan  darajada  ishlashga  imkon  beradi.  Shubhasiz,  bu  uy  egalari  uchun 

noqulayliklar  yaratadi,  lekin  fermerlar  uchun  qo„shimcha  pul  va  yangilik  olib 

keladi.  Bunda  turistlar  uchun  maxsus  bir  yoki  bir  necha  xona  ajratilib,  barcha 

zaruriy  narsalar  yetkazib  beriladi.  Bunday  turizmdan  davlat  ham,  fermerlar    ham 

daromad  ko„radi.  Shu  jihatdan  qishloq  turizmini  qulay  va  kamharajat  turizm  turi 



 

31 


deyish mumkin.  


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin